Bir bosqichli bug`latish Bir bosqichli bug`latish jarayoni bitta korpusli qurilmada olib boriladi (22.1-rasm). Markaziy sirkulyatsiya quvuri bo’lgan o’zluksiz ishlaydigan bug`latish qurilmasining ishlash tamoyilini ko’rib chiqamiz. Qurilma asosan isitish kamerasi va separatordan tashqil topgan. 22.1-rasmda tasvirlangan shaklda isitish kamerasi va separator bitta qurilmada joylashgan. Isitish kamerasi separatordan alohida joylashgan bo’lishi ham mumkin. Bunda isitish kamerasi va separator quvur orqali birlashgan bo’ladi. Kamera odatda tochyingan suv bug`i bilan isitiladi. Bug` quvurlar tashqarisidagi bochshliqqa kiradi, bu erda, kondensatsiyalanish jarayoni yo’z beradi va ajralib chiqqan issiqlik quvur devorlari orqali eritmaga beriladi. Hosil bo’lgan kondensat kameraning pastki qismida joylashgan patrubka orqali tashqariga chiqariladi.
Bug`latilayotgan eritma isitish quvurlari orqali yuqoriga ko’tariladi, bunda eritma qaynaydi, natijada ikqilamchi bug` hosil bo’ladi. Separatorda bug` suyuqlikdan ajratiladi. Suyuqlik tomchilaridan ajralgan ikqilamchi bug` separatorning yuqorigi qismidan tashqariga chiqariladi. Suyuqlikning bir qismi markaziy sirkulyatsiya quvuri orqali qurilmaning pastki qismiga tushadi. Markaziy quvurdagi suyuqlik eritma va isitish quvurlari ichidagi bug`-suyuqlik emulsiyasi zichliklari o’rtasidagi farq ta`sirida o’zluksiz ravishda sirkulyatsiya bo’lib turadi. Quyuqlashtirilgan eritma qurilmaning pastki qismida joylashgan patrubka orqali tashqariga chiqariladi.
A yrim bug`latish qurilmalarida markaziy sirkulyatsiya quvuri bo’lmaydi. Bug`latish jarayoni vakuum ostida olib borilsa, ikqilamchi bug` vakuum-nasos yordamida kondensatorga so’rib turiladi.
22.1-rasm. Markaziy sirkulyasiya quvuri bo’lgan buglatish qurilmasi: 1 — isitish kamerasi; 2 — separator; 3 — isitish quvurlari; 4 - sirkulyatsiya quvuri. Moddiy balans. 22.1-rasmga asosan (foiz hisobidagi massaviy) konsentrasiyali va kg/s hisobidagi miqdorli dastlabki eritma bug`latish qurilmasiga kiradi, quyuqlashtirilgan eritmaning miqdori (kg/s), uning oxirgi konsentratsiyasi esa (foiz) ga teng. Agar qurilmadan chiqarilayotgan erituvchi (ikqilamchi bug`) ning miqdori (kg/s) bo’lsa, u holda qurilmaning moddiy balansi quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
(22.1)
Eritma tarkibida bo’lgan quruq moddaga nisbatan moddiy balans quyidagicha yoziladi:
(22.2)
Amaliy hisoblashlarda dastlabki eritma sarfi ning konsentratsiyasi va quyuqlashgan eritmaning kerakli konsentratsiyasi berilgan bo’ladi. Bunda (22.1) va (22.2) tenglamalar orqali qurilmaning ish unumi topiladi.
Quyuqlashtirilgan eritma bo’yicha: (22.3)
Bug`latilayotgan suv bo’yicha:
(22.4)