9.6-rasm. YoQSh larning umumiy ko‘rinishlaridan namunalar
Yer ostiga o‘rnatilgan sig‘imlar maxsus beton shaxtalarga o‘rnatilib usti tom qilib yopilishi yoki beton fundamentga o‘rnatilib ostidan quruq qum, ustidan qum va tuproq bilan to‘ldirilishi ham mumkin.
Bunda rezyervuar jihozlari joylashgan maxsus bo‘yin qismi alohida shaxta yordamida yer ustigacha chiqariladi va undan foydalanishga qulay sharoit yaratiladi.
Yonilg‘i saqlash sig‘imlari boshqa bino va inshootlardan shaharsozlik me’yorlarida keltirilgan masofada joylashtiriladi (O‘zRda ShNK 2.09.20-08).
Sig‘imlar tuzilishi va ulardan foydalanish alohida mavzularda berilgan.
Po‘lat sig‘imlar yerostiga o‘rnatilsa, ularning asosiy ustki devoir yer ustidan 1–2 metrdan chuqur joylashtirilmasligi lozim. Sig‘imlarni yer ostiga joylashish sxemasi 9.7-rasmda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |