Sovutish . Jism yoki mahsulotning haroratini pasaytirish .
Bosim . Yuza birligiga tik ta'sir etuvchi kuch. O‘lchov birliklari: 1 N/m2=1 Pa , 1 bar = 10 5 Pa , (mm.sm.ust.).
Absolyut bosim . Absolyut , ya’ni to‘la vakuumdan yuqori bo‘lgan bosim . Manometrikva barometrik bosimlarning yig‘indisi .
Partsial bosim . Gaz aralashmasining umumiy bosimidagi bitta komponentga tegishlibo‘lgan bosim .
Absolyut harorat . Issiqlik energiyasi yo‘q bo‘ladigan termodinamik nol'“-273,15°C” haroratdan yuqori bo‘lgan haroratga aytiladi .Absolyut harorat Kelvin da (K) o‘lchanadi. 0 Kelvin shkalasida =- 273,15 o C .
To‘yinish harorati . Suyuq fazaning ma'lum bir bosimga to‘g‘ri keluvchi harorati. Moddaning suyuq va bug‘ komponentlarining termodinamik muvozanat holati –dagi harorati .
Bug‘ . Bu termin to‘yinish nuqtasiga yaqin bo’lgan qiymatdagi harorat va bosimgaega bo‘lgan gazga nisbatan qo’llaniladi. Odatda, harorati kritiknuqtadan past bo‘lgan gazlarga qo‘llaniladi .
Absorbtsiya . Gaz va suyuqlikning to‘qnashishi natijasida gaz aralashmasidanbir yoki bir nechta komponentlarning suyuqlikka yutilishiga aytiladi . Jarayon komponentlarning fizik va kimyoviy holati o‘zgarishi bilan kechadi.
Absorbtsion sovutish tizimlari . Sovutish agentini siqish jarayoni termik amalga oshiriladigantizimlarga aytiladi . Bu jarayon bug‘lanayotgan sovutish agentining absorbtsion suyuqlik bilan yutilishi va sovutish agenti hajmining kamayishi orqali amalga oshiriladi .
Zichlik . Birlik hajmga to‘g‘ri keladigan modda massasi .O‘lchov birligi : kg/m3.
Energiya . Qandaydir bir jarayon yoki ishni amalga oshira olish qobiliyati. Energiya Joulda o‘lchanadi , J .
Ichki energiya . Moddani tashkil etgan zarrachalarning kinetik va potentsialenergiyalarining yig‘indisi .
Issiqlik . Aniq bir haroratga ega bo‘lgan jismdan undan harorati pastroq bo‘lgan boshqa jismga o‘tish qobiliyatini xarakterlaydigan energiyaning asosiy formasiga aytiladi . Odatda hisqilinadigan va yashirin issiqlik turlari sifatida namoyon bo‘ladi , Joul (J) da ifodalanadi .
Yashirin issiqlik . O‘zgarmas harorat va bosimda moddaning agregat holatio‘z -garishi tufayli uzatilgan yoki yutilgan issiqlik energiyasi . Bu harorat inson tomo-nidan his qilinmagani uchun yashirin issiqlikdeb ataladi .
His qilinadigan issiqlik . Harorat o‘zgarishi bilan bog‘liq va inson tomonidan qabulqilinadigan issiqlik energiyasi .
Kondensatsiya issiqligi . Kondensatsiya jarayonida sovutish agenti tomonidan beriladigan issiqlik energiyasi .
Solishtirma issiqlik o‘tkazuvchanlik . Har xil haroratga ega bo‘lgan bir muhitda issiqlik energiyasining issiqroq zonadan sovuqroq zonaga haroratlar tenglashgun-ga qadar o‘tishi . Issiqlik o‘tkazuvchanlik λ harfi bilan belgilanadi ,o‘lchov birligi: Vt/m*K . Misol uchun izolyatsion material poliuretanning issiqlik o‘tkazuv-chanlik koeffitsiyenti 0,017 - 0,027 Vt/m* K ga teng
Konvektsiya . Isitilgan gaz , bug‘ va suyuqliklarning harakati tufayli issiqlik berish jarayoniga aytiladi.
Issiqlik sig‘imi . Materialning haroratini bir gradusga o‘zgartirish uchunkerak bo‘ladigan issiqlik miqdoriga aytiladi.
Ental'piya . Issiqlik saqlami deb ham ataladi . Bosim va hajmning ko‘paytmasi bilan ichki energiyaning yig‘indisiga aytiladi . Ental'piyaning o‘zgarishi sovutish uskunasidan o‘tayotgan suyuq ishchi moddayo‘qotgan yoki qabul qilgan ener-giyani o‘lchaydi . Ental'piya kj/kg dao‘lchanadi va "i" harfi bilan belgilanadi .
Absolyut namlik . Birlik hajmga ega bo‘lgan bug‘-havo aralashmasidagi suv bug‘ining og‘irligi . O‘lchov birligi kg/m3 (zichlik singari) .
Nisbiy namlik . Havodagi suv bug‘i partsial bosimining shu haroratdagito‘yin-gan suv bug‘ining partsial bosimiga bo’lgan nisbatiga aytiladi . Bu nisbat atmosfera bosimiga bog‘liq emas.
Azeotrop aralashma . Azeotrop aralashma deb , aniq tarkibga ega bo‘lgan ikkita , uchta yokiundan ko‘p individual moddalardan tashkil topgan , fazalar almashi-nish jarayonida o‘zining tarkibini o‘zgartirmaydigan aralashmaga aytiladi . Aralashma faqat bitta haroratda azeotrop bo‘lishi mumkin. Amaliy maqsadlarda (sovutishda), azeotrop aralashma tarkibining biror bir haroratda o‘zgarishi uncha katta bo‘lmasa, unibir jinsli suyuqlik deb qabul qilish mumkin .
Zeotrop/ noazeotrop aralashma . Har xil haroratda bug‘ va suyuq holatda o‘z tarkibining o‘zgarishi bilan xarakterlanadigan aralashma. Bug‘lanish vakonden -satsiyalanish haroratlari o‘zgaruvchan bo’ladi. Bu holat qurilma hisoblanayot -ganda va loyihalanishida inobatga olinishi kerak.Bundan tashqari bunday aralashma "ko‘pqaynovli aralashma" deb hamataladi .
Eritma . Biror bir moddaning suyuqlikda erishidan hosil bo‘lgan modda.Toza suvning muzlash haroratidan past haroratda muzlaydigan suv esa tuz eritma-sidir. Undan tashqari sovutish tizimidaissiqlikni tashish uchun ishlatiladigan har qanday suyuqliklar.
Evtektik eritma . Past haroratda muzlaydigan, bir yoki bir nechta moddalarning suvdagi eritmasidan tashkil topgan modda. Evtektik tuz eritmasi tarkibida 23,3 % natriy xlorid tuzi bo‘lib, u - 25 0C da muzlaydi. Xlorid kaltsiyli evtektik eritma tarkibida esa 29,6% kaltsiy xloridi bo‘lib, u - 510C haroratda muzlaydi .
СИ birliklar tizimi. Metrik birliklar tizimi o‘rnini bosgan xalqaro birliklar tizimi hisoblanadi .
Holat o‘zgarishi. Bir agregat holatdan boshqasiga o‘tish jarayoni . Misol uchun ,qattiq holatdan suyuq holatga o‘tish yoki suyuq holatdan gaz yoki bug‘ holatiga o‘tish jarayonlari.
Sovutish unumdorligi . Sovutish tizimining unumdorligi . Vaqt birligi ichida sovitilayotgan ob'yektdan olib ketilayotgan issiqlik miqdori . Vatt (Vt) yoki kilo-vattlar (kVt) da o‘lchanadi .
Bug‘- kompressorli sovutish tizimi . Bug‘ holatidagi sovutish agenti kompres -sor yordamida bug‘latkichdan so‘riladigan, siqiladigan, so‘ng kondensatorga uzatiladigan tizim .
Kompressor . Gaz holatidagi moddalarni, xususan, sovutish agentlariniso‘rish, siqish va haydash uchun mo‘ljallangan mexanik mashina .
Issiqlik almashgich . Harorati yuqoriroq suyuqlik (gaz)dan harorati pastroq bo‘l-gan boshqa suyuqlik (gaz)ga issiqlikni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan apparat .
Kondensator . Sovutish agenti issiqligini atrof-muhitga berishi natijasida uning bug‘ holatidan suyuq holatga o‘tishi jarayonini ta'minlovchi issiqlik almashinish apparati .
Bug’latkichli kondensator . Kondensatsiyalanayotgan yuzadan suvni uzluksiz bug‘latish natijasida sovitiluvchi kondensator .
Bug‘latkich . Sovutilayotgan muhitdan suyuq sovutish agenti tomonidan issiqlik -ning olib ketilishini ta'minlovchi issiqlik almashinish apparati .
Cho‘ktirilgan bug‘latkich . Issiqlik almashinish yuzasi doim suyuq sovutish agenti bilanyuvilib turuvchi bug‘latkich . Issiqlik uzatish koeffitsiyenti . Bo‘ylama yoki ko‘ndalang birlik yuzadan birlik vaqt davomidao‘tayotgan issiqlik miqdori , bunda harorat gradienti (farqi) ko‘n- dalang kesim yuzasi bo‘yicha bir birlikka teng , odatda Vt / m2 *K da o‘lchanadi va “K” harfi bilan belgilanadi .
Kritik nuqta . Suyuqlik va bug‘ bir xil xususiyatga ega bo‘lgan holat .
Kritik bosim . Moddaning kritik nuqtadagi bosimi .
Kritik harorat . Moddaning kritik nuqtadagi harorati .
Dal'ton qonuni . Yopiq idishdagi gaz aralashmasining umumiy bosimi , har bir gazning potentsial bosimlari yig‘indisiga teng .
O‘ta qizish harorati . Biror bir bosimdagi bug‘ harorati bilan shu bosimga to‘g‘ri keladigan to‘yingan bug‘ haroratlari orasidagi farq . Erish harorati . Berilgan bosimda qattiq moddaning suyuq holatga o‘tish harorati .
Faza . Moddaning fizik holatini belgilaydi . Misol uchun qattiq , suyuqyoki gaz fazasi .
Quvvat . Vaqt birligi ichida bajarilgan ish . O‘lchov birligi : Vatt (Vt) , kilovatt (kVt) , ot kuchi (HP – inglizcha , л.с. - ruscha) . Ot kuchi . Bir ot kuchi 745,7 Vt ga teng . Quruqlilik darajasi . Suyuqlik va bug‘ aralashmasidagi bug‘ning birlik qiymat -larida yoki foizda ifodalangan massa bo’yicha ulushi . To‘yingan bug‘ . Bug‘ning berilgan harorat va bosimda suyuq fazasi bilanmuvozanatda bo‘lishi . O‘ta sovutish . Suyuqlikni kondensatsiya va to‘yinish haroratidan past harorat -gacha sovutish jarayoni . Sublimatsiya . Qattiq holatdan bug‘ holatiga o‘tish jarayoni .
O‘ta qizigan bug‘. Ma'lum bosimda to‘yinish haroratidan yuqori haroratga ega bo‘lgan bug‘
Termodinamik xususiyat . Turli sharoitlarda moddalarning harorati , bosimi , solishtirma hajmi , ental’piyasi va entropiyasi orasidagi o‘zaro bog‘liqlik . TRV . Termorostlovchi ventil' yuqori bosimdagi sovutish agentinipast bosimga o‘tkazuvchi , sarfni rostlovchi sovutish mashinasiningdrossellovchi elementi . Sovutish koeffitsiyenti . Sarflangan birlik quvvatga to‘g‘ri kelgan sovutish unumdorligi . Sovutish unumdorligining kompressor iste'mol qilgan quvvatga nisbati .