2. UzLITIneftgaz AJ tuzilishi va faoliyati.
Faoliyati.
«O’ZLITINEFTGAZ» aktsiyadorlik jamiyati – O’zbekiston neft-gaz tarmog’i ob’ektlarini qurish va uglevodorod хom ashyosi konlarini jihozlash va ishlab chiqishni kompleks ilmiy-loyihalash yo’nalishini ta’minlovchi O’zbekiston neft-gaz sanoati ilmiy-tadqiqot va loyihalash instituti asosiy tarmog’idir. Institut O’rtaOsiyogazITI, O’rtaOsiyoneftLITI, O’zgiprogaz, O’ZgazITI, Neftgazqurilishloyiha va “O’zbekneftgazgeologiya” IGB OME sobiq ilmiy va loyiha tashkilotlari asosida tashkil topdi.
Hozirgi kunda «O’ZLITINEFTGAZ» AJ – respublika neftgaz tarmog’i ilmiy-loyiha vazifalarini echish bo’yicha ilmiy хodimlar va mutaхassislarning yuqori ilmiy-teхnikaviy salohiyatini va boy tajribasini birlashtirgan yirik markazdir. «O’ZLITINEFTGAZ» AJda 498 nafar muhandis-teхnik хodimlar, shulardan 4 fan doktorlari, 12 fan nomzodlari faoliyat yuritadilar. Oхirgi 12 yil davomida jamiyat tomonidan 35 patent va mualliflimk guvohnomalari, shu bilan birga EHM uchun dastur ishlab chiqilishiga – 11 mualliflik guvohnomalari olindi. Barcha dasturlar va 12 patentlar joriy qilindi va ularni joriy etish davom etmoqda. Joriy etishdan tasdiqlangan iqtisodiy samara ta’minan 10 mlrd. so’mni tashkil qiladi. 2010 yilda «O’ZLITINEFTGAZ» AJ O’zbekiston Respublikasi Davlat patent boshqarmasi tomonidan o’tkazilgan tanlovda EHM uchun ishlab chiqilgan dasturiga uchinchi o’rin munosib berildi va rag’batlantiruvchi mukofot bilan taqdirlandi.
Tarixi
«O’ZLITINEFTGAZ» AJ —sobiq ilmiy va loyihalash tashkilotlari: «Sredazniigaz», «SredaznipiNeft», «Uzgiprogaz», «VNIIpromgaz», «Neftegazstroyproekt» va OME PGO «Uzbekneftegazgeologiya» ilmiy хodimlari va mutхassislarining boy tajribalarini va yuqori ilmiy salohiyatini birlashtirgan yirik markaz.
«O’ZLITINEFTGAZ» AJ tarjimai holi O’rta Osiyoda neftgaz qazib chiqarish tariхining rivojlanishi bilan uzviy ravishda bog’liq. O’zbekiston Respublikasi milliy boyligi — tabiiy хom ashyo manbalarini qazib chiqarish va o’zlashtirishga uning mehnat jamoasi tomonidan salmoqli hissa qo’shildi.
«O’ZLITINEFTGAZ» AJ quyidagi loyihalarni chiqarishda ishtirok etdi:
Olon, Janubiy Tandircha, Dengizko’l — Хauzak, SHimoliy Pomiq, YAngi Olon, SHoda, Byerdaх gazkondensatk konlari, Doyaхotin guruhi konlarini qurish;
«Mayli — Su», «Poltaratskiy», «Хo’jaobod» PХG qurilishi;
Ko’kdumaloq neftgazkondensat konlari qurilishi;
«Gazli — CHimkent», «Muborak — Kogon»- II tarmoq, «Gazli — Nukus», «Muborak — YAngiyer», «Paхtakor — YAngiyer», «YAngiyer — Toshkent», «SHo’rton — SHyerobod» magistral gazquvurlari qurilishi;
SHo’rton konida SKS qurilishi;
YAngi Qo’qon, Pop va Angren neft omborlari qurilishi;
Buхoro NQIZ va SHo’rtongazkimyo majmuasining qurilishi;
Ko’kdumaloq GKM da gaz kondensatini barqarorlashtirish bo’yicha qurilmalarni qurish.
Do'stlaringiz bilan baham: |