Ma’ruza. Qurilish maydonchalarini, ish uchASTKALARINI VA ish O’rinlarini tashkil qilishda xavfsizlik talablari



Download 47,05 Kb.
bet1/2
Sana08.08.2021
Hajmi47,05 Kb.
#141589
  1   2
Bog'liq
2- Маруза 2 курс


2-Ma’ruza. QURILISh MAYDONChALARINI, ISh UChASTKALARINI VA ISh O’RINLARINI TAShKIL QILIShDA XAVFSIZLIK TALABLARI

Qurilish maydonchasining, ish uchastkalarining va ishchi o’rinlarining tashkiliy ishlarni bajarish loyihasi (IBL), GOST 12.3.002-75 talablariga mos bo’lishi hamda ishchilar mehnatining ishini bajarish barcha bosqichlarida havfsizlikni ta’minlashi lozim.

Hududi yakkalangan uchastkalar telefon aloqasi yoki radioaloqa bilan ta’minlanishi lozim.

Qurilish maydonchasini tashkil qilishda, ish uchastkalarini, ishchi o’rinlarini, mashinalar va naqliyot vositalarining o’tuvlarini, odamlar uchun yo’llarni tashkil qilayotganda havfli ishlab chiqarish omillari doimo yoki potensial mavjud bo’ladigan sohalarda odamlar uchun havfli zonalarni aniqlab qo’yish lozim.

Havfli zonalar havfsizlik belgilari va belgilangan shakldagi yozuvlar bilan belgilanib qo’yilishi lozim.

Havfli ishlab chiqarish omillari doimo mavjud bo’ladigan zonalar quyidagilardir:



  • elektr qurilmalarning izolyasiyalanmagan qismlari yaqini;

  • yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan chegaralardan yuqori konsentrasiyalarda zararli moddalar mavjud bo’lgan yoki yo’l qo’yilishi mumkin bo’lganidan yuqori intensivligi shovqinlar ta’sir qiladigan joylar.

Ishlab chiqarish omillarining potensial havfli ta’sir qiluvchi zonalariga quyidagilar oiddir:

  • qurilayotgan binoning (inshootning) yaqinidagi hudud uchastkalari, konstruksiyalar va uskunalar montaji (demontajni amalga oshirilayotgan joy ostidagi bino qavatlari va inshoot qismlari;

  • balandligi bo’yicha 1,3m va undan ortiq to’silmagan nishobli zona yaqinlari;

  • mashinalarning, uskuna yoki ularning qismlari, ishchi a’zolarining harakatlangan zonalari;

  • ustida yuk qo’taruvchi kranlarda yuklarning ko’chishi yuz beradigan joylar.

Havfli ishlab chiqarish omillari doimiy mavjud bo’ladigan zonalar chegaralarida GOST 23407-78 talablarini qanoatlantiruvchi himoya (saqlagich) to’siqlar o’rnatilishi, havfli ishlab chiqarish omillari potensial mavjud bo’ladigan zonalarda esa, GOST 23407-78 (GOST 12.4.059-89) talablariga javob beruvchi va havfsiz belgilari bo’lgan signal to’siqlar qo’yilishi lozim.

Ko’rsatilgan zonalarda ishlar bajarilayotganda, ishlovchilarning havfsizligini ta’minlovchi tashkiliy-texnikaviy tadbirlar ko’rilishi lozim.

Yuk ko’tarish kranlari qo’llaniladigan obyektlar qurilayotganda, 2.7-bandga ko’ra belgilanuvchi havfli zonalarga odamlari, naqliyot yoki piyoda yo’llari (yo’lakalar) bo’lgan qo’shni binolar kirib qolgan hollarda qurilishni tashkil qilish loyihasida odamlarning havfsizligini ta’minlovchi yechimlar (tadbirlar) ko’zda tutilishi lozim, jumladan:

- naqliyot va piyoda yo’llarini, shuningdek ishlatiluvchi binolarga kirish va chiquvlarni havfli zonalar tashqarisiga chiqarishni;

- havfli zonaga kirib qolgan deraza va eshik bo’shliqlarini, shu hol uchun maxsus mo’ljallangan saqlagich to’siqlar bilan to’sishni;

- konstruksiyalari ko’chirilayotgan yuklar tasodifan tushib ketgan hollarda odamlarning havfsizligini ta’minlaydigan binolar va inshootlardan yoki qurilishni tashkil qilish loyihasida qurilish-montaj ishlari vaqtida ko’rsatilgan binolar va inshootlarning qurilishini tashkil qilishda havfli zona deb hisoblanuvchi joylarida odamlarning bo’lmasligi ko’zda tutilgan binolar va inshootlardan odamlarni ko’chirish (chiqarib yuborish).

7-Ilova bo’yicha odamlar mavjud bo’lgan joylarda havfli omillarning yuzaga kelishini istisno qiluvchi texnik yechimlardan foydalanilgan sharoitlarda ko’rsa­tilgan binolar va inshootlardan (odamlarning bir vaqtda katta to’plami mavjud bo’ladigan bolalar, davolash va o’quv muassasalaridan, teatrlardan, kinoteatrlardan, klublar, stadionlar, magazinlar va boshqa joylardan tashqari) ishlarni odamlarni ko’chirmasdan bajarishga ruxsat beriladi.

Tepasida yuk ko’taruvchi kranlar vositasida yuklarni ko’chirish yuz beradigan joylardagi, shuningdek qurilayotgan binolar va ishnootlar yaqinidagi havfli zonalar chegarasi 1-jadvalga ko’ra belgilanadi.

Elektr toki bilan shikastlanish havfi mavjud bo’ladigan oraliqda havfli zona chegaralari 2-jadvalga binoan belgilanadi.


Download 47,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish