Ma’ruza mavzusi: Sodda gap turlari



Download 32,51 Kb.
bet3/4
Sana09.07.2022
Hajmi32,51 Kb.
#760867
1   2   3   4
Bog'liq
Ma’ruza mavzusi Sodda gap turlari

6. bo‘lmoq bog‘lamasining ravishdosh,shart feli,ot,olmoshlar bilan birikkan tuslangan shakli bilan.Masalan: Ilmni mashaqqatsiz egallab bo‘lmaydi.Oyni etak bilan yopib bo‘lmas. /ofur aka, sizga nima bo‘ldi? Bu olmani yesa bo‘ladi.
7. Ayrim ravish, ot, undov, so‘zlar bilan.
Masalan: Senga yaxshi-ya ! Aytishga oson! Aytishga uyat !
Predmet, voqea-hodisaning mavjudligi to‘g‘risidagi hukmni bildiruvchi bir bosh bo‘lakli gap atov gap deyiladi. Masalan: O‘rtada katta stol. Stolning ustida guldor choynak. Bahor. Hamma yoq ko‘m-ko‘k libosga burkangan.Biror narsaning nomini aytish, borar voqea-hodisani atash bilan gap hosil bo‘lmaydi. Gap uchun predikativlik va gapga xos tugallangan intonasiya shart. Atov gapda predikativlik maxsus yo‘l bilan ifodalanadi: unda gapga xos intonasiya bo‘ladi. Aslida so‘z,so‘z birikmalari bo‘lgan nominativ birliklar gapga xos intonasiya bilan aytiladi.Natijada mazkur so‘z va birikmalar narsa-hodisalarning atamasigina bo‘lib qolmay, balki shu narsa-hodisalarning nutq so‘zlanib turgan momentda mavjudligini ham tasdiqlaydi, shu haqda hukmni ham bildiradi: Masalan: qirq beshinchi yil. May oyi. /alaba bayrami ! Amudaryo! Amudaryo deganlari shu ekan-da!
Demak, biror narsa-hodisaning atamasi tugallangan intonasiya tufayli predikasiya bildirgandagina, ana shu atalayotgan narsa –hodisalarning mavjudligini tasdiqlash sifatiga ham ega bo‘lgandagina gap sanaladi.Boshqa hollarda gap sanalmaydi.Binobarin:

  1. Turli asarlarning nomlari, sarlavhalar, viveska va boshqalar – faqat atash bildiradigan so‘z birikmalari nominativ, atov gap sanalmaydi. «Sirdaryo haqiqati», «Yoshlar telekanali», «Yozuvchi», «Gazmol», «Sirdaryo viloyati hokimligi» kabilar.

  2. Gapga mazmunan o‘xshash bo‘lgan ushbu kabi sintaktik hodisalar ham atov gap bo‘la olmaydi.qovun. U bir pishgan osh. Ona ! Bu so‘zda olam-olam mano bor. Bular logik urg‘u olayotgan so‘zlardir. So‘zlovchi ular asosida yotgan narsalarga ma’noviy-mantiqiy urg‘u berayapti, e’tiborni shu narsalarga jalb qilyapti.

  3. Menga kitob, Yozda kanikul.tipidagi gaplar esa hukm ifodalasa-da, atov gap emas, ular biror sabab bilan kesimi tushirib qoldirilgan to‘liqsiz gaplardir.

Atov gap bosh bo‘lagi substantiv xarakterda bo‘lib,predikativlik ifoda qiladi.Buning uchun u zamon kategoriyasi bilan bog‘lanib, tugallangan intonasiya bilan aytiladi: Ko‘m-ko‘k dala. Sayohatchilar miriqib dam olishyapti. Bunda atov gap alohida intonasiya bilan aytilib,predmetning hozirgi zamonda mavjudligi tasdiqlanyapti.
Nominativ gaplar ko‘proq badiiy asarlarda yoki matbuot-televidenieda voqea-hodisalarni bevosita, to‘g‘ridan-to‘g‘ri berishda, tabiat hodisalarini, turli voqealarni tasvirlashda ishlatidi.Ular nutqning ixcham,ifodali formalaridan biridir.
Atov gaplarning bosh bo‘lagi asosan ot va otlashib kelgan so‘zlar bilan ifodalanadi. Masalan: Tong. Navro‘z tongi. Erta ko‘klam. Ko‘m-ko‘k dalalar. Chet elga sayohatga borish. Bu gap hammaga moydek yoqib tushdi.
Atov gaplar logik-grammatik xususiyatlariga ko‘ra ikkiga bo‘linadi:

  1. Mavjudlikni tasdiqlash xarakteridagi atov gaplar. Kech kuz. Tashqarida izillar yomg‘ir.

  2. Ham mavjudlikni tasdiqlash,ham ko‘rsatish xarakteridagi atov gaplar. Ana samolyot ! Uchishini qara. Mana bizning qishloq.Butun tuman uni biladi. Mana mening bedam. Bu tipdagi atov gaplarda emosionallik avvalgisiga qaraganda kuchli bo‘ladi.

Ayon bo‘ladiki,atov gaplar narsa-hodisalarning nutq so‘zlanib turgan paytda mavjudligini tasdiqlovchi, tugallangan intonasiya bilan aytiladigan bir bosh bo‘lakli gaplardir. Ular asosan bosh kelishikdagi ot yoki otlashgan so‘zlar bilan ifodalanadi. Shuning uchun ular shaklan egaga o‘xshasalar-da,ega emas,balki eganing vazifasini ham o‘z zimmasiga olgan kesimdir.

Sodda gaplar bo‘laklarga ajralish-ajralmasligiga ko‘ra ham turlarga ajratiladi. Bu jihatdan ular ikkiga bo‘linadi.
1) bo‘laklarga ajraladigan gaplar;
2) bo‘laklarga ajralmaydigan gaplar.
Bo‘laklarga ajraladigan gaplar bosh va ikkinchi darajali bo‘laklarga ajraladi. Ikki bosh bo‘lakli gaplar va bir bosh bo‘lakli gaplarning barcha turlari bo‘laklarga ajraladigan gap hisoblanadi. Chunki ularning hammasi bosh bo‘lak yoki ikkinchi darajali bo‘lak hisoblanadi. Demak, bo‘laklarga ajraladigan gaplar u yoki bu gap bo‘lagiga ajraladi. Sodda gaplarning aksariyati gap bo‘laklariga ajraladigan gaplardir.
Biroq sodda gaplarning yana shunday bir turi borki, ular birgina so‘zdan yoki bir so‘z maqomidagi bog‘lanmadan tashkil topadi. – Bugungi majlis bo‘ladimi?- Yo‘q. Assalomu alaykum, muallim! – Va alaykum assalom.
Keltirilgan sintaktik qurilmalarning – «Yo‘q», «Assalomu alaykum» «Va alaykum assalom » ko‘rinishdagi tiplari so‘z – gap hisoblanadi. Bular ega ham, kesim ham emas, lekin ular fikr ifodalash xususiyatiga ega, shunga ko‘ra ularni so‘z-gap deyish mumkin.
So‘z-gaplarga o‘xshash bir qancha gaplar bor. Ular ichida to‘liqsiz gap va atov gap, bir bosh bo‘lakli gaplar bo‘laklarga ajralmaydigan gaplarga o‘xshashligi bilan xarakterlanadi. Shuning uchun bu hodisalarni qiyoslash ularni farqlashda muhim o‘rin tutadi.
Ba’zan to‘liqsiz gaplar ham bir so‘zdan tashkil topadi. Shuning uchun so‘z-gap va to‘liqsiz gaplarni bir-biridan farqlash lozim. To‘liqsiz gapni hosil qiluvchi so‘z ma’lum gap bo‘lagi vazifasini bajaradi. So‘z-gap esa, yuqorida aytilganidek, gap bo‘lagi sifatida ajratilmaydigan birgina so‘zdan yoki so‘zshaklidan iborat bo‘ladi: Mayli. Xo‘p. Salom. Assalomu alaykum. Yo‘q. Barakalla. Xayr. To‘g‘ri kabilar ana shunday so‘z-gaplar hisoblanadi.
quyidagi misolda so‘z-gap bilan to‘liqsiz gapning farqlari yaqqol ko‘rinib turibdi.

  • Bugun muzeyga borasizmi? – Boraman.

  • Bugun muzeyga borasizmi? – Ha ,boraman.

  • Bugun muzeyga borasizmi? – Ha.

Birinchi misoldagi Boraman gapi bir so‘zdan iborat bo‘lsa ham, kesim vazifasida kelgan, demak, to‘liqsiz gap; ikkinchi misoldagi – Ha, boraman gapida Ha kirish so‘z, boraman_ kesim. Uchinchi misolda esa Ha so‘zining o‘zi gap vazifasida kelgan. U hech qanday gap bo‘lagi vazifasini o‘tay olmaydi. Shuning uchun ular bo‘laklarga ajralmaydigan so‘z-gap hisoblanadi.
So‘z - gaplar fikrni tasdiqlash (Ha, mayli, rost, durust, binoyi, albatta), inkor etish (yo‘q, noto‘g‘ri, aslo), so‘rash (a?, xo‘sh?, rostdanmi?, nahotki?), turli his-hayajon (voy, iya, eh, uff) kabi ma’nolarni ifodalaydi.
So‘z-gaplar, asosan, ikki yoki undan ortiq shaxs orasidagi so‘zlashuvda, dialoglarda ishlatiladi:

  • Biz kutib turaylikmi? – Yo‘q.

  • Sizni muyulishgacha kuzatib borsam maylimi ? – Mayli.

So‘z-gaplar undalmalar bilan birga qo‘llanishi mumkin:

  • Yashavor, azamat.

Ba’zan ular takrorlanib ham ishlatiladi: Ergash tushunmadi:-Nima-nima?-dedi ko‘zini katta ochib.
Vokativ gaplar ham so‘z - gaplarning bir ko‘rinishidar. Bunday gaplar favqulodda vaziyatlarda ishlatilishi bilan xarakterlanadi. Ularda so‘zlovchining kutilmagan vaziyatlardagi hayajonlari,qo‘rquv holatlari bir so‘z bilan unga xos intonasiya yordamida ifodalanadi. Masalan: Oyi!.. Alvido! Podsho baqirdi: -Jallod!



Download 32,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish