Neft bazalarda bajariladigan opyeratsiyalar
Neft bazalarda quyidagi asosiy opyeratsiyalar bajariladi:
- bazaga temir yo’l tsistyernasida, neft quyish kemalarida, truboprovodlarda keltirilgan neftmahsulotlarini qabul qilish;
- neft mahsulotlarni rezyervuarlarda, tarali saqlagichlarda saqlash;
- temir yo’l tsistyernalarida, neft quyish kemalarida, truboprovodlarda ko’p miqdordagi neftmahsulotlarni chiqarish (otpusk);
- neft mahsulotlarni quyish, avtokolonka, tovar ombori, konteynyer, bochka va bidonlar yordamida kichik iste’molchilarga kam miqdorda chiqarish;
- rezyervuarlardagi, temir yo’l tsistyernalaridagi, neft quyish kemalaridagi, truboprovodlardagi sovigan qovushqoq neft mahsulotlarni qizdirish. Undan tashqari neft bazalarda qo’shimcha ishlar o’tkazilishi mumkin: tozalash, oqartirish (osvetlenie), moyni regenyeratsiyalash, mayda tara (idish)larni tayyorlash. Zavod oldi хom ashyo neft bazasida talab qilingan hollarda хomaki (хom) neftlarni suvsizlantirish va tuzsizlantirish opyeratsiyasi ham amalga oshiriladi.
Neft bazasining quvvatiga, o’tkaziladigan opyeratsiyalarning hajmiga, ayrim inshoot va ob’ektlarning soni va ta’rifiga qarab, neft baza kompleksi har хil bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |