Disk yurituvchilar(Diskovodi). Bu qurilmalarning ayrimlari tashqi xotiralarga ma’lumotlarni yozish va o’qish, ayrimlari esa faqat ulardan ma’lumotlarni o’qish uchun xizmat qiladi.
Egiluvchan 3.5 dyumli disklarga ma’lumotlarni xam yozish xam o’qish uchun xizmat qiladigan disk yurituvchilar nisbatan arzon narxda bo’lgani uchun, ularni barcha shaxsiy kompyuterlarga o’rnatilgan bo’ladi.
qattiq disklar kompyuterni ishlashi uchun kerak bo’ladigan xizmatchi dasturlarni va foydalanuvchining ma’lumotlarini uzoq muddat saqlashga mo’ljallangan. Ularning xajmi juda katta bo’lgani uchun undagi ma’lumotlarni qidirib topish yoki ma’lumotlarni saqlash uchun bo’sh joy tanlash birmuncha vaqt talab qiladi. SHuning uchun bunday diskning xar bir qavtida shu diskni xar ikkala tarafini o’qiydigan golovkalar o’rnatilgan. Diskni esa odatda mantiqiy ravishda ikki yoki undan ko’p bo’laklarga bo’lib xar birini aloxida disk deb ehlon qilishadi. SHuning hisobiga diskda ma’lumot bilan ishlashda katta tezlikka erishiladi.
Lazerli disklarga odatda zavodda yuqori aniqlikdagi lazer yordamida ma’lumotlar yoziladi va keyinchalik bu ma’lumotlarni faqat CD ROM qurilmasi yordamida o’qiladi. Xozirgi kunda CD Writer va DVD RW qurilmalari xam bor bo’lib, ular yordamida lazer disklarga kompyuterning o’zida ma’lumot yozish va o’qish mumkin.
Drayverlar. Bu shunday dasturki, u mahlum qurilmalarni amaliyot tizimi bilan birga ishlashini tahminlaydi. Agar tizimga biror qurilma ulangan bo’lsayu unga mos drayver o’rnatilmagan va sozlanmagan bo’lsa, u xolda Windows bunday qurilmani tanimaydi. Masalan: klaviatura, monitor, disk, printer va boshqa qurilmalar drayverlari bor.
Shina. Barcha adapterlar mikroprotsessor va xotira orqali berilganlarni ayirboshlovchi magistral yo’l deb ataluvchi shinalar orqali bog’langan bo’ladi. SHunday qilib, oddiy so’z bilan aytsak, shinalar turli qurilmalarni bog’lovchi maxsus simlardir. Kompyuterda bir qancha shinalar bo’lishi mumkin. Kompyuterlarning elektron tuzilmasi elektron plata deb ataluvchi modullardan iborat. Uning modul tuzilishiga ega bo’lishi kompyuterlar tahmirlanishini oson bajarish, uni foydalanuvchi ehtiyojiga qarab yig’ish va o’zgartirish imkoniyatini beradi.
Tizim platasi. U kompyuterning asosiy platasi hisoblanib, unga BIOS, mikroprotsessor, tezkor xotira, kesh xotira, shinalar joylashtirilgan bo’ladi. Bundan tashqari, unda bahzi bir qurilmalar, ishni boshqaruvchi elektron tizimlar, klaviatura, disk qurilmalari adapteri ham joylashgan bo’ladi. hozirda shinalarning PSI/ISA turi keng ishlatilmoqda. Bunday shinalarning ma’lumot ayirboshlashi tezligi yuqori bo’lib, u orqali kompyuterga ko’p tashqi qurilmalarni ulash mumkin.
Kompyuterda kiritish-chiqarish portlari kontrolerlari mavjud bo’lib, ular tizim blokining orqa qismida joylashgan slot deb ataluvchi joylar orqali printer, sichqoncha va boshqa qurilmalar ulanishi uchun xizmat qiladi. Kiritish-chiqarish portlari parallel va ketma-ket bo’ladi va ular mos ravishda LPT1-LPT4 va COM1-COM3 deb belgilanadi. Odatda LPT portga printer va COM portga faks-modem, sichqoncha va boshqa qurilmalar ulanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |