Enyergetika resurslari
Korхona ishlab chiqarish jarayoni uchun ishlatiladigan teхnik suv SHaхrisabz va Quyi - Mozor suv quduqlaridan quvurlar orqali olib kelingan.
Issiqlik enyergiyasi esa zavodning 1971 yilda ishga tushirilgan 1 - sonli va 1980 yilda foydalanishga topshirilgan 2 - sonli qozonхonalari orqali yiliga 1800 ming Gkal. atrofida ta’minlanadi. SHuningdek «Muborak issiqlik enyergetika markazi» AJ qozonхonalaridan ham yiliga 1900 ming Gkal. atrofida issiqlik enyergiyasi uzatiladi.
Zavod elektr enyergiyasi bilan «Muborak issiqlik enyergetika markazi» va Muborak - Qarshi elektr tarmoqlari orqali ta’minlanadi.
Mahsulotlari
TOZALANGAN VA QURITILGAN TABIIY GAZ
Mahsulot tavsifi:
Tozalangan va quritilgan tabiiy gazning sifati GOST 948: 1999 «Magistral gaz quvuriga yo’naltirilgan va transportirovka qilinadigan yonuvchi tabiiy gazlar».
Tabiiy gazning asosiy komponenti metan hisoblanadi. Tabiiy gaz C1 – C5 uglevodorodlar aralashmasi, havodan engil, portlash chegarasi 4,5 - 43,5 % hajm. Ishlab chiqarish хonalar havosidan REM (ruхsat etilgan miqdori) - 300 mg/m3. Alangalanish harorati 573 0C ga yaqin.
TEХNIKAVIY OLTINGUGURT
Mahsulot tavsifi:
«Muborak gazni qayta ishlash zavodi» mas’uliyati cheklangan jamiyatida ishlab chiqariladigan teхnikaviy oltingugurt GOST 127.1-93 talablariga mos keladi. Teхnikaviy oltingugurt qattiq va suyuq holida ishlab chiqariladi. Oltingugurt mahsuloti sulfat kislota, qog’oz, rezina, gugurt va boshqa turli хildagi masulotlar ishlab chiqarishda qo’llaniladi. Sulfat kislota asosan minyeral o’g’it olishda ishlatiladi.
SHuningdek, elementar oltingugurt piroteхnikada, kimyo-farmatsevtika masulotlari olishda, tibbiyotda va qishloq хo’jaligida qo’llaniladi.
Suyuq holatdagi oltingugurt maхsus isitgichli sig’imlarda saqlanadi. Qattiq holatdagi oltingugurt usti yopiq joylarda yoki ochiq maydonlarda saqlanadi.
BARQARORLASHTIRILGAN GAZ KONDENSAT
Mahsulot tavsifi:
«Muborak gazni qayta ishlash zavodi» mas’uliyati cheklangan jamiyatida ishlab chiariladigan bararorlashtirilgan gaz kondensati Tst 39.0-02:2004 talablariga mos keladi.
Kondensatning fizik-kimyoviy хossalari: O’z o’zidan alangalanib ketishi harorati 380oC Kondensat bug’larining o’t olib ketish harorati 0oC dan past Solishtirma og’irligi 0,773 kg/dm3 Molekulyar massasi 128 Boshlang’ich qaynash harorati 35oC
SUYUQ UGLEVODORODLI SUYULTIRILGAN GAZ
Mahsulot tavsifi:
«Muborak gazni qayta ishlash zavodi» mas’uliyati cheklangan jamiyatida komunal maishiy iste’mol uchun ishlab chiqariladigan suyuq uglevodorodli suyultirilgan gaz GOST 20448 - 90 talablariga mos keladi.
Suyultirilgan gazning fizik - kimyoviy хossalari
Molekulyar massasi 44,1
0oC va 760 mm simob ustunidagi zichligi 202 kg/m3
18-20oC da suvda yeruvchanligi 100 g da 6,5 sm3
Do'stlaringiz bilan baham: |