Ma’ruza XI xx asrning birinchi yarmida Sharqiy Turkiston, Tibet va Afg‘oniston xalqlarining ijtimoiy-siyosiy hayoti. Reja



Download 353,89 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana21.02.2022
Hajmi353,89 Kb.
#461620
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
XX asrning birinchi yarmida Sharqiy Turkiston, Tibet va Afg‘oniston xalqlarining ijtimoiy-siyosiy hayoti.

 
3-asosiy savol. 
Afg‘oniston I jahon urushi davrida. Hokimiyatga "Yosh afg‘onlar”ning 
kelishi va uchinchi ingliz-afg‘on urushi. Sovet-afg‘on bitimi. «Yosh afg‘onlar» islohotlari. 
 
3-savol bo‘yicha dars maqsadi:
Afg‘onistonning I jahon urushi davridagi ijtimoiy-
siyosiy hayoti, hokimiyatga "Yosh afg‘on”larning kelishi va uchinchi ingliz-afg‘on urushi 
hamda Sovet-afg‘on bitimi, «Yosh afg‘onlar» islohotlarining mohiyatini talabalarga 
tushuntirish. 

Identiv o‘quv maqsadlari: 
1.Afg‘oniston xalqlarining I jahon urushi davridagi ijtimoiy–siyosiy hayoti, 
hokimiyatga "Yosh afg‘onlar”ning kelishi va uchinchi ingliz-afg‘on urushi to‘g‘risida so‘zlab 
beradi.
2.Sovet-afg‘on bitimi. «Yosh afg‘onlar» islohotlarining o‘ziga xos jihatlarini izohlab 
beradi. 
 
3-savolning bayoni: 
Birinchi jahon urushi boshlangach, amir Habibullo 
Afg‘onistonning neytralitet (betarafligi)ini e'lon qildi. Mamlakat ichkarisidagi murakkab 
siyosiy vaziyatga qaramay, afg‘on amiri neytrallikni saqlashga harakat qildi. Afg‘on amiri 
Habibullo urushni 
"buyuk balo, musibat"
deb ifodaladi hamda 
"Hozirgi kunda faqat neytral 
davlatlargina baxtlidirlar va qat'iy neytralitet (betaraflik) Afg‘oniston uchun katta foydadir"

degan edi. 
Darhaqiqat, birinchi jahon urushi davrida olib borilgan betaraflik siyosati amir 
Habibulloning o‘z davlati oldidagi katta xizmatlaridan biri hisoblanadi. Birinchi jahon 
urushining oxirlariga kelib, Afg‘oniston mustaqil davlat hisoblansa-da, amalda Buyuk 
Britaniyaga qaram davlat edi. Mamlakat hukmdori amir Habibullaxon inglizlar tayanchi edi. 


119 
Bu davrda Afg‘onistonda to‘liq mustaqil davlatni tiklash uchun qulay shart-sharoitlar vujudga 
keldi. Bu Sovet Rossiyasining Afg‘onistonga nisbatan tutgan, do‘stona pozitsiyasi va ommaviy 
milliy ozodlik harakatlari bilan qamrab olingan Hindistondagi inqilobiy holat bilan 
xarakterlanadi.
Mamlakatda mavjud ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tartiblarga qarshi kuchlar ham 
vujudga keldi. Bu kuch «Yosh afg‘onlar harakati» deb atalgan. Ularning maqsadi davlat 
mustaqilligiga erishish va erkin tadbirkorlik munosabatlarini qaror toptirish edi. “Yosh 
afg‘onlar” va “eski afg‘onlar” qarashlaridagi farqlarga qaramay, bu ikki olamning har biri 
Habibulloni yuzaga kelgan halqaro vaziyatdan Afg‘onistonning Angliyaga qaramligidan 
qutulish uchun foydalana olmasligida ayblar edilar. Habibulloni, shuningdek, urush so‘ngiga 
kelib, Britan Hindistonini afg‘on bozorida milliy manfaatlarga zid o‘laroq monopoliyani 
egallagani, davlat mablag‘larini o‘z shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflagani hamda inglizlarga 
qarshi kurashgan ishtirokchilarga repressiya qo‘llashda ayblar edilar.
Mahalliy aholi orasida yosh afg‘onlar ruhida tarbiyalangan Habibulloxonning uchinchi 
o‘g‘li Omonullohxon tobora shuhrat qozona boshladi. 1919 yil 20 fevralda amir Habibulloxon 
saroy fitnasi oqibatida o‘ldiriladi. Nasrullo boshliq eski afg‘onlar bilan taxt uchun bo‘lgan uzoq 
kurashlardan so‘ng Omonullohxon taxtga ko‘tarildi. U yosh afg‘onlar harakati bilan mahkam 
bog‘langan edi. Omonullohxonning taxtni egallashiga uning mamlakatni mustaqillikka olib 
chiqishi va ichki islohotlar o‘tkazishini va'da qilganidan so‘ng Qobul aholisi va armiyaning 
unga bergan yordami katta rol o‘ynadi. 1919 yil 28 fevral kuni Omonullohxon tantanali 
ravishda taxtga o‘tirdi va shu kuni Afg‘onistonning to‘la mustaqilligi bayon etilgan manifestini 
e'lon qildi. 1919 yil 3 mart kuni Omonullohxon Hindiston vitse-qiroli lord Chelmsfordga ingliz-
afg‘on munosabatlarini qayta ko‘rib chiqish va Afg‘onistonning to‘la mustaqilligi qayd etilgan 
xatni jo‘natadi. Bir yarim oydan so‘nggina kelgan javob xatida eski aloqalarga rioya qilish talab 
qilinadi.
Sovet Rossiyasi o‘z janubiy chegaralarida Buyuk Britaniyaning mustahkamlanib 
olishini va uning Afg‘oniston bilan birga Turkistondagi milliy-ozodlik kurashi tayanchi bo‘lib 
qolishini istamas edi. Shuning uchun ham 1919 yil 27 martda (Sovet Ittifoqi) sovet hukumati 
dunyoda birinchi bo‘lib Afg‘onistonning mustaqilligini tan olgan davlat bo‘ldi. Ayni paytda, 
Afg‘onistonga zarur bo‘lib qolsa, harbiy yordam berishini ham ma'lum qildi. 1919 yil aprelida 
bu ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish va o‘zaro elchilik almashuv haqida 
ilk bitim imzolandi. 1921yilda sovet-afg‘on shartnomasi imzolandi. 
Buyuk Britaniya Afg‘oniston davlatining mustaqil siyosat yuritishiga aslo chiday 
olmadi. Afg‘onistonni itoatkor davlatga aylantirish maqsadida 1919 yil 3 may kuni Angliya 
Afg‘onistonga qarshi uchinchi istilochilik urushini boshladi. O‘zining ko‘p sonli qo‘shini va 
yuksak harbiy texnikasiga tayanib britan armiyasi 300 ming qo‘shin bilan Xaybar dovoni 
bo‘ylab Afg‘oniston hududiga bostirib kirdi. Afg‘on armiyasi 60 ming kishi edi. Lekin 200 
mingdan ortiq jangchisi bo‘lgan afg‘on qabilalari chegara bo‘ylab joylashgan edi. Afg‘on 
armiyasiga hind-afg‘on chegarasidagi pushtun qabilalari yordamga yetib keldi. Ular ingliz 
hokimiyatiga qarshi qo‘zg‘olon ko‘taradilar. Hindistondagi milliy-ozodlik kurashlari hamda 
qizil armiyaning O‘rta Osiyoda ingliz harbiy qismlariga qarshi harakatlari britan armiyasini 
muvaffaqiyatsizlikka duchor qildi. Natijada, 1919 yil 3 iyunda, urush boshlanganidan bir oy 
o‘tgach, Angliya urushni to‘xtatishga majbur bo‘ldi. 8 avgust kuni Ravallindi shahrida tinchlik 
bitimi imzolandi. Bu bitimga binoan Afg‘oniston mustaqil davlat sifatida tan olinib, tashqi 
siyosat yuritishda erkin bo‘lib oldi. Mustaqil davlat sifatida Afg‘oniston ingliz subsidiyalaridan 


120 
ham voz kechar edi. Lekin 3 mln. aholini o‘z ichiga olgan afg‘on qabilalari hamon Hindiston 
hisobida qoldi. 
Sovet-afg‘on bitimi. «Yosh afg‘onlar» islohotlari. 1921 yil fevralda sovet-afg‘on bitimi 
imzolandi. Bu bitimga ko‘ra tomonlar boshqa davlatlar bilan bir-biriga dushmanona bo‘lgan 
bitimlar imzolamaslikka kelishib oladilar. Sovet davlati Afg‘onistonga moliyaviy yordam 
ko‘rsatadi. Bu bitim imzolangach, Angliya 1921 yil noyabrida Afg‘oniston bilan hal qiluvchi 
tinchlik bitimini imzolashga majbur bo‘ldi va u bilan diplomatik aloqalar o‘rnatdi. Shundan 
so‘ng Afg‘oniston yevropa va Osiyoning boshqa davlatlari bilan ham diplomatik 
munosabatlarni yo‘lga qo‘ydi.
Mustaqillik Afg‘onistonning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga keng yo‘l 
ochdi. Afg‘on hukumati o‘z davlatining xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlab olib, 20-
yillarning boshlaridan boshlaboq, allaqachon yetilgan islohotlarni boshlab yubordi. Islohotlar 
o‘tkazish uchun 25 kishidan iborat maxsus komissiya ("Qonun chiqaruvchi Kengash") tuzildi. 
Komissiya dastlab moliya masalalariga diqqatini qaratdi. Ilgarigi natura shaklida olingan 
soliqlar o‘rniga pul ko‘rinishidagi soliqlar joriy etildi. So‘ngra davlat byudjetini tuzishga 
kirishildi. Davlat byudjetidagi (kamomad) yetishmovchilik shunchalik katta ediki, buning 
uchun davlat yerlarini sotish, ba'zi musulmon tashkilotlari mol-mulkini va amir Omonullohxon 
islohotlariga qarshi bo‘lgan eski tuzum tarafdorlari mol-mulkini musodara qilishga to‘g‘ri 
keldi. Shuningdek, soliqlar ham oshirildi. Bu esa mahalliy aholiga og‘ir yuk bo‘lib tushdi. Bu 
choralar ham yordam bermagach, amir qog‘oz pullar chiqarishiga majbur bo‘ldi. Bu afg‘on 
pulining qadrsizlanishiga olib keldi. O‘tkazilgan islohotlarning eng muhim jihatlaridan biri bu 
- yerga xususiy mulkchilik va xo‘jalikning ko‘pgina sohalariga davlat sektorining joriy etilishi 
bo‘ldi. Hukumat birinchi milliy hissador savdo kompaniyalarining tarkib topishiga 
ko‘maklashdi. O‘rta asrlarda paydo bo‘lgan xizmatlari evaziga yer in'om etish kabi holatlar 
yo‘q qilindi.
Markaziy va mahalliy davlat apparati mustahkamlandi. 1921-1925 yillarda yagona 
markazlashgan davlatni tuzishga qaratilgan bir qancha qonunlar qabul qilindi. Davlat tizimida 
olib borilgan islohotlar ichida 1923 yil 10 aprelda qabul qilingan "Asosiy qonun", boshqacha 
aytganda, Afg‘oniston Konstitutsiyasini alohida qayd etish lozim. Bu qonun Afg‘onistonda 
parlamentarizmga biroz moyil bo‘lgan monarxiya tizimini ko‘zda tutar edi. "Asosiy qonun"da 
barcha fuqarolarning ularning milliy va diniy kelib chiqishidan qat'iy nazar tengligi, shaxs 
erkinligi, mulk daxlsizligi, nashr ozodligi e'lon qilingan edi. Oliy hokimiyatga amir boshchilik 
qilar edi. Shuningdek, Konstitutsiyada oliy kengash organi - Davlat Kengashini tuzish ham 
qayd etilgan edi. Davlat Kengashi 50 kishidan iborat bo‘lib, yarmi viloyatlar aholisi saylovi 
orqali saylansa, qolgan yarmi amir tomonidan tayinlanar edi. Davlat Kengashida qonun 
loyihalari ishlab chiqilar, davlat byudjetini tasdiqlash, chet mamlakatlar bilan kelishuvlarni 
ko‘rib chiqish va boshqa masalalar ko‘rilar edi. Shuningdek, Butunafg‘on qabila boshliqlari 
majlisi, hukumat amaldorlari kengashi kabi yuqori hokimiyat organlari maqomlari ham belgilab 
olindi, ya'ni qabila boshliqlari hokimiyati cheklab qo‘yildi va ular davlat soliqlarini yig‘ish 
huquqidan mahrum etildi. Vazirlar kengashi ijro etuvchi hokimiyat bo‘lib qoldi. Afg‘oniston 
tarixida ilk bor 1923 yili hukumat e'lon qilgan "Davlat tizimi to‘g‘risida"gi qonunga binoan 
mahalliy boshqaruv saylov organlari - viloyatlar, tumanlar ko‘lamida maslahat majlislari tuzila 
boshlandi. Shu tariqa, "Asosiy qonun"ning qabul qilinishi rasman mamlakatda konstitutsiyaviy 
monarxiyaning o‘rnatilishini anglatar edi. Yangi tizimning bosh tayanchilari zamindorlar va 
yirik savdo burjuaziyasi namoyandalari endilikda davlat hokimiyatiga yo‘l ochib, amir 
hukumati siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda faol ishtirok eta boshladilar.


121 
Sud tizimida ham bir qator islohotlar amalga oshirildi. Ruhoniylarning sud va ta'lim 
tizimidagi mavqyei ma'lum darajada cheklab qo‘yildi. Sud tizimi endilikda davlat nazorati 
ostiga olindi. 
«Yosh afg‘onlar» hukumati milliy sanoatni rivojlantirishga ham alohida e'tibor berdi. 
Chet el mollariga boj ko‘paytirildi. 
«Yosh afg‘onlar» asosiy diqqat-e'tibor qaratgan masala - bu maorif tizimi bo‘ldi. 1921 
yilda uch bosqichli davlat maktablari tuziladi: besh sinfli boshlang‘ich, o‘rta va o‘qituvchilar 
seminariyalari. Dunyoviy o‘quv yurtlari kengaytirildi. Xotin-qizlar gimnaziyasi ochildi. Nikoh 
haqida qonun qabul qilindi. Ko‘p xotinlilik cheklandi. Mustaqil Afg‘oniston davlati tashkil 
topganidan so‘ng dastlabki besh yil ichida o‘tkazilgan islohotlar ana shulardan iborat bo‘ldi. 
Umuman olganda, bu islohotlar o‘rta asrga xos formalarni yo‘qotish va yangicha ijtimoiy 
munosabatlarni tashkil toptirishni rivojlantirishga qaratilgan edi. 
Bu ijobiy o‘zgarishlar, tabiiyki, aholi kambag‘al qismining turmush darajasiga salbiy 
ta'sir ko‘rsatdi. Natijada aholining bu qatlami orasida hukumat siyosatidan norozilik vujudga 
keldi. 
«Yosh afg‘onlar» hukumatiga qarshi hukmron tabaqalar bundan o‘z maqsadlari yo‘lida 
foydalandilar. 1924 yilda Xostda reaksion g‘alayon ko‘tarildi. Podshohni «dindan qaytgan» deb 
e'lon qilindi. Xotin-qizlar gimnaziyasi yopildi. 1927 yilda Omonullohxon chet el safarida 
bo‘ldi. Misr parlamentiga afg‘on qilichini taqdim qilar ekan, «

Download 353,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish