1.1 MA’RUZA MATNLARI
1 –MA’RUZA
MAVZU. ENERGIYA HAQIDA ASOSIY MA’LUMOTLAR.
Reja
1. Elektrotexnika fani uning predmeti va strukturasi.
2. Asosiy elektrik va energetik tushunchalar.
3. Mamlakatimiz elektroenergetikasi xaqida ma‟lumotlar.
4. Jaxon elektroenergetikasi va global muammolar.
Tayanch sо‘z va iboralar:
Energiya,
elektroenergetika, generator, gidrogenerator, turbogenerator, elektrostansiya,
elektr
liniyalari, elektr uzatish, elektr energiyasini ishlab chiqarish, elektr toki, magnit, magnit
maydoni,
elektron, zaryadlangan zarra, ion, elektr razryadi, atomning energetik xolati, elektr
quvvati,
buyuk portlash, galaktika, koinot, energiyaning saqlanishi, nuklon, termoyadro
reaksiyalari, muqobil energiya, an‟anaviy
energetika, quyosh energiyasi, shamol energiyasi,
geotermal energiya, bioenergiya, kimyoviy energiya.
Kirish
Insonlar qadim zamonlardan buyon elektr xodisalarini amalda kо„rib, uni о„rganib,
xatto
undan foydalanib kelgan, lekin to 19-asrning о„rtalarigacha elektr va magnit maydonlari aloxida
о„rganib kelingan va aloxida xodisalar deb qaralgan. 1820 yilda Ersted elektr tokining magnit
strelkasiga tasirini о„rgangandan sо„ng elektr va magnit maydonlari yagona fizik xodisaning ikki
tomoni ekanligi isbotlandi va elektr soxasida amaliy ishlar avj olib ketdi. 1831
yilda Faradey
elektromagnitik induksiya xodisasini kashf etdi. Shu davrdan boshlab elektrotexnika taraqqiyotida
yangi, tezkor suratlar bilan rivojlanish bosqichi boshlandi.
Faradeyning elektromagnitik induksiya qonuni asosida Maksvell о„zining mashxur
elektromagnitik maydon nazariyasini yaratdi, Gers elektromagnitik tо„lqinlarni amalda о„rganishga
asos soldi. Ana shu tariqa 19-asrda sanoat elektrotexnikasi paydo bо„la boshladi. Elektr
energiyasidan eng avval yoritish (yoyli lampalar) va telegrafda foydalanildi, sо„ngra chо„g„lanma
tolali lampalar, elektr generatorlari, dvigatellari paydo bо„ldi. Shu davrdan boshlab elektr energiyasi
jamiyat xayotiga chuqur kirib bordi va elektr ta‟minoti xayotiy extiyojga aylandi.
19 - asrning 80- yillarida о„zgaruvchan tok generatorining, ayniqsa mashxur rus injeneri M.
O. Dolivo-Dobrovolskiy tomonidan uch fazali tok ishlab chiqarishning ixtiro qilinishi
elektrotexnika taraqqiyoti va uning jamiyat xayotiga kirib borishida yana bir yangi bosqichni
boshlab berdi. Shundan sо„ng barcha davlarlarda intensiv ravishda elektrlashtirish ishlari avj olib
ketdi. Elektrostansiyalar
qurilishi, uning quvvatini oshirish jadal rivojlanib bordi. Agar 19-asrning
oxirida eng katta issiqlik elektrostansiyalarining quvvati 50 MW bо„lgan bо„lsa, 20-asrning 40-
yillarida ularning quvvati 250 MW gacha yetdi, 60-yillarda esa 600 MW gacha ortdi, xozirgi kunda
esa о„nlab GW ni tashkil qiladi.
Elektrostansiyalarning quvvati ularda о„rnatilgan yakka generatorlar quvvati bilan
aniqlanadi, agar 20-asrning boshlaridagi dastlabki gidrogeneratorlarning (gidroelektr stansiyalari
uchun mо„ljallangan generatorlar) quvvati 2 MW bо„lgan bо„lsa, xozirgi kunda energetika
tizimlarida 800 MW va undan ortiq quvvatli gidrogeneratorlar, 1200MW quvvatli turbogeneratorlar
(issiqlik elektr stansiyalari uchun mо„ljallangan generator) ishlab turibdi.
Mamlakatni elektr energiyasi bilan taminlash xamma zamonlarda va xamma davlatlarda
xam eng dolzarb masala xisoblangan.
Bugungi kunda, sir emaski, sanoat taraqqiyoti va axolining
turmush darajasi elektroenergetika taraqqiyoti bilan bog„liq.
Shunday qilib, elektrotexnikaning taraqiyot bosqichlariga nazar solsak, uning rivojlanishi
xayotiy extiyojlardan kelib chiqishini kо„ramiz. Ayniqsa, bugungi,
texnikaning intensiv
taraqqiyoti davrida jamiyat taraqqiyoti va xayotiy extiyojlar elektroenergerika oldiga yangi talablar
qо„ymoqda. Bular elektr energiyasiga bо„lgan extiyojning tinimsiz ortishi, elektr energiya