MA‘RUZA MASHG‘ULOTLARI.
12
qoshida maktabgacha tarbiya kichik bo‗limlari tashkil qilingan. Bu tadbir Respublikada
maktabgacha tarbiyaning jonlaniga yordam berdi. Maktabgcha tarbiya bo‗limlarining faoliyati uch
asosiy yo‗nalishda:
1.
Bolalar bog‗chalarini ochish, ularni binolar, mebel va jihozlar bilan ta‘minlash;
2.
Maktabgacha tarbiya xodimlari, shu jumladan maxalliy, milliy vakillaridan kadrlar
tayyorlash;
3.
Ota-onalar o‗rtasida tashviqot tushuntirish ishlarini olib borishdan iborat edi.
Birinchi bog‗cha – Shayxontoxur dahasida Hasanova - mudiri: Mahsuma Qoriyeva va Robiya
Abdurashidova tarbiyachi bo‗lib faoliyat ko‗rsatgan.
Ikkinchi bog‗cha - Xo‗ja ko‗chasida Anvar Yausheva mudiri bo‗lgan.
Uchinchi bog‗cha - Ko‗kcha dahasidagi Langar ko‗chada ochilgan.
To‗rtinchi bog‗cha - Beshyog‗och dahasida ochilgan bo‗lib, bunda tarbiyachi Qodirxonov mudirlik
qilar edi.
2. O‘zbekiston Respublikasida islohotlar davrida maktabgacha ta‘limni rivojlantirish
O‘zbekiston Respublikasida islohotlar davrida maktabgacha ta‘limni rivojlantirishning
maqsadi
:
maktabgacha ta‘lim nufuzini oshirish, ta‘lim sohasining jamiyatdagi ustuvorlik mavqeini
mustahkamlash;
asosiy buyurtmachi va iste‘molchi bo‘lgan ota-onalarga yo‘naltirilgan holda turli xildagi
maktabgacha tarbiya muassasalari rivojlanishi uchun sharoitlar yaratish.
Qo‘yilgan maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni yechish zarur:
maktabgacha ta‘lim muassasalari davlat tizimini (byudjet va idoralar) saqlash;
maktabgacha ta‘lim standartini aniqlash;
maktabgacha ta‘limni yangi mazmun va texnologiyalarga o‘tkazish;
maktabgacha ta‘lim muassasasining turli xil tamoyillariga, ochiqlik, qulaylik, oila bilan
hamkorlik, maktab, mahalla va boshqa jamoatchilik tashkilotlari bilan o‘zaro
munosabatlariga bog‘liq holda maktabgacha ta‘lim muassasalari tashkiliy tuzilmasini
o‘zgartirish;
maktabgacha ta‘lim muassasalari rivojlanishini o‘zib o‘tuvchi jamiyatga nisbatan
(avvalambor, oila va maktabga) o‘zgaruvchan sharoitlar, talablarga mos ravishda va o‘z
vaqtida javob qaytarish;
maktabgacha ta‘lim muassasalarining o‘zgaruvchan tuzilishida tez mo‘ljal olishga imkon
beruvchi mazkur muassasalar uchun kadrlarni ilmiy-uslubiy tayyorlashni takomillashtirish.
Maktabgacha ta‘limni yangilashda asosiy pozitsiyalar quyidagicha: pedagogik ish
yo‘nalganligini
insonparvarlashtirish;
differensiatsiyalashtirish
va
individuallashtirish;
demokratlashtirish; bolalar uchun ta‘lim imkoniyatlarini taqdim etish; dinamiklashtirish va
variativlikdir.
Maktabgacha ta‘limning asosiy vazifalarini amalga oshirishda quyidagi tamoyillarni inobatga
olish zarur:
bolaning turli xildagi faoliyatini tashkil etish orqali bola shaxsining ishtiyoqini to‘la ochilishiga,
qiziqishlari, qobiliyatlariga yo‘naltirilgan pedagogik ish;
shaxs shakllanishida maktabgacha yosh davrining ahamiyati haqidagi zamonaviy ilmiy bilimlardan
foydalanish;
Do'stlaringiz bilan baham: |