Ma’ruza matnlari



Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/234
Sana31.12.2021
Hajmi1,55 Mb.
#255397
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   234
Bog'liq
hozirgi ozbek tili

 
Mustaqil o‘qish uchun 
Dunyo tillari 
Dunyo bo‘yicha har xil asoslardagi hisob-kitoblarga ko‘ra, 3 mingdan 7 mingtagacha til borligi 
e’tirof etiladi. BMT o‘tgan asrda rasman 2976 tilni qayd etgan. Tillarning ayrimida bir milliard, bir 
necha o‘n, hatto  yuz millionlab kishi  gaplashsa,  ba’zisida bir necha ming, yuz, hatto, sanoqli kishi 


Ma’ruza matnlari.  
 
107 
muloqot  qiladi.  Masalan,  Kongoda  aholi  500  tilda,  Indoneziyada  250  tilda,  Sudanda  117  tilda 
gaplashadi. Xitoy tilida hozirgi kunda bir milliarddan ortiq kishi gaplashsa, chukot va vele tilida bor-
yo‘g‘i bir necha yuz ming kishi muloqot qiladi, xolos. Yangi Gvineyada deyarli har bir qishloq o‘z 
tiliga ega. 
Tillarning asosiy qismi tropik mamlakatlarda joylashgan. Yevropada bor-yo‘g‘i 240 til mavjud 
bo‘lsa, Afrikada 2000, Osiyoda 2300 til mavjud. Yangi Gvineya orolida 1200 til amal qiladi. 
Dog‘istonda  1  mln  dan  ortiq  kishi  bo‘lib,  ular  40  ga  yaqin  tilda  gaplashadi.  2002-  yilda 
Rossiyada  o‘tkazilgan  aholini  ro‘yxatga  olish  natijasiga  ko‘ra,  Dog‘istondagi  bagulal  tilida  40, 
chamala  tilida  12,  kaytags  tilida  5  kishi  muloqot  qilishi  aniqlangan.  Dunyodagi  eng  katta  tillar 
olinadigan bo‘lsa, hisob-kitobga ko‘ra, 200 tilning har birida 1 mlndan ortiq, 70 tilning har birida 5 
mln dan ortiq, faqat 13 tilning har birida 50 mln dan ortiq kishi gaplashadi. 
Tillarning 80 % i o‘rta va kichik tillar hisoblanadi. Ularning har birida 100 mingdan kam kishi 
gaplashadi.  Dunyo  tillarining  uchdan  bir  qismida  1  mingdan  kam  kishi  muloqot  qiladi.  Dunyo 
aholisining  80  %  i  84  ta  (ingliz,  xitoy,  rus,  nemis,  yapon,  hind,  ispan,  portugal,  yoruba  (Nigeriya 
(26,5 mln), fors, o‘zbek tili kabi) yirik tillarda gaplashishadi. 
Til  moddiy  va  ma’naviy  merosni  saqlash  va  boyitishning  eng  kuchli  vositasi  hisoblanadi. 
YUNESKO hisob-kitobiga ko‘ra,  mavjud  7 mingga yaqin tilning yarmi yaqin  vaqtda o‘zining oxirgi 
sohiblaridan ham ajralishi mumkin. O‘lik tilga aylanib ketayotgan bu tillarni saqlab qolish insoniyat 
oldidagi  o‘tkir  muammolardandir.  Shuning  uchun  1999-  yil  17-  noyabrda  YUNESKOning  Bosh 
anjumani tomonidan e’lon qilingan Xalqaro ona tili kuni 21- fevral (International Mother Language 
Day),  2000-  yilning  fevralidan  boshlab  har  yili  lisoniy  va  madaniy  taraqqiyot  va  ko‘p  tillilikni 
ta’minlashga ko‘mak berish maqsadida nishonlab kelinadi. O‘z navbatida, BMT Bosh assambleyasi 
o‘z rezolyutsiyasida 2008 yilni Xalqaro tillar yili (International Year of Languages) deb e’lon qildi. 

Download 1,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish