edilar. Areopag mil.avv. VIII–VII asrlarda eng obro‘li hokimiyat organi bo‘lgan.
Yevpatridlar kolonizatsiya va dengiz savdosida faol qatnashdilar.
Mil.avv. VIII asrdan qishloq jamoalarida yer oilalarga bo‘lib berildi. Yer xususiy
mulkka aylanib, asosan mayda dehqon xo‘jaligi paydo bo‘ldi. G‘allachilik,
uzumchilik, zaytun daraxtlarini ekish dehqon xo‘jaligining asosoiy mashg‘uloti bo‘ldi.
Asta-sekin ishbilarmon dehqonlar, urug‘ oqsoqollari mayda dehqonlarning yerlarini
turli yo‘llar bilan bosib ola boshladilar. Qarzga botgan kambag‘al dehqonlar yerlaridan
ajralib, qarzlari uchun qullikka tushib qoldilar. Yeri bo‘lmagan yoki yeridan ajralgan
bir qism dehqonlar hunarmandchilik bilan shug‘ullandilar. Kulolchilik sohasi, metallga
ishlov berish, qayiq yasash va boshqa sohalar rivojlandi.
Ikki-uch kishi ishlaydigan
hunarmandchilik ustaxonalari paydo bo‘ldi. Bu ustaxonalarning barchasi katta-kichik
shaharlarda to‘plandi, ichki va tashqi savdo rivojlandi.
Savdo, hunarmandchilik bilan shug‘ullanadigan aholi orasida ham tabaqalanish
kuchayib, boy, o‘rta va mayda savdogar, hunarmandga ajraldi. Dehqonlar, hunarmand-
savdogarlar yollanib ishlaydigan demos (xalq) aholining asosoiy qismini tashkil qildi.
Demos ichidan boy dehqonlar, boy tadbirkor hunarmand-savdogarlar,
kema egalari
ajralib chiqdi. Dastlab polislarda hokimiyatni egallab olgan katta yer egalari – zodagon
evpatridlar o‘z mavqelarini yo‘qota boshladilar. Yunon polislarida mil.avv. VII asrda
o‘tkazilgan harbiy islohotlar natijasida zodagonlarning jang aravalari va otliq qism
o‘rniga polisning o‘ziga tog‘ aholisi demosdan shakllantiriladigan og‘ir qurollangan
piyoda goplitlar paydo bo‘ldi. Natijada zodagonlar polisning harbiy tashkilotida
o‘zlarining avvalgi imtiyozli mavqelaridan mahrum bo‘ldilar. Endilikda demos boy
yunon polis-davlatlarining iqtisodiy-siyosiy hayotida muhim o‘rinni egallay boshladi.
Bu yangi qatlam hokimiyatni bosib olgan urug‘ zodagonlari
bilan hokimiyat uchun
kurashga kirishdi.
Tovar ishlab chiqarish, savdo, hunarmandchilik tez rivojlanishi natijasida Attikada
demos o‘z haq-huquqi uchun harakatga keldi. Attikada dehqonlarni qarzga botish
jarayoni kuchayib ketdi va natijada qarzi uchun qul qilish odatdagi holga aylanib qoldi.
Mil.avv. VII asrning ikkinchi yarmida Attikada ijtimoiy-siyosiy vaziyat keskinlashib
ketdi. Mil.avv. VII asrning 30-yillarida zodagon Kilon hokimiyatni bosib olishga
urunib ko‘rdi. Arxont Drakont tomonidan 622-yilda og‘zaki qonunchilikning yozma
to‘plamga keltirilishi urug‘ zodagonlarining hokimiyatini zaiflashtirdi.
Drakont
qonunlari bilan urug‘chilikning qoldig‘i bo‘lgan xun olish taqiqlandi. Jazolash
funksiyasi areopagga berildi. Drakont qonunlari shafqatsiz bo‘lib, o‘g‘rilik jinoyati
uchun o‘lim jazosi belgilangan. Mehnat qilmagan fuqarolar jazolanar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: