Ma’ruza qiladi: f f. n., dots. M. R. Tojiboyeva


Ma’ruza qiladi: f.f.n., dots



Download 1,83 Mb.
bet20/35
Sana30.06.2022
Hajmi1,83 Mb.
#720663
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   35
Bog'liq
...........................1111

Ma’ruza qiladi:
f.f.n., dots.
M.R.Tojiboyeva


Reja:
Tilshunoslik fanlarni o‘rganish jarayonidagi mustaqil ishlarni tashkil etish.
Ona tili darslarida o‘tkaziladigan mustaqil ishlarga qo’yiladigan talablar.
Mustaqil ishlarning xususiyatlari va ularni tashkil etish yo ‘llari.
Mustaqil ishlarning о ‘quvchi kompetentliligini oshirishdagi ahamiyati.

Maktabda fan asoslarini egallash, ko‘p jihatdan, ona tili ta ’limining qo‘yilishiga b og‘liq. 0‘quvchilar tilga oid bilimlarni, asosan, dars jarayonida o‘rganadilar. Ularga tildan beriladigan bilimlarni mustaqil ishlarsiz tasawur etib bo‘lmaydi.Pedagogikada mustaqil ishlar muammosi juda uzoq tarixga ega. 0‘quvchilarda mustaqillikni shakllantirish K.D.Ushinskiy pedagogik tizimining asosiy muammolaridan biri edi. U tarbiyachi o‘z shogirdlarining mustaqil ishlashiga ko‘proq imkoniyat yaratib bermog'i, o ‘quvchini tayyor xulosalar bilan qurollantirishga ko‘ra, uning o‘ziga xulosalar izlashni o‘rgatmog‘i kerak,—deb ta’kidlagan edi: «Grammatik qonun-qoidani o‘qituvchi rahbarligida o'quvchining o‘zi kuzatishini va xulosalashini istardik, o‘quvchining umumiy taraqqiyotida grammatikaning asosiy ahamiyati ana shundan iborat».


Ta’limda faollik va mustaqillik muammosi bir-birini to‘ldiradigan, o‘zaro uzviy bog‘langan pedagogik kategoriyalar hisoblanadi. Har qanday aktiv faoliyat asosida mustaqil aqliy faoliyat yotadi. Mustaqil ishlarsiz hech qanday faol faoliyat bo'lmaydi. Ammo bu faollik va mustaqillik bir xil tushuncha ekan, degan fikrga olib kelmasligi kerak. Faollik mustaqillik tushunchasiga nisbatan ancha kengroq sohani o‘z icliga oladi. Faollik to‘g‘risida gapirganda, o‘qituvchi tushuntirishi, ma’ruzani diqqat bilan tinglash, turli xil vositalar: ko‘rgazma qurol, mustaqil ish yordamida o ‘quvchilaming faolligini oshirish, ijtimoiy va ma’naviy hayotda faollik bilan ishtirok etish, moddiy ne’matlami ishlab chiqarishda ijodkorlik, tashabbuskorlik ko‘rsatish kabilar tushuniladi.
Demak, faollik tushunchasi xoh o‘quv-tarbiya, xoh ijtimoiy va m a’naviy hayot sohasida bo‘lmasin, kishining ongli, aqliy faoliyatini ifodalash uchun ishlatiladi. Darslarda o‘tkaziladigan mustaqil ishlar o‘quvchilarning faolligini oshirishning asosiy vositalaridan biri sanaladi.Kishi mustaqil aqliy faoliyat ko‘rsatish, mustaqil o‘rganish orqaligina fan asoslarini puxta egallaydi. Kitob ustida mustaqil ishlay olish malakalari, dastavval, boshlang‘ich sinflarda hosil qilinadi, bu malakalar yuqori sinflarda yanada takomillashtiriladi. D arslarda tashkil etiladigan mustaqil ishlar o‘quvchilarda kitob ustida ishlash malakasini shakllantirishning yetakchi omilidir.

Didaktika va xususiy metodikaga oid adabiyotlarda mustaqil ishlar muammosi uch tomondan talqin qilinadi: fan asoslarini egallashdagi mustaqillik — didaktik prinsip; mustaqil ishlash — o‘qitish metodi; mustaqil ishlar — darsda tashkil etiladigan topshiriq — o‘quvchi shaxsini shakllantirish vositasi.


Umumiy ta ’lim predmetlaridan biri sanalgan «Ona tili» o‘quvchilarda mustaqillikni taraqqiy ettirish uchun juda boy imkoniyatlarga ega. Ona tili m ateriallari ustida tashkil qilinadigan topshiriqlar o‘quvchilarni til hodisalarini kuzatish, tahlil va qayta qo‘shish, induktiv va deduktiv xulosalar chiqarish kabi malakalarni o‘stiradi.

0‘quvchilarning mustaqil ishlari ona tili darslarining barcha bosqichlarida o'tkaziladigan, o‘qituvchining bevosita ishtirokisiz, ammo uning ko‘rsatmalari va rahbarligida bajariladigan, o‘quvchilarning ongli ravishda faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydigan grammatik vazifalardir. Ilg‘or o‘qituvchilar darslarni ijodiy uyushtirishda o'quvchilarning mustaqil ishlariga tayanadilar. Kuzatishlar shuni tasdiqlaydiki, aksariyat o‘qituvchilar mustaqil ishlarning o‘ziga xos xususiyatlariga yetarli ahamiyat bermay, uni nafasni rostlab olish uchungina o‘tkazadilar.


Ba’zi maktablarda ona tilidan o‘tkaziladigan mustaqil ishlar o‘qu vchilarning bilimi, hayotiy tajribasi, individual xususiyatlariga to‘g‘ri kelmaydi.
Darslarda o‘tkaziladigan mustaqil ishlar dars tipiga, dars jarayonining turli bosqichlariga, o‘quv materialining mazmuniga bog‘liq bo‘ladi. Ona tilidan o‘rganiladigan har bir mavzu, har bir orfogramma xarakteriga muvofiq mustaqil ishlar uyushtiriladi. Ona tili darslarida o‘tkaziladigan mustaqil ishlarga quyidagi talablar qo'yiladi:
mustaqil ishlar pedagogik va psixologik tomondan asoslangan, o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlariga, bilimiga mos bo‘lishi, o‘quvchilarga tilni o‘zlashtirishga qiziqtirishi lozim;
o‘qituvchi tomonidan berilgan topshiriq bolalarning o‘quv materialini faol idrok etishini ta’minlashi zarur;
d) Mustaqil ish hayotiy bo‘lishi, o‘rganilgan nazariy bilimlarni amaliy
tatbiq etishning vositasi bo‘lmog‘i kerak.
Ta’lim ilgarilab ketgan sari mustaqil ishlarning hajmi, murakkabligi oshira boriladi. O'quvchilarning ish tempi, mustaqillik darajasi o‘sadi. Masalan, uchinchi va beshinchi sinflarda «So‘z tarkibi» mavzusi o‘tiladi. 0‘quvchilar uchinchi sinfda o‘zak, o‘zakdosh so‘z, so‘z yasovchi qo‘shimchalar, so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalar to‘g‘risida dastlabki m a’lumotni oladilar, beshinchi sinfga o‘tgach esa, so‘z tarkibini yanada kengroq o ‘zlashtiradilar. Bu sinfda o‘zak, o'zakdosh so‘z, qo‘shimcha, so‘z yasovchi va so‘z o'zgartiruvchi qo‘shimcha, turlovchi va tuslovchi qo‘shimcha, negiz kabi terminlar vositasida bolalarning so‘z tarkibi haqidagi bilimlari yanada boyitiladi.
Shakllanayotgan shaxs ma’naviy kamolotining asosi bo‘lgan tafakkurdagi mustaqil lik o‘quvchining murakkab mavrrular yechimiga o‘ziga xos tarzda yondasha bilishi, qo‘yilgan masalalarni to‘g‘ri va mustaqil ravishda hal etishi, fikrlarini o‘z so‘zi hamda uslubi bilan bayon etishi, bir masala bo‘yicha boshqa o‘quvchilaming fikri yoki munosabatidan farq qiluvchi nuqtai nazarga egaligi, boshqalar tomonidan aytilgan mulohazalarga tanqidiy munosabat tarzida namoyon bo‘ladi. Sanalgan xususiyatlar ko‘rsatadiki, fikrning mustaqilligi bu o‘quvchilaming o‘zgarib turuvchi vaziyatlarda murakkab masalalarni hal eta bilish qobiliyatidir. Ayrim o‘quvchilarda mustaqil umumlashmalar qilishni talab qiladigan murakkab masalalar yechimida ishtirok etishga doimiy tayyorlik kuzatiladi.
Ulardagi bunday qobiliyat barcha darslarda bir xil ko‘rinishda aks etadi.
Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, ayrim darslarda tarbiyalangan tafakkur faoliyatining mustaqilligi boshqa o‘quv fanlarida ham namoyish etiladi. 0‘quv fani o‘qituvchilari darsni tashkil etishda o‘quvchi tafakkurini ijodiy ishlarga yo‘naltiruvchi tamoyillarga amal qilsagina, mustaqil fikr yuzaga chiqadi.0‘quvchilaming mustaqil ishlari uy inshosi, bayon, referat va taqrizlar, adabiy qahramonlarga tavsifnoma va annotatsiyalar yozish, maktublar bitish, kundaliklar yuritish, ma’ruza matnini tayyorlash, tezislar tuzish, konspekt olish, uy vazifalarini bajarish, adabiy kechalar tashkil etish, ekskursiyalar uyushtirish, mustaqil va sinfdan tashqari o‘qish, ayni zamonda ijodiy ishlar (badiiy asarlar yaratish) shaklida namoyon bo‘ladi.
Masalan, mustaqil o‘qish darslari uchun dasturda ma’lum soat ajratilgan bo‘lib, bunda o‘rganish uchun tavsiya etilgan asar bilan o‘quvchilaming o‘zlari mustaqil ravishda tanishadilar. Undagi muhim va nomuhimni, ikkinchi, uchinchi darajali jihatlarini o‘zlari ajratadilar. Asaming muhokamasi esa 0‘qituvchi bilan birgalikda amalga oshiriladi. 0‘quvchilar mustaqil o‘qish asnosida o‘zlari kashf etgan haqiqatlarini o‘qituvchilari balan hamkorlikda tahlilga tortadilar. Bunda o‘qituvchining roli faqat tashkilotchilikdan iborat bo‘ladi. Erkin mavzularda insholar yozish, uy insholari ham o‘qituvchining bevosita ishtirokisiz bajariladi. Bunda o‘quvchilar qo'yilgan maqsad sari ongli, mustaqil ravishda harakat qiladilar, o‘z kuchlari, aqliy imkoniyati va bilimini u yoki bu shaklda ifodalaydilar. Ishning mustaqil ravishda yozilishida o‘quvchining faoliyatiga hech kim aralashmaydi, xatti-harakatlari yo‘nalishi va imkoniyatlari darajasini uning o‘zi aniqlaydi.
Oldiga qo‘yilgan masalani ham o‘zi mustaqil hal qiladi. Bu jarayonda amalga oshgan faoliyatni vujudga keltiruvchi fikrlar mustaqil fikrlash sanaladi. Unga hech kim yo‘l-yo‘riq ham ko‘rsatmaydi, yordam ham bermaydi. Ta’lim mazmuni va metodlarining xilma-xilligi, boyligi tafakkuming chinakam mustaqilligini ta’minlaydi, rivojlantiradi. Erkin
mavzulardagi mustaqil ishlar o‘quvchilar tafakkurini o‘stirishga xizmat qiladi. Ular bolada biror shaxslik sifatlarining shakllanishiga, albatta, ta’sir ko‘rsatadi. 0‘quvchilaming mustaqil ish turlari va ulaming xususiyatlari borasida prof. S. Matjonovning alohida tadqiqoti mavjud
Mustaqil ishlami tashkil etishning eng sinalgan usullari evristik suhbat, seminar darslar, mantiqiy topshiriqlar, yangi mavzuni o‘rganishda muammoli vaziyatlar va bilimlami tekshirish sanaladi. Bundan adabiy ta’limdagi barcha tadbirlar faqat o‘quvchining mustaqil fikrlashigagina qaratilishi kerak, degan biryoqlama xulosa chiqmasligi zarur. Ta’lim amaliyotida o‘qitish borasidagi barcha muammolarni faqat bir o‘zi hal qila oladigan metod yo‘q. Bu mustaqil ishlarga ham bevosita daxldordir.
Darsning mazmuni, pedagogik topshiriqlar mustaqil ishlaning xarakteri va tarkibini belgilashi lozim.
0‘qituvchi o‘quvchilar oldiga mantiqiy topshiriq qo‘yar ekan, uning muvaffaqiyatli bajarilishi uchun zarur shart-sharoitni ham yaratishi kerak. Buning birinchi sharti dalillaming yetarliligi, vazifaning aniq ifodalanganligidir. 0‘qituvchi ishni bajarish yuzasidan dars so‘ngida 3 - 7 daqiqali suhbat o‘tkazishi lozim. 0‘quvchilar mustaqil ishlayotganda nimaning ustida, qanday ish yuritishni aniq bilishlari kerak. Bunday topshiriqlar darsning boshida ham, oxirida ham, dars jarayonida ham berilishi mumkin.Insho va mustaqil ijodiy ishlar muhokamasidan keyin ulaming yaxshi chiqmay qolgan o‘rinlarini qayta ishlash, undan yangi ish yaratishga undash mumkin emas. Ma’lum ishni bajarishni uddalay olmagan bo‘lsa-da, yo‘l qo‘ygan xatolari va uning sabablarini anglagan o‘quvchi endilikda o‘zini keyingi ishni nisbatan yuqori darajada bajara olishga qodir his qiladi.
Biroq o‘quvchiga muhokama qilib ko‘rishga vaqt berish va shu jarayonda keyingi asar ustida ishlashga imkoniyat yaratish kerak bo‘ladi. Agar o‘quvchining o‘zi talab qilsa, unga ishni qayta yozish imkoniyatini berish mumkin. Bunday ijodiy ishlarning, erkin mavzulardagi insholaming samaradorligi shundaki, o‘quvchi badiiy asar bilan mustaqil ishlashga ko‘nikib boradi. 0‘qituvchining aytganlari yoki kitobda bitilganlargagina bog‘lanib qolmay, bilimining tabiiy va zaruriy chuqurlashuviga erishadi. 0‘quvchilarda tafakkur va faoliya mustaqilligi mustahkamlanadi.Mustaqil yozma ishlami tahlil qilish bilan asar tahlilini uyg‘unlikda amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu jarayonda asardagi o'quvchining nazaridan chetda qolgan yoki u noto‘g‘ri talqin qilgan jihatlarga ham e’tibor qaratiladi. 0‘quvchilar tomonidan bajarilgan ish muhokamasi bilan badiiy asar tahlili uyg‘unlashib ketgani ma’qul.
Ijodkorlik, ya’ni o‘quvchilami badiiy ijodga undash ham ularning mustaqil ishlarini tashkil etishda yetakchi ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, maktabgacha yoshdagi bolalar uchun eng yoqimli narsa - kattalaming ular bilan o‘ynashi. Odatda, bizning kattalar bolalar bilan o ‘ynamaydilar. Ulaming «jiddiyroq» ishlari ко‘p. Aslida, bolalarga o‘rgatish, ularni o‘qitish emas, aynan ular bilan
birgalikda o‘ynash, ularga o‘xshab xayolparastlik qilish, ertaklar, she’rlar, topishmoqlar to‘qish, har xil hodisalar o ‘ylab topish jarayonida ishtirok etish ulaming ma’naviy shakllanishida ko‘proq foyda keltiradi. Bolalaming aqliy rivojlanishini, yuksak orzular qilishga va ulami amalga oshirishga qodir bo‘lishini istagan har qanday odam ulaming ijodga oshno bo‘lishini ta’minlashi kerak. Ijodkorlik mustaqil fikrlashga o‘rgatish asosidir.
Bolalar ijodida mantiqning yetarli darajada emasligini tushunish mumkin. Chunki maqsad ular ijodida chuqur mantiq yoki yuksak ma’no bo‘lishiga erishish emas. Ular keyinroq, ta’lim tarbiyaning yuqoriroq bosqichlarida paydo bo‘ladi, Dastlabki paytlarda muhimi - ijod jarayoni. Maktabgacha va boshlang‘ich maktab yoshidagi bolalar ijodiy ishlarni jon-dili bilan bajaradi-
lar va bundan zavq oladilar. Shu zavqni qayta tuyish ehtiyoji uni rivojlanish sari yetaklaydi. Tarbiyaning mana shu xili bola tabiiy taraqqiyoti bilan hamohang kechadi. Bu haqda yuqorida batafsil fikr yuritigan.
Bu jarayonda bolalar tasavvurini, xayolparastligini rag'batlantirish va ularning ijodiga imkoniyat yaratib berish kerak. Bola uchun qiziqarli bo‘lgan har qanday faoliyat - foydali. Bola nimani xohlasa, nimaga qiziqsa, shuni qilib ko‘rishi kerak. Odatda, yosh bolalar o‘z imkoniyatlari doirasidan tashqaridagi ishlar bilan shug‘ullanishni xush ko‘radilar. Bu ular uchun o‘sish, rivojlanishning yagona yo‘lidir. Bolalar shuning uchun ham kattalaming ishlariga ko‘p aralashadilar, qo‘llaridan kelmaydigan narsalarni qilishga chiranadilar. Bu ularning tabiatidagi rivojlanish, o‘sish sari tabiiy intilishidir.Bu boradagi qarashlami yakunlab aytish mumkinki, mustaqil ishlaming har qanday turi mustaqil tafakkur va mustaqil faoliyat mahsulidir. Ular shunisi bilan boshqa ish turlaridan a’loroqdir.

Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish