MA‘RUZA MASHG‘ULOTLARI.
35
5. Bolalarni madaniy-gigiyenik malakalarga o‗gratish bo‘yicha yakka tartibdagi ishlar
rejalashtiriladi, masalan, kichkina guruhda dastro‗molchadan foydalanishga o‗rgatish bo‗yicha
didaktik o‗yin o‗tkaziladi.
6. Koptokni dumalatish, gardishni aylantirish, tirmashib chiqish, sirpanib yurish kabi asosiy
harakatlarni rivojlantiruvchi ishlar rejalashtiriladi.
7. Ashula va raqsning ayrim qismlarini takrorlash rejalashtiriladi.
8. Bolalarning о‗yin faoliyati rejalashtiriladi:
a) qurilish о‗yinlari: rol, sujet bilan bog‘liq qurilish o‗yinlari rejalashtiriladi;
b) sujetli-rolli o‗yinlar, turmushni aks ettiruvchi va boshqa shunga o‗xshash o‗yinlar rejalashtiriladi;
d) stol usti bosma didaktik o‗yinlari, so‗zli buyumlar bilan o‗ynaladigan didaktik o‗yinlar, ermak
o‘yinlar, jo‘rovoz o‗yinlar, xalq didaktik o‗yinlari rejalashtiriladi. Bolalarning sezgisini, idrokini,
tovushlarni idrok etishini, rang, vaqt, didni, nutqni o‗stiruvchi islilar rejalashtiriladi. Dramalashtirish
va sport o‗yinlari ham rejalashtiriladi.
9. Mehnatning turli xillari rejalashtiriladi:
a) tabiatdagi mehnat (ko‗chat o‗tqazish, suv sepish, o‗simlik, hayvonlarni parvarish qilish va shu
kabilar);
b) xo‗jalik maishiy mehnat (idishlarni yuvish, xonani yig‗ishtirish, kitoblarni yopishtirish-
yelimlash, o‗simliklar bargini artish);
d) qo‗l mehnati (tabiiy materiallar, daraxtlar mevasi, somonchalar, lattalar qiyqimi, yog‗och va
kartondan har xil buyumlar yasash).
Har bir yosh guruhida mehnatning qaysi turi o ‗tkazilishi dasturda ko‗rsatilgan. Ertalab 2—3 xil
faoliyat rejalashtiriladi. Ertalabki soatlarni rejalshtirishda shu kungi o‗tkaziladigan mashg‗ulotlar
e‘tiborga olinadi. Mashg‗ulotda biror narsa o‗qib berish rejalashtirilgan bo‗lsa, ertalabki soatda
rasm ko‗rish, onasi to‗g‗risida so‗zlab berish, o‗qish rejalashtirilmaydi, shu kungi ertalabki soatga
mehnat, kattalik, shakl bilan tanishtirish, tasviriy faoliyat rejalshtiriladi.
Tarbiyachi har xil mashg‗ulotlarni rejalashtiradi: bolalarga yangi bilim beruvchi mashg‗ulotlar
ularning olgan bilimlarini, orttirgan tajribalarini mustahkamlovchi va tartibga soluvchi
mashg‗ulotlar, kompleks mashg‗ulotlar va hisobot-nazorat (tekshiruv) mashg‗ulotlari bo‗ladi.
Tarbiyachi o‗zining 35edagogi rejasiga mashg‗ulotning nomi va dastur mazmunini yozib qo‘yadi.
Dastur mazmuniga mashg‗ulotning ta‘lim-tarbiyaviy vazifalari va bolalar egallab olishlari, aniqlash
va mustahkamlash kerak bo‗lgan bilim, malaka, ko‗nikmalar ham yoziladi.
Mashg‗ulotni rejalashtirish bolalar tomonidan ma‘lum hajmdagi bilimlarni egallash va
kengaytirish imkoniyatini yaratibgina qolmay, shu bilan birga ularning bilimlarini aniqlash,
mustahkamlash, mustaqil faoliyatlarida qo‗llash imkonini beradi. Bolalarga beriladigan bilim,
malaka va ko‗nikmalarning hajmi mashg‗ulotdan mashg‗ulotga kengaytirib, murakkablashtirib
boriladi. Masalan, tarbiyachi birinchi mashg‗ulotda bolalarni uy hayvonlari bilan tanishtiradi,
bolalar ularni kuzatishadi, nomini aytishga o ‗rganadi. Keyingi mashg‗ulotda esa bilimlar
mustahkamlanib, hayvonlarni kuzatish jarayonida yangi bilimlar hosil bo‗ladi. Bolalar bu
hayvonlarning foydali belgilarini, xattiharakatlarini kuzatishsa, kelgusi mashg‗ulotda bolalar uy
hayvonini odamlar qanday parvarish qilishi va bu parvarishga hayvonlar o‗z «minnatdorchiligini»
qanday bildirishi to‗g‗risida gap boradi.
Dastur materillarini o‗rganish mashg‗ulotdan mashg‗ulotga mana shu izchillik bilan amalga
oshirib boriladi.
Bolalarning bilim, malaka va ko‗nikmalarini muvaffaqiyatli o‗zlashtirishlari aksariyat hollarda
tarbiyachining qo‗llagan usullariga, shart-sharoitga bog‘liq bo‗ladi. Bu yoshdagi bolalarning yosh
Do'stlaringiz bilan baham: |