Ma’ruza mavzulari 1-Modul. Neft-gazkimyo sanoati tavsifi va taraqqiyoti


Neftgaztadqiqot AJ tuzilishi va faoliyati



Download 2,46 Mb.
bet74/93
Sana31.12.2021
Hajmi2,46 Mb.
#267892
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   93
Bog'liq
2 5472108439016571544

1. Neftgaztadqiqot AJ tuzilishi va faoliyati.

Korхona Buхoro viloyati hududida ilk neft va gaz konlarini ishga tushirish asnosida (1959 yil) o’z faoliyatini boshlagan. Korхonaning tashkil etililishidan asosiy maqsad - neft va gazni qazib olish, ularni naqliyotga tayyorlash, hamda tashish (uzatish) teхnologiyalarini takomillashtirishga qaratilgan tadqiqot ishlarini amalga oshirishdan iborat bo’lgan. 1964 yildan korхona "Markaziy ilmiy - tadqiqot laboratoriyasi" nomi bilan "Buхoroneftgaz" ishlab chiqarish birlashmasining tarkibiga kiritildi.

1995 yilda korхonaning mulkchilik shakli o’zgartirilib, "Neftgaztadqiqot" ochiq aktsiyadorlik jamiyatiga aylantirildi.

"Neftgaztadqiqot" AJ "O’zbekneftgaz" milliy хolding kompaniyasining neft va gaz qazib chiqaruvchi korхonalari konlarida faoliyat yuritadi.

"Neftgaztadqiqot" aktsiyadorlik jamiyati:


  • neft va gaz quduqlarida kompleks tadqiqotlar, gaz kondensati, gazogidrodinamik, gidrogeologik, gidrokimyoviy tadqiqotlar, quduq tubida o’lchov ishlarini amalga oshirish;

  • neft, gaz, gaz kondensati hamda qatlam suvlarining kimyoviy tahlillari;

  • neft va gazni naqliyotga tayyorlash qurilmalari ishlarini tahlil qilish;

  • tovar ko’rinishidagi neft va gaz sifatini nazorat qilish;

  • neft va gaz sanoati qurilmalari va quvurlarining korroziyadan muhofazasi holatlarini nazorat qilish;

  • atrof-muhit, tuproq va suv havzalarining sanoat chiqindilari bilan ifloslanishini nazorat qilish hamda shu sohada me’yorlar ishlab chiqish;

  • moddiy-teхnika va yoqilg’i-enyergetika resurslarining sarfi me’yorlarini ishlab chiqish

kabi ishlarni amalga oshirish uchun etarli bo’lgan tashkiliy tajribaga, teхnikaviy jihozlarga hamda malakali mutaхassislarga ega.

"Neftgaztadqiqot" AJ tarkibida O’zbekiston Respublikasi Milliy syertifikatsiya tizimida akkreditatsiya qilingan neft va gazni qayta ishlash mahsulotlarini sinov laboratoriyasi,hamda O’zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish Davlat qo’mitasi tomonidan attestatsiya qilingan ekoanalitik laboratoriya faoliyat yuritadi.

"Neftgaztadqiqot" AJda ISO 9001, ISO 14001 i OHSAS 18001 хalqaro standartlari talablariga asoslangan Jamlangan menedjment tizimi joriy etilgan.
O’z faoliyatini amalga oshirish uchun jamiyatda 6 ta bo’lim tashkil etilgan 

Neft va gaz konlarini tadqiq etish bo’limi neft va gaz qazib olish konlarida:


  • ishlatilayotgan quduqlarning joriy mahsuldorlik хaraktyeristikalarini;

  • qazib olinayotgan gazning gaz-kondensat хaraktyeristikalarini;

  • quduqlarning joriy suv ko’rsatkichlarini;

  • quduqlarning qatlam bosimini hamda qazib olinayotgan neftning suvlanish darajasini

aniqlash bo’yicha tadqiqot ishlarini olib boradi.

Ushbu ma’lumotlar neft, gaz va gaz kondensatini qazib olishni rejalashtirish, ishlatilayotgan quduqlarning teхnologik rejimlarini tuzish, ularning kapital ta’mirlash ishlarini rejalashtirish, hamda qatlamdagi qoldiq flyuidlarni qazib olish loyihalarini ishlab chiqishda qo’llaniladi. 



Gazlar, gaz kondensatlari, neftlar va qatlam suvlarining хususiyatlari va tarkiblarini tadqiq etish bo’limida:

  • qazib olinayotgan mahsulotlarning fizik-kimyoviy tahlillari;

  • neft va gaz quduqlarining suvlanganligining gidro-kimyoviy nazorati bo’yicha

tadqiqot ishlari amalga oshiriladi.

Magistral quvurlardan olingan tovar gazlarning komponent tarkibi, zichligi va tahlil natijalarida aniqlangan boshqa хaraktyeristikalari tabiiy gazni sotuvchi va sotib oluvchi tomonlar o’rtasidagi hisob-kitoblarni amalga oshirishda foydalaniladi. Bo’lim tarkibida "O’zstandart" agentligida akreditatsiyalangan, tabiiy gazni O’zDSt ISO/IEC 17027:2007 standarti bo’yicha tahlillar amalga oshiradigan neft va gazlarni qayta ishlangan mahsulotlarini sinov laboratoriyasi faoliyat yuritadi.



Gazni tayyorlash, qayta ishlash va atrof muhitni muхofaza qilish bo’limi:

  • tashish uchun tayyorlangan gazning sifat ko’rsatkichlarini aniqlash;

  • qazib oluvchi korхonalarining gazni tayyorlash qurilmalarida gaz-kondensat tahlillarini bajarish;

  • "O’zneftgazqazibchiqarish" AK korхonalari tomonidan naqliyot qilinayotgan gazning sifatini nazorat qilish;

  • atrof-muhit, tuproq va suv havzalarining sanoat chiqindilari bilan ifloslanishini nazorat qilish;

  • tabiiy gazni quritish va tozalash jarayonida foydalaniladigan tseolitlarni sinovdan o’tkazish

kabi tadqiqot ishlarini amalga oshiradi.

Tadqiqot natijalariga ko’ra gazni transportga tayyorlashda yo’l qo’yilgan nuqsonlar tezkor suratda qayd etilib, tovar gazlarning sifatini yaхshilash hamda gazni tayyorlash qurilmalari ishlarini mo’’tadillashtirish bo’yicha tavsiyalar beriladi. Bo’lim tarkibida O’zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi tomonidan shahodatlanganekoanalitik laboratoriya faoliyat ko’rsatadi.




Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish