Ma’ruza matni



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/268
Sana08.06.2022
Hajmi3,17 Mb.
#642936
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   268
Bog'liq
Maktabgacha ta\'limda boshqaruv va menejment.

MA‘RUZA MASHG‘ULOTLARI. 
89 
z)
mudiraning huquq va vazifalari. 
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasini O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim 
vazirligi bilan kelishgan holda muassis tomonidan tayinlanadigan shaxs boshqaradi. 
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi rahbari davlat maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri 
lavozimiga qo'yiladigan malaka talablariga muvofiq bo'lishi kerak. 
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyatini nazorat qilish muassis tomonidan, 
shuningdek, vakolatlar doirasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari 
tomonidan amalga oshiriladi. 
Maktabgacha ta'limga qo'yiladigan davlat talablari va o'qitish dasturlarining nodavlat 
maktabgacha ta'lim muassasalari tomonidan bajarilishini nazorat qilishni O'zbekiston Respublikasi 
Maktabgacha ta'lim vazirligi amalga oshiradi. 
Nodavlat maktabgacha ta‘lim muassasalarini attestatsiyadan o'tkazish, ularning faoliyatini 
to'xtatib turish va to'xtatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
Maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlarining huquq va imtiyozlari qonun hujjatlarida, 
maktabgacha ta‘lim muassasasi ustavida, shuningdek, mehnat lozimnomasi (lozimnomada 
belgilanadi. 
Maktabgacha ta'lim muassasasining pedagog xodimlari quyidagi huquqlarga ega: 

maktabgacha ta'lim muassasasini boshqarishda muassasa ustavida belgilanadigan tartibda 
qatnashish; 

o'z kasbiy sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilish;

pedagog xodimlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin. 
Pedagog xodimlar quyidagilarga majbur:
o
bolalarni yuqori professional darajada o'qitish va tarbiyalash; 
o
pedagog axloq-odobiga rioya qilish, bolaning qadr-qimmatini hurmat qilish, bolalarni 
tazyiqdan himoya qilish, ularni mehnatga, ota-onaga hurmat, atrof-muhitga ehtiyotkorlik bilan 
munosabatda bo'lish ruhida tarbiyalash; 
o
o'z malakasini belgilangan tartibda, har uch yilda oshirib borish; 
o
o'zining kasbiy ko'nikmalarini va pedagogik mahoratini doimiy ravishda takomillashtirish. 
Pedagog xodimlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishi mumkin. 
Maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlariga ish haqi miqdorlari (lavozim maoshlari) qonun 
hujjatlariga muvofiq belgilanadi. Muassasa rahbari rag'batlantirish tusidagi ustamalar, qo'shimcha 
haq hamda boshqa to'lovlar turi va miqdorlarini ish haqiga yo'naltiriladigan mavjud mablag'lar 
doirasida belgilaydi. 

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish