MA‘RUZA MASHG‘ULOTLARI. 164
- Men o'zimga tashqi tomondan qarashga, o'z faoliyatimga baho berishga, hamkasblar faoliyati bilan
o'zaro bog'liq bo'lishga muvaffaq bo'ldim.
Nazorat savollari: 1. Metodika uyushmasi hujjatlariga nimalar kiradi?
2. Metodika uyushmasi tarkibi qanday tashkillanadi?
3. Maktabgacha ta‘lim tashkilotida pedagogik kengash faoliyati qanday tashkil etiladi?
4. Pedagogik kengashning maqsadi nima?
5. Pedagogik kengash vazifalariga nimalar kiradi?
16-MODUL MAKTABGACHA TA’LIM METODIKASI KABINETI 3-mavzu: RESPUBLIKA MAKTABGACHA TA‘LIM METODIKASI KABINETI ISH MAZMUNI. RESPUBLIKA MAKTABGACHA TA`LIM METODIKASI KABINETINING TUZILISHI VA VAZIFALARI. TUMAN METODIKA KABINETINING ISH MAZMUNI VA VAZIFALARI. Reja: 1. Maktabgacha ta'lim metodikasi xonasi
2. Metodika kabinetiishining mazmuni va asosiy shakllari
3. Tuman maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetining ish mazmuni va vazifalari
4. Metodik birlashmalar
Tayanch tushunchalar: metodika xonasi, metodika kabineti, uslubiy adabiyotlar, tekshiruv rejasi,
metodik birlashmalar
1. Maktabgacha ta'lim metodikasi xonasi Respublika maktabgacha ta'lim metodikasi xonasi O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha
ta'lim vazirligi huzurida tashkil etilib, mazkur soha bo'yicha yetakchi tuzilma sifatida barcha
maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini uslubiy jihatdan boshqaradi va muvofiqlashtirib boradi.
Respublika maktabgacha ta'lim metodikasi kabineti o'z faoliyatida amaldagi qonunchilik,
Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan chiqarilgan qarorlar, farmoyishlar va boshqa me'yoriy
hujjatlarga asoslanib ish yuritadi.
Respublika maktabgacha ta'lim metodikasi kabineti Qori Niyoziy nomidagi O'zbekiston Pedagogika
fanlari ilmiytadqiqot instituti, Abdulla Avloniy nomidagi maktabgacha ta'lim xodimlarini qayta
tayyorlash va malakasini oshirish markaziy instituti, Maktabgacha muassasalar xodimlarini qayta
tayyorlash va malakasini oshirish instituti, Viloyat pedagog kaidrlarni qayta tayyorlash va
malakasini oshirish instituti va boshqa ilmiy muassasalar bilan mustahkam hamkorlik aloqalarini
o'rnatadi.
Respublika maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, shahar va tumanlar maktabgacha ta'lim
metodikasi kabinetlariga uslubiy yordam ko'rsatish, pedagogik jarayonlar va ta'limtarbiya ishlarini
takomillashtirish, «Ilk qadam» dasturini to'liq bajarilishini ta'minlaydi;