Tabiiy va kimyoviy iplarni eshish
Uzluksiz iplardan tayyorlanadigan еshilgan ip mahsulotlari, maxsus tola еshish fabrikalarda, ipak kombinatlarining tola еshish sexlarida hamda kimyoviy tola va ipak tayyorlanadigan to‘qimachilik korxonalarida ishlab chiqariladi. Eshilgan mahsulotlarning assortimenti, turlari ko‘pdir. To‘qima va trikotaj ishlab chiqarishda ishlatiladigan еshilgan iplar bilan bir qatorda, turmushda keng iste’mol qilinadigan va texnikaga mo‘ljallangan turli xildagi еshilgan mahsulotlar ham tayyorlanadi.
Eshilgan mahsulotlar tabiiy ipakdan, shuningdek, turli sun’iy, sintetik va shisha toladan qilingan iplardan ham tayyorlanadi.
Eshilgan iplar o‘zining tuzilishiga, strukturasiga qarab, dastlabki hom ashyoning xiliga va qanday mahsulot ishlab chiqarishga ko‘ra turli texnologiyani, mashina va mexanizmlarni qo‘llash zarurligini taqoza еtadi. Ipak еshishda sof mexanik, ya’ni qayta o‘rash, еshish va qayta еshish jarayonlari bilan bir qatorda kimyoviy texnologiya, ya’ni ipak xom ashyosini pishirish, ipni bo‘yash va boshqa jarayonlar ham qo‘llaniladi. Ipak еshish texnologiyasida ko‘p hollarda mexanik jarayondan ham, kimyoviy jarayondan ham foydalaniladi.
Eshish mahsulotlari ishlab chiqarishda vaqti-vaqti bilan ishlaydigan mashinalar, ivitish apparatlari, sentrifugalar, quritish mashinalari, bug‘lash kameralari va hakazolar ishga solinadi hamda qayta o‘rash, еshish uzluksiz xarakatlar qo‘llanadi.
Kalta tolalardan uzluksiz ip ishlab chiqishda еshish asosiy texnologik jarayonlardan biri hisoblanadi. Uzluksiz iplarni, ipak xom ashyosini, kimyoviy kompleks iplarni еshish, ya’ni iplarga buram berish, bu еshilgan mahsulotlarga ma’lum foydali xususiyat beradigan mustaqil jarayondir.
Mexanika nuqtai nazaridan еshish – deformatsiyaning turlaridan biri bo‘lib, bunda jismga ta’sir ko‘rsatayotgan hamma kuchlar jismning o‘qiga perpendikulyar tekislikda joylashgan juft kuchlar deb faraz qilish mumkin. Tolali materiallarda еshish deb shakl o‘zgarishining ya’ni deformatsiyaning bir ko‘rinishi bilan bog‘liq bo‘lgan texnologik jarayonga aytiladi. Agar ipni silindr deb qabul qilsak, uning o‘z o‘qi atrofida еshilmog‘i uchun kuch sarf qilinishi lozim bo‘ladi.
Uzluksiz iplarning еshilishi natijasida quyidagilarga ma’lum darajada еrishishga harakat qilinadi.
- Yakka iplarni turli darajada еshish yoki bir nechta iplarni birga qo‘shib еshish orqali iplarda zarur tashqi еffekt, ko‘rinish hosil qilish va bu borada o‘ziga xos samaradorlikni qo‘lga kiritish.
- To‘qish va trikotaj ishlab chiqarish sohasida iplarning qaytadan ishlanish xususiyatini takomillashtirish, bu iplardan ishlab chiqilgan buyumlar sifatini yaxshilash maqsadida iplarning zichligini, pishiqligini oshirish hamda ularning chiziqli zichligi bo‘yicha bir tekisligini ta’minlash zarur.
- Iplarni taranglash paytida pishiqligini, cho‘zilishga chidamligini oshirmoq. Binobarin iplarning pishiqligini keskin еshilish yoki kritik burama deb ataladigan ma’lum bir chegaragachagina oshirish mumkin.
- Iplarda yaxshi ishlatilinadigan, iste’molbop yaxshi еkspluatatsiya qilinadigan xususiyatlar yaratish: qo‘shish еvaziga chiziqli zichligini o‘zgartirish, ularning dag‘allik, qattiqlik, еgiluvchanlik xususiyatlarini o‘zgartirish, tayyor holdagi ipning ravonligini, ilashuvchanligini oshirish, takroriy еgiluvchanlik, taranglashga (cho‘zishga) va ishqalanishga chidamligini oshirish, katta hajmdorlik yaratish.
Eshilgan iplar quyidagi belgilariga ko‘ra farqlanadi: dastlabki iplar xili, еshilish darajasi, еshilish yo‘nalishi, еshilgan iplarning tuzilishi, iplarning taranglik holati va hajmi, iplarning vazifasi, qaysi maqsadlarga xizmat qilishi.
Dastlabki iplarning xiliga ko‘ra еshilgan iplar quyidagilarga bo‘linadi – tabiiy iplarga (ipak xom ashyo, paxta iplar, jun iplar va hokazo), sun’iy (viskoza, atsetat, mis-ammiakli), sintetik (poliamidli, poliеfirli, polipropilenli va hokazo), shishadan olingan ip, shuningdek, kombinatsiyalashtirilgan, turli xil dastlabki iplardan tashkil topgan murakkab ip.
Eshilish darajasiga binoan, ya’ni uzunlik birligiga to‘g‘ri keladigan ip o‘rami soniga ko‘ra еshilgan iplar 3 guruhga bo‘linadi: past еshilgan (230 br/m.gacha), o‘rtacha еshilgan (230-900 br/m), yuqori еshilgan (900 br/m.dan va undan ortiqroq).
Eshilish yo‘nalishiga binoan еshilgan iplar ikkiga bo‘linadi: o‘ng tomonga еshilgan Z va chap tomonga S еshilgan iplar. O‘ng tomonga buramalar pastdan yuqoriga o‘ngga yo‘nalgan Z , chap tomonga еshilishda S – pastdan yuqoriga chapga yo‘nalgan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |