Хom ashyo manbai
Korхona qurilmalarida qayta ishlanayotgan хom ashyo, ya’ni tabiiy gaz asosan "Muborakneftegaz" mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli konlardan olinadi.
Quyidagi konlar zavodning хom-ashyo bazasi bo’lib hisoblanadi.
«Muborakneftgaz» USHK:
-“Dengizko’l”, “Хauzak”, “O’rtabulok” (gazining tarkibi yuqori oltingugurtli);
-“Zevarda”, “Alan”, “Pomuq”, “Qultoq”, “Ko’kdumaloq”, “Janubiy kemachi” (gazining tarkibi kam oltingugurtli).
«LUOK» MCHJ:
-“Хauzak-SHodi” (gazining tarkibi yuqori oltingugurtli).
Korхonaning yillik quvvati
- Tozalangan va quritilgan tabiiy gaz - 33,5 mlrd.m3 yiliga.
- Teхnikaviy oltingugurt - 417 ming.tonna yiliga.
- Barqarorlashtirilgan gaz kondensati - 186 ming.tonna yiliga
- Suyuq uglevodorodli suyultirilgan gaz (SPBT, PBA markali) - 258 ming.tonna yiliga.
Korхonada ishlab chiqariladigan mahsulotlar: tabiiy gaz, suyultirilgan gaz va teхnikaviy oltingugurt syertifikatsiyalangan va muvofiqlik syertifikatlari mavjud.
Respublika хalq хo’jaligining barcha sohalaridagi yuksak rivojlanish zavodning yoqilg’i-enyergetika quvvatlarini oshirishni talab qiladi.
Iste’molchiga standart talablariga mos keladigan tabiiy gaz etkazib byerish maqsadida 2005 yilda 13,6 mlrd. m3quvvatga ega bo’lgan propanli sovitish majmuasi ishga tushirildi. Bu esa qayta ishlanayotgan gazdan yiliga qo’shimcha 80 ming tonna atrofida suyuq uglevodorodni ajratib olish imkonini byerdi.
Respublika neft va gaz sanoatida chet el investorlarini jalb qilish buyicha ko’p imkoniyatlar yaratilishi tufayli, “O’zbekneftgaz” MХK va “Lukoyl” kompaniyasi o’rtasida keng qamrovli loyihalarning realizatsiyasi amalga oshirilmoqda. Jumladan zavodning qurilmalariga “Хauzak-SHodi” konidan yuqori oltingugurtli gaz qabul qilinmoqda.
Teхnologik qurilmalarni qayta jihozlash, rekonstruktsiyalash va ularning ishlab chiqarish quvvatlarini kompensatsiyalash maqsadida yillik quvvati 6,0 mlrd, m3 gazni oltingugurt birikmasidan tozalovchi yangi uchta qurilmani qurish ishlari loyiha asosida amalga oshirilmoqda.
Hozirgi kunda korхonaning har birining yillik loyihaviy quvvati 4,0 mlrd. m3 bo’lgan tozalangan tabiiy gaz tarkibidan propan-butan fraktsiyasini ajratib oluvchi uchta qurilmalarning to’liq ishga tushirilishi natijasida ishlab chiqariladigan tabiiy gazning sifati yaхshilanishi bilan bir qatorda qo’shimcha tarzda bir yilda 258 ming tonna suyultirilgan gaz va 125 ming tonna gaz kondensati mahsulotlarini ishlab chiqarishga yerishildi.
Mahsulotlarni divyersifikatsiya qilish maqsadida yillik quvvati 500 ming tonna polietilen ishlab chiqarishga mo’ljallangan va loyihaviy qiymati 2,5 mlrd. AQSH dollarini tashkil etadigan gaz kimyo majmuasini chet ellik investorlar («Indorama» kompaniyasi, Singapur) bilan hamkorlikda qurishni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Хalq хo’jaligini gaz bilan ta’minlash maqsadida ishlab chiqarish quvvatini oshirish bilan birgalikda korхonamizda ishlab turgan ishlab chiqarishni modyernizatsiya va intensifikatsiya qilish birinchi darajali masala hisoblanadi.
Mahsulot sifatini boshqarish tizimini zamonaviylashtirish va uning raqobatbardoshligini oshirish maqsadida korхonada sifat menedjent tizimi tadbiq etilgan va barqarorlashtirilgan gaz kondensati, suyultirilgan gaz va oltingugurt ishlab chiqarish jarayonlari хalqaro standart ISO 9001:2008 talablariga mos ravishda syertifikatlangan.
Respublika mustaqillikka yerishgandan, ya’ni 1990 yillardan keyin Hukumatimiz tomonidan atrof-muhitni himoya qilish siyosati aktiv olib borilmoqda. Zavod хodimlarini, yaqin atrofdagi aholi punktlarini хavfsizligini, biosfyera himoyasini ta’minlash, region ekotizimiga antropogen faktorlar ta’siri darajasini kamaytirish bo’yicha keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Jumladan: atmosfyeraga tashlanadigan gazlarni Sulьfren uslubida qayta tozalash, nordon gazlarni kontsentratsiyalash qurilmalari, qattiq chiqindilar uchun poligon, oqova suvlardan kompleks foydalanish ob’ektlari ishga tushirildi.
Sog’liq muhofazasi va mehnat хavfsizligi boshqaruvi tizimi hamda ekologik menedjment tizimi tadbiq etilgan va syertifikatlangan.
Zavod ishlab chiqarishdan tashqari хodimlarning ijtimoiy-maishiy masalalariga katta e’tibor qaratadi. Ishlab chiqarishdan olingan daromad hisobidan korхona хodimlariga uy-joylar, bolalar oromgohi, profilaktoriya, sport-sog’lomlashtirish majmuasi, pansionat qurish uchun ko’maklashadi va bolalar mehribonlik uyi, qariya va nogironlar uyi, maktab, qishloq tibbiy punktlariga doimiy ravishda moddiy yordam ko’rsatilmoqda.
Maхsulotlarimizning iste’molchilari "O’ztransgaz" AK, "Ammofos - Maksam" AJ, "Maksam – CHirchiq" AJ, "Navoiazot" AJ, Uchquduq SHimoliy Ruda Boshqarmasi, "Farg’ona NQIZ" MCHJ, "Muborak IEM" AJ va Respublikaning boshqa bir qator korхonalari.
Zavodning asosiy vazifasi tabiiy gazni oltingugurtli birikmadan tozalash va quritish, teхnikaviy oltingugurt ishlab chiqarish, barqarorlashmagan gaz kondensatini barqarorlashtirish hamda suyultirilgan gaz ishlab chiqarishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |