Isitish yuzasi. O’zluksiz ishlaydigan bug`latish qurilmasining isitish yuzasi issiqlik o’tkazishning asosiy tenglamasi orqali topiladi:
(22.10)
bu erda, Q — issiqlik sarfi; K — issiqlik o’tkazish koeffitsienti; — haroratlarning foydali farqi.
Issiqlik o’tkazish koeffitsienti konsentratsiyasining ortishi (ya’ni qovushoqlikning ko’payishi) hamda eritma qaynash haroratining pasayishi bilan kamayadi. Bug`latish qurilmasidagi haroratlarning foydali farqi isituvchi bug`ning kondensatsiyalanishi va bug`latilayotgan eritmaning qaynash haroratlari ning ayirmasiga teng:
(22.11)
Bug`latish qurilmalarida haroratlarning yo’qotilishi yo’z beradi, bu hol o’z navbatida isituvchi bug` va bug`latilayotgan eritma haroratlari o’rtasidagi farqning kamayishiga olib keladi. Haroratlarning yo’qotilishi harorat depressiyasi , gidrostatik depressiya va gidravlik depressiya lardan tashqil topgan bo’ladi:
(22.12)
Harorat depressiyasi deb bir xil bosimda olingan eritma qaynash harorati bilan toza erituvchi qaynash harorati o’rtasidagi farqqa aytiladi. ning qiymati erigan modda va erituvchining fizik-kimyoviy xossalari, eritma konsentratsiyasi va bosimga bog`liq. Tajriba yo’li bilan olingan ning qiymati maxsus adabiyotlarda beriladi.
Ko’p bosqichli bug`latish
Sanoatda eritmalarni quyuqlashtirish uchun ko’p bosqichli bug`latish qurilmalari keng ishlatiladi. Bunday qurilmalar isituvchi bug`ning issiqligidan bir necha bor foydalanishga asoslangan. Bunda birinchi korpusga isituvchi bug` berilsa, ikkinchi korpusda isitish uchun birinchi korpusdan chiqayotgan ikqilamchi bug` ishlatiladi, uchinchi korpusni isitish uchun esa ikkinchi korpusdan chiqayotgan ikqilamchi bug` ishlatiladi va hokazo. Oxirgi korpusdan chiqayotgan ikqilamchi bug` kondensatorga yuboriladi.
MARUZA
MAVZU: BUG’LATISH QURILMALARI.
REJA:
Tashqi sirkulyatsion quvurli bug`latish qurilmalari.
Ajratilgan isitkichli bug`latish qurilmalari.
Majburiy sirkulyatsiyali bug`latish qurilmalari.
Issiqlik nasosli bug`latish qurilmalari.
Ko’p bosqichli qurilmalarning shakllari.
Korpuslarning maqbul sonini aniqlash.
Bug`latish jarayoni har xil bug`latgichlarda olib boriladi. Bug`latish qurilmalari isituvchi yuzaning tuzilishi va joylashuvi, issiqlik tashuvchi agentlarning yo’nalishi, sirkulyatsiya turi, rejimi va boshqa bir qator omillarga ko’ra bir necha turlarga ajratiladi:
Isitish kamerasining tuzilishiga binoan bug`-qobiqli, zmeevikli, osma holatda va boshqa ko’rinishda bo’lgan isitish kamerali bug`latgichlar;
2. Isitish yuzasining joylashuviga nisbatan vertikal, gorizontal va qiya burchakli bug`latgichlar;
3. Isituvchi agentning turiga ko’ra bug`, gaz, yuqori haroratli isituvchi agent yoki elektr energiyasi bilan isitiladigan bug`latgichlar;
4. Sirkulyatsiya rejimiga ko’ra tabiy, majburiy hamda bir va ko’p karrali sirkulyatsiyali bug`latgichlar;
5. Eritmani qurilmaga berib turish rejimiga ko’ra davriy va o’zluksiz ishlaydigan bug`latgichlar;
6. Qurilmadagi bosimning qiymatiga ko’ra atmosfera bosimi, ortiqcha bosim, vakuum bilan ishlaydigan bug`latgichlar;
7. Korpuslarning soniga ko’ra bir va ko’p bosqichli bug`latish qurilmalari;
8. Eritma va isituvchi agentning o’zaro yo’nalishiga ko’ra bir xil, qarama-qarshi, murakkab yo’nalishli hamda eritma bilan parallel tachminlovchi bug`latgichlar.
Bug`latish qurilmasining asosiy konstruksiyalari bilan tanishib chiqamiz.
Markaziy sirkulyatsion quvurli bug`latish qurilmalari. Bunday qurilmalarda bug`latilishi kerak bo’lgan eritma isitish kamerasining yuqorigi qismidan beriladi. Isitish kamerasi bir necha quvurlar tochplamidan iborat bo’lib, ularning uchlari quvur to’riga razvalsovkalab biriktirilgan (23.1-rasm). Eritma quvurlarning ichida qaynab, bug`-suyuqlik aralashmasi holida quvurning balandligi bo’yicha ko’tariladi va qurilmaning yuqorigi qismida joylashgan bug` bochshlig`idagi ajratkichga o’tadi. Ikqilamchi bug`dan ozod bo’lgan eritma va uning tomchilari markaziy sirkulyatsiya quvuriga tushadi.
Eritmaning sirkulyatsiya tezligi uning fizik xususiyatlariga, issiqlik miqdoriga hamda sirkulyatsiya konturining gidravlik qarshiligiga bog`liq. Quyultirilgan eritma qurilmaning pastki qismidan chiqariladi. Ikqilamchi bug` suyuqlik ustidagi hajmni egallaydi va sochngra qurilmaning yuqoridagi qismida joylashgan tomchi ushlagich orqali o’tkazilib o’zatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |