MATEMATIK STATISTIKA PREDMETI
Qayerda o’rganilayotgan hodisa uchun sifat ko’rsatkichi yetarli bo’lmasa, ya'ni iqtisod, qishloq xo’jaligi, chorvachilik, tajriba ishlari va fanning boshqa sohalarida matematik statistika qo’llaniladi.
Ro’y beradigan hodisani chuqur o’rganish, ma'nosiga to’la tushunish uchun uni ko’p marotaba tekshirish , kuzatish va u haqida o’lchash ishlari o’tkazish va olingan natijalarni tekshirib umumlashtirish hamda xulosa qilish kerak bo’ladi va bu ishlar bilan matematik statistika fani shug’ullanadi.
Bosh va tanlanma majmua
Tanlanma usul. Matematik statistika fani ko’p ro’y beradigan tasodifiy hodisalar qonuniyatlarini tushunish uchun , ma'lumot yig’ish usullarini aniqlaydi,ularni hisobga olish, tekshirish (o’lchash) bilan shug’ullanadi.
Tekshirish (o’lchash) natijalari statistik ma'lumotlar deyiladi. Qo’yilgan massadga qarab, statistik masalalar quyidagicha qo’yilishi mumkin:
-tasodifiy miqdor, noma'lum taqsimot funksiyasini tarkibiy aniqlash;
-taqsimotning noma'lum parametrlari, ya'ni ularning statistik qiymatini taqribiy aniqlash;
-taqsimot haqidagi gipotezalar to’g’riligini tekshirish;
Statistik ma'lumot to’plashning asosiy usullaridan bir tanlanma usuldir. Barcha tekshirilayotgan jarayonning bir xil majmuasiga, bosh majmua deyiladi. Bosh majmua elementlari soni juda ko’p bo’lishi yoki cheksizlikka intilishi mumkin.
Bosh to’plamdan tasodifiy ravishda tanlab olingan chekli sondagi elementlar soni, tanlanma to’plam yoki tanlanma deyiladi.
Ko’pgina statistik tekshirishlarda:
a)bosh majmuani to’la tekshirish katta sarf harajatga, ko’p vaqt sarflashga ba'zan esa shunday tekshirishni amalga oshirishning mumkin emasligi;
b) ko’p hollarda esa bosh majmua elementarini buzilishiga, masalan, barcha lampochkalarini qancha vaqt yonishi mumkinligini tekshirish, kabi faktorlarni tekshirishni tanlanma usul yordamida olib borishni talab qiladi.
Bosh majmuada ajratilgan tanlanmani tekshirib, butun bosh majmua haqida xulosa chiqaradigan usul tanlanma usul deyiladi.
Agar bosh majmua har bir elementini; tanlanma to’plamga tushish imkoniyati bir xil bo’lsa, u holda tanlanma reprezentativ deyiladi.
Agar tanlanma reprezentativ bo’lsa. u holda katta sonlar uchun bosh majmua o’rganib olingan majmuaga yaqin bo’ladi.
Tanlanmani sifatli tuzish uchun, o’rganilayotgan soha haqida maxsus ma'lumotga ega bo’lishi kerak, aks holda tuzilgan tanlanma noto’g’ri xulosa chiqarishga sabab bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |