3-bosqich
Yakuniy(10 min)
|
3.1. Mavzuga xulosa qiladi.
3.2. Mustaqil ish uchun vazifa beradi.
|
3.1. Eshitadilar, o’zlarini to’g’rilaydilar. Yozib oladilar.
|
Blits-so’rov savollari
Matematik statistika masalalari.
Statistik material.
Statistik qator.
Gistogramma.
O’lchanadigan miqdorning muvofiq qiymatini aniqlash.
2-ilova
B.B.B. texnikasi
№
|
Mavzu savoli
|
Bilaman
|
Bilishni xohlayman
|
Bildim
|
1.
|
Matematik statistika masalalari.
|
|
|
|
2.
|
Statistik material.
|
|
|
|
3.
|
Statistik qator.
|
|
|
|
4.
|
Gistogramma.
|
|
|
|
5.
|
O’lchanadigan miqdorning muvofiq qiymatini aniqlash
|
|
|
|
Juda ko’p vaqtlardan buyon, insoniyat hayoti davrida unga yo’ldosh bo’lgan ko’pgina hodisalar haqida ma'lumotlar to’plagan va u bilan bog’liq bo’lgan hisob-kitob ishlarini olib borgan.
Kishilar xo’jalik masalalarini hal etish uchun, turlicha ma'lumotlar to’plab uni umumlashtirish, natijasida davlat iqtisodiy, sotsial va tashqi siyosati yo’nalishini anislaganlar.
Millat turmush darajasini-ishlab chiqariladigan foydali maxsulotlarga, ko’rsatiladigan har xil maishiy va madaniy xizmatlarga bog’liqligi, davlat va halq xavfsizligini-balog’atga yetgan erkaklar soniga, davlat xazinasi boyligini-soliq olinadigan resurslar miqdoriga bog’liqligini va yana ko’p boshqa narsalar haqida ma'lumotlar to’plash ancha oldingi vaqtlardan boshlab kishilik jamiyati tomonidan tushunib yetilgan va ular ustida hisob-kitob ishlari olib borilgan.
Birmuncha keyin esa xo’jalik va ishlab chiqarish tashkilotlari ko’radigan foyda mehnat samaradorligi va uni texnika bilan qay darajada jixozlanganligi, ishlab chiqarishga ketadigan sarf xarajatlarni hisobga olishga to’g’ri keladi.
Yuqorida sanab o’tilganlarni o’rganib, biror soha iqtisodiy rivojlanish darajasini shaxar, tuman yoki respublika bo’yicha qulay usullarini topish mumkin va bunday axborotlarni o’sishini hisobga olgan holda statistika to’playdi va uni qayta ishlaydi.
Statistika tushunchasini talqin etishda ba'zan juda qisqartirilib, uni sonlar qatori, jadval va diagrammalardan iborat deb tushuniladi.
Agar kishilik hayotida qaralayotgan hodisalarning sifatiga e'tibor berilmasa, u quruq va zerikarlidir. Statistik ma'lumotlar, sonlar va ular yordamida, o’rganilayotgan hodisa haqida juda ko’p va ishonchli ma'lumot beriladi, buning uchun esa ko’p miqdorda to’plangan ma'lumotlarni statistika fani tushunchalari va printsiplari yordamida qayta ishlashga to’g’ri keladi.
Statistika so’zi o’zaro bog’liq lotin va italyan so’zlaridan tuzilgan bo’lib; status (ish va narsalar holati, ahvoli), stato (boshqariladigan soha,davlat), statista (statistik) XX asr o’rtalarida u davlat kishisi siyosatdan , davlatchilik bilimdon ma'nolarini anglatadi.
Fanga ustatistikau so’zi nemis olimi, Gettingen Universiteti professori G.Axenval tomonidan 1743 yilda, fanlar majmui, davlat tuzimini xarakterlash, turmush darajasini aniqlaydigan tushuncha sifatida kiritilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |