MA‘RUZA MASHG‘ULOTLARI.
36
xususiyati, asosan, k o ‗rgazmali metoddan: kuzatish, namoyish qilish; so‗z metodi: hikoya, suhbat
tushuntirish; amaliymetod: mashq, o‗yindan foydalanishni taqozo etadi.
Наг bir metod umumiy vazifani amalga oshirishga qaratilgan yagona yo‗l bo‗lib, usullar
yig‗indisidan tashkil topadi. Hamma usullarni shartli ravishda uch guruhga bo‗lish mumkin:
ko‘rgazmali (ko‗rsatish), og‗zaki (savol, solishtirish, she‘r aytish, topishmoqdan foydalanish),
amaliy (topshiriq, o‗yin, vaziyat usullari va boshq.).
Bevosita faollashtiruvchi metodlardan tashqari bavosita metodlardan ham foydalaniladi
(eslatish, maslahat, tanbeh berish, tuzatish). Ko‗p hollarda metod va usullardan kompleks tarzda
foydalaniladi. Mashg‗ulot vaqtida beriladigan bilim, malaka va ko‘nikmalarni bolalar yaxshi
o‗zlashtirib olishlari ularning hissiy holatini ko‗tarish uchun xizmat qiladi.
Tarbiyachi o‘zining 36edagogi rejasida mashg‗ulotda foydalaniladigan usulnigina yozib
qolmasdan, shu bilan birga uning mazmunini ham ochib yozishi kerak. Bolalarga beriladigan
savollar qanday izchillikda berilsa, shunday yozib qo‗yish zarur. Agar tarbiyachi mashg‗ilotda
topishmoq yoki she‘rdan parcha keltirmoqchi bo‗lsa, uning mazmunini yozib qo‗ygan ma‘qul.
Solishtirishga o‗rgatishda qaysi buyumlardan, ularning qaysi belgisidan, qanday savollardan
foydalanish lozimligi ham yoziladi.
Tarbiyachining mashg‗ulotni rejalashtirishdagi ba‘zi bir usullarini ko‗rib chiqamiz. Tarbiyachi
mashg‗ulotga tayyorgarlik ko‗rganda, albatta, yosh bolaning tafakkuri ko‗rgazmali-obrazli
bo‗lishini e‘tiborga oladi va, asosan, mashg‗ulotda ko‗rgazmali metodlarni rejalashtiradi. Kuzatish
metodi tarbiyachi rahbarligida kuzatilayotgan obyektni bolaning hissiy idrok qilishini ta‘minlaydi.
Narsa va buyumlarni namoyish etish ham shunday ahamiyat kasb etadi. Ko‗p mashg‗ulotlarda,
ayniqsa, nutqni o‗stirish mashg‘ulotida tarbiyachining hikoyasidan foydalaniladi. Bu bolalarga
tanish bo‗lgan badiiy asardan, tevarak-atrofdagi hayotdan olingan voqea-hodisalarni tarbiyachi his-
hayajon bilan jonli, obrazli qilib bayon etishidir.
Suhbat metodi ham rejalashtiriladi. Suhbat bolalarga awal egallagan bilimlari bilan yangisini
bog‗lash imkonini yaratadi, shuningdek, yangi bilimlarni o‗zlashtirib olishlarini yengillashtiradi.
Tarbiyachi mashg‗ulotlarida foydalanadigan so‗zli metodda uning ko‗pchiligini savollar tashkil
etadi. Savollarni bolalarning bilish jarayonlari: sezgi, idrok, tafakkumi faollashtiradigan qilib tuzish
kerak. Savollar bolalardan aqliy zo‗r berishga, sabab-natijalarni aniqlashga qaratilgan bo‗lishi zarur.
(«Sen qanday bilib olding?», «Nima uchun sen shunday deb o‗ylaysan?», «Sizlar qanday
o‗ylaysizlar?», «Nodira to‗g‗ri gapirdimi?», «Nima uchun buni eman daraxti deb o‗ylaysiz?»,
«Nima uchun daraxtlar hozir barg yozgan» va h.k.). Bunday savollar bolalarni mustaqil fikrlashga
o‘rgatadi.
Mashg‘ulotlarda muammoli vaziyatlar yaratish ham bolaning fikrlash faoliyatini kuchaytiradi,
bilimlarni egallab olishlarini yengillashtiradi, ularning fahm-farosatli, mustaqil fikrlaydigan
bo‗lishiga yordam beradi.
Mashg‗ulotlarda solishtirish usulidan foydalanish insonning bebaho aqliy xazinasi bo‗lib, u
buyumlarni yaxshiroq o‘rganish va tushunishga yordam beradi. Imkoni boricha har bir
mashg‘ulotda obyektning o‗xshash va o‗xshamasligini solishtirish usulidan foydalanish kerak,
ayniqsa, ikki va undan ko‗p buyumni bir-biri bilan solishtirish bolalarning fikrlash doirasini
faollashtirishda yaxshi natija beradi. Tarbiyachi kichik guruhdayoq solishtirish usullaridan
foydalanadi. Bunda buyumlarning farqi ko‗zga yaxshi tashlanadigan bo‘lishi kerak. Bular buyumlar
va ular qismining katta-kichikligi, shakli, tuzilishi, rangi, tovushi, hidi va h.k.lardir.
Kichik guruhlarda solishtiriladigan buyumlar bir-ikkitadan ko‗p bo‗lmaydi. Tarbiyachi
solishtirishni qanday izchillikda olib borishni o‗zining 36edagogi rejasida yozib qo‗yadi. 0 ‗rta
Do'stlaringiz bilan baham: |