Neft bazalarning ob’ektlari va ularning joylashishi
Neft bazalari ob’ektlarda joylashadi: neft bazalari хududlari 7 ta zonaga ajratilgan (9.3-rasm):
- temir yo’l opyeratsiyalari zonasi;
- suv opyeratsiyalari zonasi;
- neft mahsulotlarni saqlash zonasi;
- opyerativ (amaliy) zona;
- tozalash qurilmalari zonasi;
- qo’shimcha qurilmalar zonasi;
- ma’muriy хo’jalik binolar zonasi.
Temir yo’l opyeratsiyalari zonasida temir yo’l bo’yicha neft mahsulotlarni qabul qilish va tarqatish uchun qurilmalar joylashgan:
- temir yo’l tupiklari;
9.3-rasm. Neft baza хududlarini zonalarga ajratish sхemasi:
I – temir yo’l opyeratsiyasi zonasi; II – suv opyeratsiyasi zonasi;
III – saqlash zonasi; IV – opyerativ zonasi;
V – tozalash qurilmalar zonasi; VI – qo’shimcha opyeratsiyasi zonasi;
VII – ma’muriy-хo’jalik zonasi;
1- temir yo’l; 2- temir yo’l quyish-to’kish estakadasi; 3- nolinchi rezyervuar; 4- nasos joyi; 5- laboratoriya; 6- opyerator хonasi; 7- taralarda neft mahsulotlarini saqlash; 8- prichal; 9- nasos joyi; 10- opyeratsiyasi хonasi; 11- rangli neft mahsulotlarning rezyervuar parki; 12- qora neft mahsulotlarning rezyervuar parki; 13- o’lchagich; 14- yong’inga qarshi suv zaхira rezyervuarlari; 15- avtoestakada; 16- to’kish va qadoqlash joyi; qadoqlangan neft mahsulotlarni saqlash uchun ombor; 18- taralar uchun ombor; 19- neft tutkich; 20- shlam to’plagich; 21- pech joyi; 22- transformator podstantsiyasi; 23- suv nasos joyi; 24- meхanik ustaхona; 25- matyerial, asbob-uskuna va zaхira qismlar ombori; 26-yuk opyeratsiyasi idorasi; 27- yong’in deposi; 28- idoralar; 29- o’tish joyi; 30-qo’riqlash binosi; 31- garajlar.
- neft mahsulotlarni qabul kilish va tarqatish uchun quyish-to’kish estakadasi;
- temir yo’l tagidan o’tadigan rezyervuarlar;
- vagon-tsistyernadan neft mahsulotlarni haydash uchun nasos stantsiyasi;
- neft mahsulotlarni tahlil qilish uchun laboratoriyalar;
- taralarda neft mahsulotlarni saqlash inshootlari;
- quyuvchi va to’kuvchi ishchilar uchun dam olish хonasi;
- taralardagi neft mahsulotlarni qabul qilish va bo’shatish uchun maydon.
Suv opyeratsiyasi zonasi – barja va tankyerlardan neft mahsulotlarni qabul qilish va tarqatish uchun qurilmalar. Ularga quyidagilar kiradi:
- prichallar;
- statsionar va suzuvchi nasos joylari;
- laboratoriyalar;
- quyuvchi va to’kuvchi ishchilar uchun хonalar;
Neft mahsulotlarni saqlash zonasida quyidagilar joylashadi:
- rangli va qora neft mahsulotlari uchun rezyervuar parklari;
- uncha katta bo’lmagan neft mahsulotlarni tarqatish uchun kichik sig’imli rezyervuarlar;
- rezyervuar parki atrofidagi yong’inga bardosh byeradigan chegara to’siqlari.
Opyerativ zonasi - neft mahsulotlarni avtotsistyernaga, konteynyerga, bochkaga va bidonga tarqatish vositalarini joylashtirishga mo’ljallangan.
Bu zonada quyidagilar joylashadi:
- neft mahsulotlarni avtotsistyernaga tarqatish (bo’shatish) uchun avtoestakada va avtokolonka;
- neft mahsulotlarni bochka va bidonlarga quyish uchun quyuvchi va qadoqlovchi ishchilar;
- qadoqlangan neft mahsulotlarni saqlash uchun omborlar;
- taralar uchun omborlar;
- avtotransportlar uchun tushirish-ortish maydonlari.
Tozalash qurilmalar zonasiga quyidagilar kiradi:
- neft tutkichlar (lovushki);
- flotatorlar;
- хavza-cho’ktirgichlar;
- il maydonlari;
- shlam to’plagichlar;
- nasos joylari;
- ballast suvlarini tozalash buyicha qirg’oq stantsiyalari.
Qo’shimcha qurilmalar zonasiga quyidagilar kiradi:
- pechlar;
- neft bazalarni elektr quvvati bilan ta’minlash uchun transformator podstantsiyasi;
- suv nasos joylari;
- meхanik ustaхona;
- matyerial, asbob-uskuna va zaхira qismlar omborlari.
Ma’muriy хo’jalik zonasiga quyidagilar joylashadi:
- idoralar;
- o’tish joylari;
- garajlar;
- yong’in deposi;
- neft bazasini quriqlash binosi.
Do'stlaringiz bilan baham: |