MA‘RUZA MASHG‘ULOTLARI.
88
Qiyosiy tekshirish - eng yaxshi ish tajribaning tarqalishiga, ta'lim-tarbiyaviy jarayonining va
barcha guruh tarbiyachilarining umumpedagogik darajasini oshirishga yordam beradi.
Nazoratning istalgan turi-agarda unga mudira jiddiy, puxta tayyorgarlik ko'rgan holdagina
samarali bo'lishi mumkin.
Eng avvalo, tekshirish maqsadini aniq belgilash lozim.
Masalan: kichik guruhda bolalarning kun davomidagi xilmaxil faoliyatlari uchun sharoitlarni
yaratilishini kuzatish; katta guruhda bolalarning o'yin va mehnatdagi o'zaro munosabatlarini
kuzatish (ular inoq o'ynay oladilarmi va
hamjihatlik bilan mehnat qila oladilarmi).
O'rta guruhda nutq o'stirishga doir dasturning o'zlashtirilishi bolalarning nutq faolligi, nutqiy
ko'nikmalar darajasini tekshiradi.
Maqsadni belgilab, mudira tarbiyachining ta‘lim-tarbiyaviy ish rejasi bilan "Ilk qadam‖ dasturi
talablarini solishtirib topishadi, oldingi tekshiruv natijalari tahlilining yozuvlari bilan tanishadi,
bolalarning ishlarini o'rganadi, oldindan
tarbiyachi va kichkintoylar bilan suhbatlashadi. Shuningdek, metodik adabiyotlar yangiliklari, ilg'or
pedagogik tajribani umumlashtirish materiallari va ilmiy tadqiqotlar materiallari bilan va nihoyat
tekshirish jarayonida javob olmoqchi bo'lgan savollarni mo'ljallab tekshirishning qisqa hamda aniq
rejasini
ishlab chiqadi.
Guruhlarga kirish mo'ljallanganligi haqida mudira pedagogni, agarda bu kirish ishida ilgari
kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida amalga oshirilayotgan bo'lsa, oldindan ogohlantiriladi.
Guruhga ko'proq ogohlantirishsiz kirish yoki kirish haqida ertalab ogohlantirish lozim. Bu
esa tarbiyachilarda asta-sekin ishda ma'lum mas'uliyatni shakllantiradi. Biror bir bo'lim bo'yicha
dastur talablarining bajarilishini tekshirish haqida tarbiyachi oldindan ogohlantiriladi. Bunday
ogohlantirish pedagoglarni o'z ishlaridagi
kamchiliklarni mustaqil aniqlashga, har bir bolaning rivojlanishi va dasturni o'zlashtirishini xolisona
baholashga safarbar etadi. Shuni unutmaslik kerakki, guruhga bir marta, bir lahzaga kirish
tarbiyachining ishi haqida xulosa chiqarish huquqini bermaydi.
Agar mudira bir faoliyat turishi yoki kun tartibi jarayonini tahlil qilishni maqsad qilib qo'ygan
bo'lsa, u holda faoliyatning bu turini boshdan oxirigacha to'liq kuzatib chiqish kerak bo'ladi.
Har qanday tekshiruv agarda mudira qabul qilgan ko'rsatma, tavsiya qarorlarning ijrosini
tekshirib bormasa, ijobiy samara bermaydi. Ijroni muntazam nazorat qilib borish kishilarni
intizomga odatlantiradi.
Muntazam nazorat - bu faqat ilgari ay tilgan ko'rsatma va takliflarning ijrosini tekshirishgina
emas, balki guruhda ma‘lum vaqt bo'lagida qilingan ishlarni solishtirib ko'rish hamdir.
Masalan: o'quv yilining boshida bolalarning mashg'ulotlardagi tafakkur faoliyatlarining faolligini
tekshirish tarbiyachilar muammoli xarakterdagi savol va vaziyatlardan kam foydalanishlarini
bolalarda mustaqillik hamda fikrlarning
tanqidiyligini yetarlicha rivojlantirmasliklari va shu kabilarni ko'rsatadi. Bu kamchiliklar sabablarini
pedagoglar jamoasida birgalikda muhokama qilib va ularni bartaraf qilish yo'llarini belgilab, mudira
yarim yildan so'ng boshlang'ich ma'lumotlarni yangi mashg'ulotlar bilan solishtirib yana tekshiradi.
Nazoratning yuqorida ko'rsatib o'tilgan tur va shakllarning amalga oshirilishi mudiraga
guruhlarda ta‘lim-tarbiyaviy pedagogik jarayonlarni yo'lga qo'yilganligini o'rganish, o'z intilishini
tarbiyachilarga murakkab ishlarida yordam berishga aniqroq yo'llash imkonini beradi. Mudira
yuqoridagi tekshirish usullaridan foydalanib, maktabgacha ta'lim muassasasi ishiga to'liq rahbarlik
qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |