1 –jadval
Buyumning mumkin
bo’lgan tushish balandligi
|
Havfli zona chegaralari, m
|
Ustida kran vositasida yuklar siljitiladigan joylar (yuk tushib ketgan holda yukning maksimal o’lchamlaridan trayektoriya-ning ufqiy proyeksiyasidan masofa)
|
Qurilayotgan bino yoki inshoot yaqinida (uning tashqi perimetridan masofa)
|
10 gacha
|
4
|
3,5
|
10dan katta 20 gacha
|
7
|
5
|
20dan katta 70 gacha
|
10
|
7
|
70 dan katta 120 gacha
|
15
|
10
|
120 dan katta 200 gacha
|
20
|
15
|
200dan katta 300 gacha
|
25
|
20
|
300 dan katta 450 gacha
|
30
|
25
|
2-jadval
Kuchlanish, kV
|
Elektr qurilmaning to’silmagan izolyasiyalanmagan qismlaridan (elektruskuna, kabellar va simlar) yoki kuchlanishli elektr uzatish havo liniyalari eng yaqin simning yerga proyeksiyasidan hosil bo’luvchi tok tekislikni cheklovchi moslama
|
1 gacha
|
1,5
|
1 dan 20 gacha
|
2,0
|
35 dan 110 gacha
|
4,0
|
150 dan 220 gacha
|
5,0
|
330
|
6,0
|
500 dan 750 gacha
|
9,0
|
800 doimiy tok
|
9,0
|
Odam uchun ishchi zonaning havosidagi zararli moddalarning ortib ketishi havf tudiradigan yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan chegaraviy konsentrasiyasi kattaligi havfli zona chegarasini belgilab u 8-Ilovada ko’rsatilgan.
Mashinalarning harakatlanuvchi qismlari va ishchi a’zolari yaqinidagi havfli zona chegaralari, agar tayyorlovchi zavodning pasporti yoki yo’riqnomasida boshqa yuqori talablar ko’rsatilmagan bo’lsa, 5 m atrofida belgilanadi.
Aholi yashaydigan joylardagi yoki ishlayotgan korxonalar hududidagi qurilish maydonchalari unga begona shaxslarning kirib qolmasliklari uchun to’sib qo’yilishi lozim. To’siqlar konstruksiyasi GOST 23407-78 talablariga mos bo’lishi lozim. Odamlarning ommaviy o’tuviga yaqin o’tuvchi to’siqlarni tutash himoya soyaboni bilan jihozlash lozim.
Muvaqqat inshootlarni, to’siqlarni, omborxonalarni va havozalarni joylashtirayotganda, binolarning yaqindan o’tuvchi naqliyot vositalarining yaqinlashish o’lchamlariga talablar hisobga olinishi lozim.
Qurilish maydonchalarida, ish uchastkalarida va ishchi o’rinlarda yong’in havfsizligini O’zbekiston Respublikasi YoHB tasdiqlagan Qurilish-montaj ishlarini bajarishda yong’in havfsizligi Qoidalari (YoHQ-3-94) talablariga mos tarzda ta’minlash lozim.
Qurilish maydonchasida, ish uchastkalarida va ishchi o’rinlarida elektr havfsizligi GOST 12.1.013-78 talablariga mos tarzda ta’minlanishi lozim.
Ishchi zona havosidagi 8-Ilovada ko’rsatilgan zararli moddalar miqdori nazoratini, shuningdek yoritilganlik, titrash va shovqin chegaraviy kattaliklarini, harorat me’yorini, nisbiy namlikni va ishchi o’rinlarda havo harakati tezligini, namunaviy ro’yxati 9-Ilovada ko’rsatilgan asboblar vositasida amalga oshirish lozim.
Ko’rsatilgan kattaliklarni nazorat qilish uchun qurilish laboratoriyalarini, ishlab chiqarishning boshqa zararli omillarini mutaxassislashgan yoki sanitariya laboratoriyalarini jalb qilish lozim.
Ishlayotgan sanoat korxonalari hududida yoki sexlarida qurilishmontaj ishlarini bajarilayotganda, sanitariya-gigiyena me’yorlarining bajarilishi usti nazorat ushbu korxona uchun belgilangan tartibda amalga oshirilishi lozim.
Qurilish maydonchasi, ish uchastkalari, ish o’rinlari, ulardagi yo’l va o’tuvlar sutkaning qorong’i paytlarida GOST 12.1.046-85 ga mos tarzda yoritilishlari lozim. Yoritilganlik tekis, yoritgich moslamalar ishlovlariga ko’zni kamashtirmaydigan bo’lishlari lozim. Yoritilmaydigan joylarda ishlashga ruxsat berilmaydi.
Odamlar yaqinlashishi mumkin bo’lgan joylardagi quduqlar, xandaklar va yerdagi boshqa o’yiqlar qopqoqlar, mustahkam shchitlar bilan yopilishi yoki to’silishlari lozim. Sutkaning qorong’i paytlarida to’siqlar kuchlanishi 42 V dan ortiq bo’lmagan elektr signal lampalar bilan belgilanishlari lozim.
Materiallarni uyish, rels yo’llarini o’tkazish, elektr uzatish va aloqa havo liniyalari uchun tayanchlar o’rnatishni, qoidaga ko’ra, devorlari mahkamlanmagan, qazib chiqarilgan tuproqning yemirilish prizmasidan tashqarida o’rnatishi lozim. Agar tayanchlarni tuproq uyumi sohasida mahkamlagichlar vositasida o’rnatish lozim bo’lsa, bu holda tuproqning dinamiklik koeffisiyentini hisobga olgan holda, avvalo hisob-kitob qilib tekshirib ko’rish lozim bo’ladi.
Qurilish maydonchasiga kirish joyiga naqliyot vositalarining harakat tuzilmasi joylashtirilishi, yo’llar va o’tuvlar chetiga esa O’zbekiston Respublikasi IIV tasdiqlagan Yo’l harakati qoidalariga mos tarzda naqliyot harakatini tartiblovchi yo’l qoidalari yaqqol ko’rsatib qo’yilishi lozim.
Avtotransportning ishlarni bajarish joylari yaqinida harakat tezligi to’g’ri uchastkalarda 10 km/soat va burilishlarda 5 km/soatdan oshmasligi lozim.
Qurilish maydonchalarida avtomobil yo’lining rels yo’llar bilan kesishuv o’rinlarida rels kallaklari bilan birday sathda o’rnatilgan kontrrelslar bilan tutish o’tuv to’shamalari yotqizilishi lozim.
Kesib o’tuv joylarini «O’zbekiston temir yo’llari» GAJKsi tasdiqlagan O’zbekiston Respublikasi temir yo’llaridan texnikaviy foydalanish Qoidalariga mos tarzda yorug’lik signalizasiyasi va shlagbaumlar bilan jihozlash lozim. Naqliyotning temir yo’lni boshqa o’rinlarda kesib o’tishi man qilinadi.
Kesib o’tuv o’rinlari, o’tuvlar va ish joylarini muntazam tozalab turish, to’sib qo’ymaslik, binolardan tashqarida joylashganlariga qish paytida qum yoki toshqol sepib qo’yish lozim.
Qiyaligi 20° dan ortiq bo’lgan o’tuvlarni traplar yoki to’sqichli narvonlar bilan jihozlash lozim.
Ish o’rinlariga o’tuvlar va ishlash o’rinlari kengligi kamida 0,6 m., o’tuvlar yo’lagi balandligi kamida 1,8 m bo’lishi lozim.
Balandligi yoki chuqurligi 25 m va undan ortiq bo’lgan binolar va inshootlarni qurishda ishchilarni ish o’rinlariga ko’tarish yoki tushirish uchun yo’lovchi yoki yuk yo’lovchi ko’targichlardan (liftlardan) foydalanish lozim.
Ishlovchilarni 5 m dan ortiq balandlikda yoki chuqurlikda joylashgan ish o’rinlariga ko’tarishda yoki tushirishda qo’llaniladigan narvon yoki qisqichlar saqlagich belbog’larni mahkamlash uchun moslamalar (tutqich arqonlar va b.) bilan jihozlanishlari lozim.
Tayyorlangan ko’chma narvonlarni ishlatish oldidan, ishlatish holatida turgan narvonning o’rtasidagi pog’onalaridan biriga 1200 N (120 kgk) statik yuklama qo’yish bilan sinash lozim. Ishlatish jarayonida yog’och narvonlarni har yarim yilda, metallarini esa, yiliga bir marta sinovdan o’tkazish lozim. Ko’chma narvonlarni ishlatish oldidan ko’zdan o’tkazish lozim.
Qurilayotgan binoga (inshootga) kiruvlar ust tomondan, kengligi kiruv kengligidan kichik bo’lmagan hamda bino devoridan kamida 2 m chiqib turuvchi soyabon bilan himoyalanishi lozim. Soyabon va undan yuqoridagi devor orasidagi burchak 70-75° chegaralarida bo’lishi lozim.
1,3m va undan ortiq balandlikdagi hamda balandlik chegarasidan ko’pi bilan 2m masofadagi ishchi o’rinlari va o’tuvlar GOST 12.4.059-89 talablariga mos tarzda muvaqqat to’sqichlar bilan to’silishlari lozim.
Bunday to’sqichlarni o’rnatish iloji bo’lmaganda, balandlikdagi ishlarni GOST 12.4.089-80 bo’yicha saqlagich belbog’lardan hamda GOST 12.4.107-82 bo’yicha ehtiyotlovchi arqonlardan foydalangan holda bajarish lozim
Uskunalarni, liftlarni o’rnatishni, zina o’rinlariga va hokazolarga mo’ljallangan hamda orayopmalardagi odamlar yaqinlashishi mumkin bo’lgan ochiqliklar tutash to’shama bilan yopilishi yoki to’sqichlarga ega bo’lishlari lozim.
To’shama (orayopma) bir tomonidan tutashadigan devordagi ochiqliklar, agar to’shama sathidan ochiqlik tagigacha masofa 0,7 m dan kam bo’lsa, to’silishlari lozim.
Ish sharoitlariga va ishlarni bajarishning qabul qilingan texnologiyasiga mos ravishda ish o’rinlari ularning vazifalariga mos ravishda me’yor majmuaga ko’ra texnologik jihozlar va jamoaviy himoya vositalari, shuningdek aloqa va signalizasiya vositalari bilan ta’minlanishlari lozim.
Ish o’rinlariga materiallarni qurilish konstruksiyalarini va uskuna qismlarini ishlarining havfsiz bajarilishini ta’minlovchi texnologik ketma-ketlikda yetkazib berish lozim. Ish joylarida materiallar va uskunalarni shunday jamlash lozimki, ular ish bajarayotganda havf yaratmasinlar hamda o’tuvlarni qiyinlashtirmasin.
Yengil alangalanuvchi yoki portlash havfi bo’lgan moddalarga ega bo’lgan materiallar ishlatiladigan va yig’iladigan joylardan ko’pi bilan 50 m radiusli masofada ochiq alangadan foydalanishga ruxsat berilmaydi.
Portlash havfi bo’lgan yoki zararli moddalar ajraguvchi lok-buyoq, izolyasiyalovchi, pardozlash va boshqa materiallarni ish joylarida faqat bir ish kuni extiyojiga loyiq miqdordan ortiq bo’lmagan miqdorda saqlashga ruxsat beriladi.
Zararli gazlar ajralishi mumkin bo’lgan, xususan yopiq hajmlarda quduqlarda, xandaklarda va o’ralarda ish boshlash oldidan 2.15-band talablariga mos tarzda havo muhitini tahlil qilish lozimdir.
Zararli gazlar vujudga kelgan holda ushbu joyda ishlarni to’xtatish lozim bo’lib, ularni ishchi o’rinlarini ventilyasiya (shamollatish) bilan ta’minlanganidan yoki ishlovchilarni zaruriy yakka himoya vositalari bilan ta’minlanganidan keyingina davom ettirish lozim.
Quduqlardagi, shurflardagi yoki yopiq hajmlardagi ishlarni shlang gazdan himoyalagichlardan foydalanilgan holda bajarish lozim. Bunda ikkita ishchi ishni bevosita bajarayotganlarni ularning bellariga bog’langan kanatlar yordamida ixotalashlari lozim.
Ishlarni kollektorlarda yoki kommunikasiyaviy tonnellarda bajarilayotganda, ikkita eng yaqin lyuklarni yoki eshiklarni ishlovchilar ularning orasida bo’ladigan qilib ochib qo’yilishi lozim.
Lazer nurlaridan foydalanib ishlarni bajarayotganda quyidagilarni bajarish lozim:
- GOST 12.1.040-83* talablarini bajarish;
lazer asbobi ishlatiladigan ish joyini tayinlangan tarzda tegishli havfsizlik belgilari orqali ko’rsatib qo’yish;
odamlar o’tish mumkin bo’lgan joylarga lazer nurining ishlar bajarilayotgan joydan tashqariga tarqalishini istisno qiluvchi himoya ekranlari qo’yish;
- lazer nuri o’tadigan yo’lga yorug’likni qaytaradigan ko’zgu va boshqa qaytaruvchi buyumlarning qo’yilishiga yo’l qo’ymaslik.
Ishlar bitta vertikal bo’yicha (12.2-bandda ko’rsatilganlaridan tashqari) pastda joylashgan ish o’rinlari yuqorida joylashgan ishchi o’rindan vertikal bo’yicha ko’pi bilan 6 m masofada o’rnatilgan tegishli himoya qurilmalari (to’shamalar, to’rlar, soyabonlar) bilan jihozlanishlari lozim.
Bitum yoki nairit surtmalarni qo’llash bilan bir vaqtda gidroizolyasiyaviy yoki korroziyaga qarshi ishlarning bitta xonada (hajmda) boshqa ishlar bilan birgalikda, shuningdek, polimer materiallarni payvandlashni bajarish agar bunda 2.6-band bo’yicha tadbirlar amalga oshirilmayotgan bo’lsa, faqat bitta sathdagina mumkindir.
Qurilayotgan binolar va havozalardagi qurilish axlatini yopiq tarnovlar bo’yicha, yopiq qutilarda yoki konteynerlardagina tushirish mumkindir. Tarnovning pastki uchi yer sirtidan ko’pi bilan 1m yuqorida bo’lishi yoki bunkerga kirishi mumkin. Axlatni tarnovsiz yoki boshqa moslamalarsiz ko’pi bilan 3 m balandlikdan tashlab yuborish mumkin. Axlat tashlanadigan joylarni hamma tomondan o’rab qo’yish yoki havfdan ogohlantirish uchun nazorat o’rnatish lozim.
Daryolarda va boshqa suv havzalarida qurilish-montaj ishlari bajarilayotganda, kemalarning, suzuvchi inshootlar va sollarning havfsiziligi ushbu suv havzalaridan foydalanuvchi boshqaruv idoralari bilan kelishilishi lozim.
Ishlar suvda yoki suv ustida bajarilayotganda qutqaruv stansiyasi (qutqaruv posti) tashkil qilinishi lozim. Suvga yoki suv ustida bajariladigan ishlarning barcha uchastkalari qutqaruv vositalari bilan ta’minlanishlari lozim. G’ovvoslik ishlari bajarilayotganda, tegishli me’yoriy hujjatlar talablari bajarilishi lozim.
Materiallarni, konstruksiyalarni va uskunalarni yig’ishni standartlar yoki materiallar, buyumlar va uskunalarga texnikaviy shartlar talablariga mos tarzda bajarish lozim.
Materiallarni (konstruksiyalarni, uskunalarni) tekislangan maydonchalarda joylash, ularning o’z-o’zidan siljishiga, cho’qishiga, to’qilishiga va dumalab ketishiga qarshi tadbirlar ko’rish lozim.
Yig’iluvchi materiallar va konstruksiyalar taxlamlaridagi tagliklar va qistirmalarni bitta tekislikda joylashtirish lozim. Panellarni, bloklarni va shu kabi konstruksiyalarni taxlanayotganda, ularning qalinligi chiqib turgan montaj ilgaklaridan kamida 20mm ortiq bo’lishi lozim.
Omborxonalardagi taxlamlar (stellajlar) orasida kengligi kamida 1 m bo’lgan o’tuvlar hamda kengligi omborxonada hizmat qiluvchi naqliyot vositalari va yuklash-tushirish mexanizmlari o’lchamlariga bog’liq bo’lgan yo’llar ko’zda tutilishi lozim.
Materiallar va buyumlarni devorlarga va muvaqqat va kapital qurilmalar elementlariga suyab qo’yishga (tirashga) ruxsat berilmaydi.
Changsimon materiallarni ularni yuklash va tushirish vaqtida sochilib ketishiga qarshi tadbirlar ko’rgan holda, yopiq idishlarda saqlash lozim. Yuklash teshiklarini himoya panjaralari bilan yopilishi, lyuklarni esa, yopqichlar bilan yopilishlari lozim.
Sochiluvchi va changsimon materiallarni saqlanadigan chuqurligi 2 m dan ortiq bo’lgan bunkerlar va boshqa idishlar materiallar peshtoqi va ochilmalar hosil bo’lishining oldini oluvchi yoki ularni majburlab tushiruvchi moslamalarga ega bo’lishlari lozim.
Zararli yoki portlash havfi bo’lgan eritgichlarni germetik yopiq idishlarda saqlash lozim.
Portlash havfi bo’lgan yoki zararli moddalar ajratuvchi yelimlar, surtmalar, bo’yoqlar va boshqa materiallar ishlatiladigan ish joylarida olovdan yoki uchqun hosil qiluvchi harakatlardan foydalanish man qilinadi. Bunday ish joylari shamollatib turilishi lozim.
Bunday xonalardagi (zonalardagi) elektr qurilmalar portlov havfsiz ijroda yasalishlari lozim. Bundan tashqari statik elektr zaryadlari vujudga kelishini va yig’ilishining oldini oluvchi tadbirlar ko’rilishi lozim.
Changsimon materiallar bilan ish olib boriladigan xonalar, shuningdek maydalash, talqin qilish va ushbu materiallarni elash mashinalarining ishchi o’rinlari aspirasiya (shamollatish) tizimlari bilan ta’minlanishi lozim. Ohakni, sementni, gipsni va boshqa changsimon materiallarni qayta ishlash qurilmalaridagi yopqichlar, ta’minlagichlar va mexanizmlarni ko’chma pultlardan boshqarish lozim.
Qurilmalarni bo’laklash yoki buzish oldidan ushbu ishlarni havfsiz bajarishni ta’minlash tadbirlari ishlab chiqilishi lozim.
Bo’laklanuvchi qurilmalarda ish boshlash oldidan ularni suv, issiqlik, elektr ta’minotidan, kanalizasiyadan, texnologik mahsulot o’tkazgichlardan uzib qo’yilishi hamda ularning shikastlanishining oldini olish lozim. Uzishni qaramog’ida ushbu tarmog’lar bo’lgan tashkilot bajarib, u tegishli hujjat bilan rasmiylashtiriladi. Bo’laklash jarayonidagi muvaqqat elektr tarmog’i tuzilmasi bo’laklanuvchi qurilma elektr tarmog’idan mustaqil bo’lishi lozim.
Binolar bo’laklanayotgan hududni 2.11-band talablariga mos tarzda to’sish lozim.
Binolarni bo’laklashdan hosil bo’lgan materiallarni ushbu maqsad uchun ajratilgan maydonchalarda yig’ish lozim.
Yog’och konstruksiyalarni bo’laklashdan chiqqan va kelgusida foydalanish uchun yaroqli materialni jamlash oldidan chiqib turgan mixlar va qismalardan ozod qilish lozim.
Qurilmalarni bitta vertikal bo’yicha bir necha yaruslarda bir vaqtda bo’laklash, shuningdek bo’laklanuvchi konstruksiyalarni orayopmalarga tashlab yuborishga ruxsat berilmaydi.
Qurilmalarni bo’laklashda qo’llaniladigan mashina va mexanizmlarni konstruksiyalarini qulatish zonasidan tashqarida joylash lozim. «Qulatish» usulidan foydalanilganda, ishchi arqonlarning uzunligi qurilma balandligidan uch marta ortiq bo’lishi lozim.
Binolarni portlatish usulida bo’laklanayotganda, O’zbekiston Respublikasining Sanoatda ishlarni havfsiz olib borish nazorati va tog’ nazorati agentligi tasdiqlagan Portlatish ishlarida yagona havfsiz qoidalari talablariga rioya qilish lozim.
Buzilishi lozim bo’lgan bino (inshootlar) konstruksiyalarini pona to’qmoq yoki sharto’qmoq yordamida qulatilayotganda bino (inshoot) balandligidan kichikroq masofada bo’lishga ruxsat berilmaydi.
Ishlar sohasida joylashgan omonat konstruksiyalarni ustunlar, tirgaklar yoki boshqa vositalar bilan mahkamlash lozim. Konstruksiyalarning yoki ularning ayrim elementlarining shamol yoki boshqa omillar ta’sirida buzilish (qulab tushish) xavfli bo’lsa, ularni qo’shimcha mustahkamlashsiz qoldirish mumkin emas.
Binolarni, inshootlarni bo’laklashda, buzishda, shuningdek, chiqindilardan, qoldiq materiallardan, axlatdan tozalashda to’zonni bostirish tadbirlarini ko’rish lozim.
To’zon sharoitlarida ishlovchilar nafas organlariga chang va mikroorganizmlarning (mog’or, gribok, ularning sporalari va b.) kirishidan himoya vositalari bilan himoyalanishlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |