23.3-rasm. Majburiy sirkulyatsiyali bug`latish qurilmasi:
1 — isituvchi kamera; 2 — separator; 3 — sirkulyatsiya quvuri;
4 — sirkulyatsiya nasosi
Bug`latilishi kerak bo’lgan dastlabki eritma isitkich quvurlarining pastki qismiga nasos orqali beriladi, quyuqlashgan eritma esa separatorning pastki qismidan ajratiladi (23.3-rasm). Isituvchi quvurlar ichidagi suyuqliklarning sirkulyatsiya tezligi 2-2,5 m/s ni tashqil qiladi. Bunday qurilmalar quyidagi afzalliklarga ega: tabiiy sirkulyatsiya bilan ishlaydigan quvurlarga nisbatan issiqlik o’tkazish koeffitsienti 3-4 marta katta, kristallanuvchi eritmalarni bug`latishda isituvchi yuzada ifloslanishlar paydo bo’lmaydi. Bu qurilmalarning asosiy kamchiligi shundaki, sirkulyatsiya nasosining ishlashi uchun qochshimcha energiya sarflanadi.
Issiqlik nasosli bug`latish qurilmalari. Bunday qurilmalar sanoatda har xil meva sharbatlarini, yuqori haroratlar ta`siriga moyil eritmalarni bug`latish uchun ishlatiladi. Bunday qurilmalarda hosil bo’lgan ikqilamchi bug` bosimi isituvchi bug`ning bosimiga teng bo’lguncha siqiladi. Ikqilamchi bug`ni siqish uchun kompressorlar va bug` oqimli injektorlar ishlatiladi. Issiqlik nasosiga ega bo’lgan bug`latish qurilmalarida tashqaridan sarflangan energiya ikqilamchi bug` haroratini oshirish uchun xizmat qiladi. Qurilmani dastlab ishga tushirishda yangi bug` beriladi. Bu bug` bilan eritma qaynaguncha isitiladi. Keyinchalik bug`latish ikqilamchi bug` hisobiga boradi. Ish paytida nazariy jihatdan tashqaridan bug` talab qilinmaydi. Amaliy jihatdan esa tashqaridan bir oz bug` berib turish kerak, chunki eritmani isitish va issiqlik yo’qolishlarini qoplash uchun qochshimcha bug` talab qilinadi.
Issiqlik nasosli bug`latish qurilmalari eritma bilan erituvchining qaynash haroratlarining farqi past (5—10°C) bo’lgan vaqtda ishlatiladi. eritmaning qaynash harorati yuqori bo’lsa, bu usul qo’llanilmaydi, chunki ikqilamchi bug`ni siqish uchun ko’p energiya sarf bo’ladi.
Bug`latish qurilmasidagi isituvchi bug`ning solishtirma sarfi
-
Korpuslar soni
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
1 kg suvni bug`latish uchun sarflanadigan bug`ning miqdori, kg
|
1,1
|
0,57
|
0,4
|
0,3
|
0,27
|
Jadvaldan ko’rinib turibdiki, qurilmalarning soni ko’payishi bilan 1kg suvni bug`latish uchun zarur bo’lgan isituvchi bug`ning sarfi kamayib boradi. Agar bir korpusli qurilmadan ikki korpusli qurilmaga ochtishda bug`ning sarfi taxminan 50 foizga kamaysa, to’rt korpusli qurilmadan besh korpusli qurilmaga ochtishda bug`ning sarfi faqat 10 foizga kamayadi. Demak, aniq bir sharoit uchun korpuslarning maqbul soni topilishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |