1- rasm.
Buyuk portlash, koinot va energiyaning paydo bо„lishi.
Buyuk portlashdan oldin barcha mavjud koinot va galaktikalar atomdan xam kichik о„ta
kichik xajm ichida, о„ta zichlashgan xolda joylashgan va gigant qisilish natijasida portlagan. Albatta
buni tasavvurga sig„dirish qiyin. Portlashdan sо„ng koinot kengayb borgan
va asta sekin dastlab
elementar zarralar, sо„ng atomlar, molekulalar, jismlar, eng sо„nggida biologik hayot shakllangan.
Koinotning kengayishi hozir xam davom etmoqda. Hozirgi zamon fani xulosalariga kо„ra
bizning galaktikamiz (somon yо„li galaktikasi) va Quyosh sistemasi bir necha milliard yil avval
paydo bо„lgan. Quyosh о„zidan doimiy ravishda energiya nurlantirib turadi.
Bu energiyaning
manbai Quyoshda sodir bо„layotgan termoyadro reaksiyalaridir. Quyoshning nurlanishi Yerda
xayotni shakllantirgan. Quyoshdan Yerga judda katta miqdorda energiya yetib keladi. Agar Quyosh
energiyasining Yer yuzasiga tushgan barcha qismidan foydalana olsak, 30
minut davomida Yerga
tushgan energiya Yer sharining bir yillik extiyojini qoplagan bо„lar edi.
Energiyaning о„lchov birligi sifatida elektrotexnikada kо„proq kilovatt soat (kW soat)
tushunchasi ishlatiladi. Masalan elektr xisoblagichlar xuddi shu kW soat ni kо„rsatadi va biz
bugungi kunda 1 kW soat elektr energiyasi uchun 190 sо„m pul tо„laymiz.
Fizikadan ma‟lumki energiyaning о„lchov birligi Joul (J). 1Joul energiya 1 W quvvatli
sistemaning 1s da bajargan ishidir 1 J = 1W • 1 s. Demak 1kW•soat energiyani
Joulda ifodalasak
1000 W • 3600 s = 3, 6 MJ. Endi xisoblab kо„ramiz, demak biz 1 kW soat elektr energiyasi uchun
190 sо„m tо„lasak, u holda taxminan 19 kJ energiya 1 sо„m bо„ladi. Xо„sh, bu energiya kо„pmi
yoki kammi, biz uning kо„lamini tasavvur eta olamizmi? Buni oddiy choy qaynatish misolida
kо„raylik.Quvvati 2 kW bо„lgan oddiy elektr choynagida 1 l suv 6 minutda qaynaydi (tajribadan).
Choynakni elektr tarmog„idan olgan energiyasi
E = P • t = 2 kW • 6/60 soat =0,2 kW soat = 720 000 J = 720 kJ.
Shu energiya uchun biz 38 sо„m pul tо„laymiz (0,2 kWsoat • 190 sо„m = 38 sо„m).
Demak
bir choynak suvni qaynatish taxminan 40 sо„m ekan, bugungi kunda 40 sо„mga yana nima olish
mumkinligini о„ylab kо„rsangiz, elektr energiyasi qanchalik arzonligiga ishonch hosil qilasiz.
Buyuk portlash
Dastlabki
sekundlar
Bir necha
minut
300 000 yil
Milliard yil
14 milliard yildan sо‘ng
.1 kW soat elektr energiyasi qancha yonilg„ining energiyasini beradi? Buning uchun yonilg„i
va qattiq jismlarning yonish energiyasi eslaymiz. 1- jadvalda asosiy yoqilg„ilarning solishtirma
yonish
issiqligi berilgan
1-jadval
Modda
Solishtirma yonish issiqligi
MJ/kg
kkal / kg
1
Quruq о„tin
О„rtacha 9,5
6400 -7500
2
Toshkо„mir
О„rtacha 27
6500
3
Benzin
44 - 47
10500 - 11200
4
Kerosin
44 - 46
10500-11000
5
Tabiiy gaz
41 - 49
9800 - 11700
6
Metan
50
11950
7
Vodorod
120
28600
Masalan 1kW soat elektr energiyasi 1000 W 3600 s
= 3,6 MJ bо„ladi, bu esa m = 3,6 MJ / 50 = 0,072 kg
metan gazining yonishidan xosil bо„lgan energiyaga
teng.
Yuqoridagi misolda 1 l suvni qaynatish uchun 720
kJ energiya sarflandi. Agar shu energiyani о„tinning
yonishidan olsak, va о„choqda о„tin
yoqib choy
qaynatishning f.i.k. ni 25 % deb qarasak (amalda bundan
xam kam bо„ladi) choy qaynatish uchun qancha о„tin
kerakligini topish mumkin:
m = 720 kJ / 0,25 x 9500( kJ/kg) = 0,3 kg.
Do'stlaringiz bilan baham: