Ma’ruza mavzulari


O‘zbek xalqi etnik shakllanish jarayonlari



Download 341,28 Kb.
bet11/28
Sana14.06.2022
Hajmi341,28 Kb.
#666815
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28
Bog'liq
ulkashunoslik.umk.207

O‘zbek xalqi etnik shakllanish jarayonlari
YUqorida o‘zbek xalqining shakllanish tarixi uzoq davom etgan etnogenetik jarayon natijasidir, dedik. Bu jarayon ya’ni o‘zbeklarning etnogenezi XI asrgacha davom etadi va u g‘arbiy qoraxoniylar davlati doirasida, XI- XII asrlarda o‘zbek xalqi uzil-kesil shakllandi. SHundan so‘ng o‘zbek xalqining etnik tarixi boshlandi. O‘zbeklarning etnik tarixi davomida, unga keyinroq qo‘shilgan etnik komponentlar uzilkesil shakllangan o‘zbek etnosi tarkibini deyarli o‘zgartirib yubora olmadi, balki uning bag‘rida etnik guruxlar sifatida uzoq vaqt yashab, ma’lum bir tarixiy davrdan so‘ng o‘zbek xalqi tarkibiga singib ketdi
O‘zbek xalqining millat sifatidagi tarixi XIX asr oxiri XX asr boshlaridan boshlanadi. Millat shakllanishi ham xalqning tarkib topishi kabi uzok. davom etadigan tarixiy va etnomadaniy jarayon bo‘lib, millat etnik tarixning eng yuksak yuqori cho‘qqisi, kamolat bosqichidirki, bu bosqichga ko‘tarilgan xalqning davlati millat nomi bilan yuritiladi, u suveren davlat sifatida ichki va tashqi siyosatini mustaqil yuritadi, millat tili davlat tili maqomini oladi, uning davlat chegaralari qat’iy, daxlsiz bo‘lib, jahon hamjamiyati tomonidan tan olinadi, millatning o‘zlikni anglash darajasi yuksak, milliy g‘urur, vatanga fidoyilik, ona zamin va xalqiga sodirushk millat fuqarolari hayotining mazmuniga, kundalik turmush tarziga aylanadi, millatga xos mentalitet shakllanadi, davlat jamiyat tomonidan botiqariladi, ya’ni davlat millatning xohish-irodasini bajaruvchi mexanizmga aylanadi.
Millatni til, territoriya va etnomadaniy jixatdan birlashtiruvchi omil iqtisodiy negizdir. Millatning iqtisodiy-xo‘jalik birligi asosida til va territoriya hamda etnomadaniy birliklar paydo bo‘ladi. Millatning iqtisodiy va siyosiy birlashishi xalq so‘zlashuv tilining (laxjalarining) yaqinlashishi asosida yagona milliy adabiy tilning paydo bo‘lishiga olib keladi. Uning davlat tili maqomi darajasiga ko‘tarilishi esa millat nomi bilan atalgan davlatning mustaqillik belgilaridan nishonadir. Davlat pul birligining paydo bo‘lishi va jaxon bozoridagi mavqei, uning iqtisodiy qudratidan nishonadir. Uning mustaxkam zamini davlat iqtisodiy, siyosiy va mafkuraviy siyosatining barqarorligiga bog‘liq.
4.3. O‘zbek xalqining kelib chiqishi haqida maxsus tadqiqotlar va ular haqida yozilgan asarlar ko‘p emas. Ammo bu masalada taniqli sharqshunos va arxeolog olim, professor A.YU.YAkubovskiy, Xorazm tarixining chuqur bilimdoni professor S.P.Tolstov, akademiklar YA.G‘ulomov va K.SHoniyozovlarning xizmati katta. 1941 yilda prof. A.YU.YAkubovskiy "O‘zbek xalqining yuzaga kelishi masalasi haqida” risolasi muhim o‘rin tutadi. Ushbu risola ruhiyati asosida 1942 yilda Toshkentda O‘rta Osiyo xalqlarining etnogenezi masalalari bo‘yicha maxsus sessiya o‘tkazildi. Sessiyada taniqli olimlar: A.D.Udalsev "Etnogenetik tadqiqotlarning nazariy asoslari", S.P.Tolstov "O‘rta Osiyo etnogenezining asosiy muammolari" hamda "Orol etnogenetik jarayonlar maydoni", L.V.Oshanin "Antropologiya ma’lumotlari O‘rta Osiyo xalqlari etnogenezi haqida elementlar", N.A.Kislyakov "Tojiklarning yuzaga kelishi masalasi haqida", V.V.Ginzburg " Antropologiya ma’lumotlari tojiklar etnogenezi haqida", A.YU.YAkubovskiy "Turkman xalqining VIII asrlardagi etnogenezi tarixidan" mavzularida ma’ruzalar qilishib, O‘rta Osiyo xalqlari etnogenezi va etnik tarixining asosiy yo‘nalishi va ilmiymetodologik asoslari belgilab olindi. Mana shu konseptual yo‘nalishda 1962 yilda ko‘p jildlik "Jahon xalqlari tarixi"ning O‘rta Osiyo va Qozog‘iston xalqlariga bag‘ishlangan qismi chop etilib, uning "O‘zbek xalqi etnogenezi va etnik tarixi" bo‘limida, "tarixning ilk bosqichlaridanoq sug‘orma dehqonchilik bilan qadimdan shug‘ullanib kelgan eroniy tilli mahalliy aholining ma’lum qismi Zarafshon, Farg‘ona, CHoch va Movarounnahrning dasht sahrolari va boshqa vohalariga hamda qadimgi Xorazmga kirib kelgan turkiy qabilalar bilan bir necha asrlar davomida aralashib yashashlari natijasida til jihatidan turkiylashadilar. O‘z navbatida, turkiy xalqlar ham eroniy tilli xalqlarning madaniy ta’siridan bahramand bo‘lib, ulardan xo‘jalik yuritish usullarini, dehqonchilik sirlarini o‘rgandilar. X1-XII asrlar etnik aralashuv va turklashish jarayonining eng jadallashgan vaqti bo‘lib, aynan shu asrlarda Amudaryo va Sirdaryo oralig‘i hamda Xorazmda turkiyzabon xalqning asosiy o‘zagi shakllanadi. Keyinchalik bu xalq (etnos) o‘zbek etnik nomini qabul qilgan", degan mazmunda O‘rta Osiyo xalqlari etnogenezining asosiy ilmiy yo‘nalishi belgilab olindi.
O‘zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi bo‘yicha keyingi yillardagi tadqiqotlar mana shu ilmiy-metodologik yo‘nalishda olib borildi hamda uning echimiga qator aniqliklar kiritildi. Ana shunday fundamental tadqiqotlardan biri akademik Karim SHoniyozovning vafotidan so‘ng 2001 yilda "SHarq" nashriyotida chop etilgan "O‘zbek xalqining shakllanish jarayoni" nomli monografiyasidir. Ammo bu mavzuda oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun hozirgacha maxsus darslik yoki qo‘llanma yaratilmagan. Biz fikr yuritayotgan asarda o‘zbek xalqi etnogenezi va etnik tarixi bo‘yicha turli qarashlar va yondashuvlar asosida yozilgan ilmiy maqolalar, risola va monografiyalarning qisqacha tahlili va muallifning nuqtai nazari bayon etilgan. Ushbu asar talabalar va o‘z xalqining kelib chiqishiga qiziquvchi kitobxonlar uchun qo‘llanma rolini o‘ynashi mumkin.
Tarixiy manbalar asosida keng qamrovli ilmiy tadqiqotlar samarasi sifatida Markaziy Osiyodagi etnik jarayonlarning ilk tarixiy ildizlariga tayanib, turkiy xalqlar jumladan, o‘zbek xalqining shakllanish jarayoni konsepsiyasini yaratgan akademik K. SHoniyozovning «O‘zbek qarluqlari» va «Qarluq davlati va qarluqlar» nomli tarixiy-etnografik monografiyalari diqqatga sazovor2. Mazkur asarlar ko‘pgina adabiyotlar va arxeologik manbalar, etnografik ma’lumotlar, shuningdek, muallifning ko‘p yillik kuzatishlari asosida yuzaga kelgan bo‘lib, unda biz tadqiq qilgan vohada yashovchi qarluqlarning etnik tarixi, xo‘jaligi, moddiy va ma’naviy madaniyati borasida e’tiborga sazovor mulohazalar bildirilgan.
I.Jabborovning «O‘zbeklar» nomli etnografik asarida Markaziy Osiyoning eng qadimgi etnoslaridan biri bo‘lgan o‘zbeklarning kelib chiqishi, etnik jarayoni va shakllanishi hamda joylashishi kabi bir qator masalalar yoritib berilgan3.
Mintaqada yashovchi aholining etnik tarkibi va etnik tarixi masalalarini o‘zaro uzviylikda o‘rgangan tadqiqotchi A.R. Qayumovning qator maqolalarida ham voha hududida yashovchi chig‘atoylar, qo‘ng‘irotlar, qatag‘onlarning etnik xususiyatlari yoritib berilgan.
4.4. Surxon vohasi tarixi, etnografiyasi va ilk shaharsozlik madaniyatlari qadim davrlarga borib taqaladi. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov 2009 yil 25-avgustda Termiz davlat universitetiga tashrifi jarayonida, Surxon vohasi moddiy va ma’naviy madaniyatiga alohida e’tibor berib, “Surxondaryo – etnografik makon” deya- ta’kidlagan edi.
Surxon vohasi aholisining etnik xususiyatlari tarixi ilmiy adabiyotlarda shuningdek, turli davrlarda mintaqaga kelgan sayyoh olimlar, tadqiqotchilar tomonidan yozib qoldirilgan. Xususan, 1863 yilda Samarqand, Buxoro, Xiva hamda boshqa yirik shaharlarni o‘rgangan major sayyohi va sharqshunos X. Vamberi 32 ta o‘zbek urug‘i ro‘yxatini keltiradi4.
O‘zbeklarning etnik tarkibi masalasida mulohaza yuritgan rus tadqiqotchisi A.D. Grebenkin Zarafshon vodiysida yashovchi o‘zbek va tojiklar, xususan, mang‘it, ming, nayman, yuz, jaloyir, tuyoqli, qirq kabi yirik urug‘larning kelib chiqish tarixi, antropologik va etno-hududiy xususiyatlari borasida qator diqqatga sazovor mulohazalarni bildirgan5. O‘z navbatida ta’kidlash kerakki, ushbu urug‘larning kelib chiqish tarixi va an’anaviy madaniyati SHimoliy Surxon vohasidagi o‘zbek urug‘lari bilan o‘zaro umumiylikka ega bo‘lgan.
N.A. Maev 1875 va 1878 yillarda Hisorda o‘tkazgan ekspeditsiyasi ma’lumotlari asosida yozgan tadqiqotida Surxon vohasida yashovchi qo‘ng‘irot, do‘rmon, qatag‘on, yuz, laqaylar va mintaqadagi tojiklarning etnik xususiyatlari hamda turli etnografik guruhlar voha bo‘ylab joylashishining o‘ziga xosliklari borasida etnografik ma’lumotlarni bayon qilgan.
Buxoro amirligida harbiy maqsadlarda tadqiqotlar olib borgan D.N. Logofet esa vohada yashagan o‘zbek urug‘lari hamda ularning geneologiyasi haqida to‘xtalgan. SHuningdek, vohadagi etnografik guruhlarning tutgan mavqeiga qarab ketma-ketlikdagi ro‘yxatini keltirgan. Ro‘yxatda bayon qilingan etnografik guruhlardan qo‘ng‘irot, qatag‘on, yuz, do‘rmon, turk, qarluq, jaloir, laylagan, mang‘it kabi urug‘lar Surxon vohasida istiqomat qiladi6.
XX asrning birinchi choragidan boshlab O‘rta Osiyo xalqlari, xususan, Surxon vohasi etnografiyasini o‘rganish borasida ayrim jiddiy tadqiqotlar amalga oshirildi. Xususan, O‘rta Osiyoni rayonlashtirish bo‘yicha maxsus komissiya 1924 yil sentyabrdan 1925 yilning fevraligacha ish olib borgan. Bu komissiya materiallarida I.P. Magidovich tomonidan tayyorlangan Surxon vohasining ma’muriy tuzilishi statistik ma’lumotlar asosida berib o‘tilgan bo‘lib, aynan mazkur ma’lumotlar tadqiqotimiz uchun ahamiyatlidir.7
Rus etnograf olimi L.P. Potapov 1928 yil O‘zbekistonning janubiy hududlari bo‘ylab o‘tkazgan ekspeditsiyasi davomida yiqqan ma’lumotlari asosida chop qilgan maqolasida voha aholisining etnik tarkibi, moddiy va maishiy turmush tarzi kabi masalalarga to‘xtalib o‘tgan. Uning bu ekspeditsiyada to‘plagan dala materiallari olim vafotidan so‘ng to‘laligicha Germaniyada nashr qilindi. Aynan mazkur asar Surxon vohasi aholisining etnik tarkibi va turli etnografik jamoalarning mintaqada joylashish xususiyatlarini yoritishda muhim manba bo‘lib xizmat qildi.
Surxon vohasini etnografik yo‘nalishda o‘rganish borasida o‘ziga xos davr bo‘lgan deb aytish mumkin. CHunonchi bu borada janubiy O‘zbekiston va Tojikiston hududlari aholisining etnik tarixi masalalari yuzasidan 1945 yildan boshlab to XX asrning 80-yillarigacha ilmiy tadqiqotlar olib borgan elshunos olima B.X. Karmisheva tadqiqotlari muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi. Aynan mazkur muallif tomonidan qariib qirq yil davomida olib borilgan etnografik kuzatuvlar natijasi tarzida e’lon qilingan monografiyada voha aholisi etnik guruhlaridan qo‘ng‘irot, yuz, qatag‘on, turk kabi etnografik guruhlar, shuningdek, turkman, tojik, arab va boshqa etnoslar tarixiga oid muhim ilmiy materiallar bayon qilingan8.
XX asrning 50-yillarida Surxon vohasi aholisini antropologik jihatidan o‘rgangan Q. Najimovning ilmiy tadqiqotlarida voha aholisining antropologiyasi bilan bir qatorda Surxon vohasida yashovchi yuz, qatag‘on, turk, do‘rmon kabi urug‘larning etnik tarixi kabi masalalarga ham e’tibor qaratilgan9.
Umuman olganda, voha aholisining etnik tarixiga bilvosita va bevosita aloqador bo‘lgan ushbu tadqiqotlar bir-biridan nafaqat turli davrlarda yozilganligi, balki turi, manbaviy asosi, hajmi, tadqiqot hududlaridagi etnoslarni qamrab olish darajasi bilan ham farqlanib turadi.
Surxon vohasining qadimgi va o‘rta asrlar davriga oid doimiy turar-joylarini ilmiy asosda tadqiq qilishda arxeolog va tarixchi olimlardan G.A. Pugachenkova, E.V. Rtveladze, A.A. Asqarov, S.N. Tursunov, T. Annaev, SH. SHaydullaevning tadqiqotlari tahsinga sazovordir10.. Aynan mazkur mutaxassislar uzoq yillar davomida olib borgan ilmiy izlanishlari natijasida o‘zbek xalqining tog‘ me’morchiligiga bag‘ishlangan bir necha ilmiy asarlar yozgan. Jumladan, D.Nozilovning Janubiy O‘zbekiston uy-joylari me’morchiligiga bag‘ishlangan ishlarida Surxondaryoning tog‘li tumanlaridagi Por, Pushtibarak, Karsak, CHosh, Nilu, Xufar, Sangardak, Maland kabi qishloqlardagi uy-joylarning qurilish uslubi, tarhi, dizayni xususiyatlari, xalq me’morchilik an’analari va qurilish-texnikaviy usullariga oid qimmatli ma’lumotlar bayon qilingan.
O‘zbekistonning turli hududlari aholisi an’anaviy turarjoylari K. Zadixina, B. Karmisheva, K. SHoniyozov, H. Ismoilov, O. Ibragimov, I. Jabborov, O. Bo‘riev, G. Zununovalar tomonidan ham tadqiq etilgan. K. Zadixina Quyi Amudaryo vohasida joylashgan o‘zbeklarning turarjoylariga to‘xtalgan bo‘lsa, B. Karmisheva esa Janubiy Tojikistonda yashovchi o‘zbeklarning turarjoylari masalasini yoritib bergan va o‘zbeklar orasida ko‘chma uylarning turlari haqida to‘xtalib o‘tgan. Aynan mazkur tadqiqotlar o‘lka tarixini o‘rganishda o‘ziga xos muhim manbalardan biri hisoblanadi.
Termiz davlat universiteti professori S.N. Tursunov tomonidan Surxondaryo viloyati Boysun, SHerobod, Qumqo‘rg‘on, Jarqo‘rg‘on, SHo‘rchi, Termiz tumanlari tarixiga bag‘ishlangan monografiyalarida, shuningdek, Surxon vohasi etnografiyasi va aholining etnik xususiyatlariga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlari voha tarixini yoritishda muhim manbalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Ushbu tadqiqotlarda ham masalani qiyosiy o‘rganishda va bir-birini to‘ldiruvchi material sifatida ma’lum ma’noda tarixiy o‘lkashunoslik fani uchun ham nihoyatda ahamiyatlidir11. Ushbu ilmiy asarlarda Surxon vohasi tarixi, etnografik jihatlari, an’anaviy turar-joylar, moddiy turmush tarzi va madaniyati xususida keng qamrovli ma’lumotlar keltirib o‘tilgan.

Download 341,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish