MA‘RUZA MASHG‘ULOTLARI.
107
tashkilot yullanmasi bilan muassasaga qabul qilingan barcha bolalar qayd etiladi. Agar joriy yil
smetasida maktabgacha ta‘lim muassasasini kengaytirish ko‘zda tutilgan bo‘lsa,
u holda
«Yil
boshida»
grafasida guruhlar miqdori va bolalar sonida joriy yil oxirigacha yuz berishi mumkin
bo‘lgan o‘zgarishlar aks ettiriladi. O‘zgarishlar bo‘lmasa,
«Yil oxirida»
grafasiga yil boshida
keltirilgan ma‘lumot yozib qo‘yiladi.
Rejalashtirilayotgan yil uchun bir bolaning maktabgacha ta‘lim muassasasida bo‘lgan
kunlar
soni, odatda, davomat tabelidagi ma‘lumotlar, shuningdek, o‘tgan yillar rejasining ijrosini tahlil
qilish asosida bolalarning turlicha muddat bilan muassasada qancha vaqt bo‘lganiga
qarab
aniqlanadi.
Yozgi sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazish uchun sarf qilinadigan xarajatlar yozgi xordiq va
sog‘lomlashtirish tadbirlari vazirliklar va idoralar tomonidan respublika byudjetida ijtimoiy-
madaniy tadbirlarga ajratilgan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi.
Binobarin, bu tadbirlarni
o‘tkazish uchun alohida smeta tuziladi.
Korxonalar qoshidagi maktabgacha ta‘lim muassasalarida yozgi sog‘lomlashtirish tadbirlari
rag‘batlantirish fondi hisobiga xam amalga oshirilishi mumkin. Bunday
hollarda oqatlantirish
me‘yorlari ko‘paytiriladi, ish vaqti uzaytiriladi, ota-onalardan olinadigan xaq miqdori ham
oshiriladi. SHu munosabat bilan, smetada xodimlarning ish xaqi, tashkiliy-xo‘jalik ishlari, bolalarni
ovqatlantirish uchun qo‘shimcha xarajatlar ko‘zda tutiladi.
Smeta
— maktabgacha ta‘lim muassasasining barcha xarajatlari
va ularni davlat manbalari,
byudjet ajratmalari va ota-onalar mablag‘larini aks ettiradigan moliyaviy-me‘yoriy xujjatdir.
Maktabgacha ta‘lim muassasasida yozgi hordiq va cog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazish uchun
alohida smeta tuziladi. Ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini aniqlashda muassasadagi guruhlar, bolalar
soni, ularning muassasada qancha vaqt bo‘lishi, xodimlarning necha soat ishlashi va uning turiga
ham alohida e‘tibor beriladi.
Smeta xarajatlarini rejalashtirish quyidagi moddalar buyicha amalga oshiriladi:
- «Ish haqi»,
- «Ish haqiga nisbatan ajratmalar»,
- «Ma‘muriy va xo‘jalik xarajatlari»,
- «Xizmat safarlari xarajatlari»,
- «Adabiyotlar, ko‘rgazmali vositalar va o‘yinchoqlar sotib olish»,
- «Ovqatlantirish xarajatlari»,
- «Asbob-uskuna va jiozlar sotib olish»,
- «Bino va inshootlarni kapital ta‘mirlash xarajatlari»,
- «Boshqa xarajatlar».
Do'stlaringiz bilan baham: