2. Uslubchi va unga qo‗yiladigangan talablar
Uslubchi oliy pedagogik ma‘lumotga (maktabgacha pedagogika fakulteti) ega bo‗lgan yoki o‗rta
pedagogik (maktabgacha bo‗limi) ma‘lumotga va kamida 3 yil pedagoglik faoliyatiga ega bo‗lgan
eng yaxshi tarbiyachilardan tayinlanadi. 0 ‗z kasbdoshlarining hurmatini qozonish va ularga o'z
vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishlarida yordam berish uchun uslubchi qanday uslubchilik
sifatlariga ega bo‗lishi kerak? Uslubchi faqat yaxshi nazariy tayyorgarlikkagina emas, balki
bilimlarni amalda qo‗llash ko‗nikmasiga ham ega bo‗lishi zarur.
Tajribali uslubchining tashabbuskorligi va ishga ijodiy yondashishi: g‗oyalarini umumlashtira
bilish, maqsadga muvofiq ishlash, har bir tarbiyachining imkoniyat va mahoratlarini hisobga
olishiga qarab, farqlanadi. Uslubchi talablarni qo‗yishda talabchan va qat‘iy bo‗lishi kerak.
Rahbarning o‗ziga bo‗ysinuvchilar bilan muloqotining emotsional-irodaviy tomonini ifodalovchi bu
sifatlar rahbarlik uslubining muhim xislatitalabchanlilcni hosil qiladi. Yuksak talabchanlikni
sezgirlik, hayrixohlik, odamlarga hurmat bilan birga qo‗shib olib borish zarur. Talabchanlik - bu
MA‘RUZA MASHG‘ULOTLARI.
131
qattiqqo‗llik degan gap emas. Buyruqlar, qattiq tanbehlar, xayfsanlarning foydasidan ko'ra zarari
ko‗proq va bu odatda rahbarning kuchliligidan emas, balki zaifligidan dalolat beradi. Maktabgacha
muassasa ta‘limtarbiyaviy faoliyatining samaradorligi, uning obro'si ko‗p jihatdan pedagoglar
jamoasining jipslashganligiga, eng avvalo butun maktabgacha muassasa rahbar yadrosida birlik va
o‗zaro tushunishning mavjudligiga bog‗liq bo‗ladi.
Tarbiyachilarning aniq intizomi va ishda uyushqoqligini ta'minlash; kollektivda jamoatchilik
fikrini, tarbiyachilarning bir-birlarining kamchiliklariga tanqidiy munosabatini shakllantirish,
mehnat aktivligi va ijodiy ishlash ehtiyojini rag'batlantirish; qabul qilingan qarorlar yechimini ta‘-
minlash kabi sotsial-psixologik masalalarni hal qilish uslubchi uchun birmuncha murakkablik
qiladi. Uslubchi maktabgacha bolalar muassasasidagi ta'lim-tarbiyaviy ishga uslubiy rahbarlikni
amalga oshiradi. «Maktabgacha ta‘lim muassasasida ta‘lim-tarbiya dasturi»ning bajarilishini
ta‘minlaydi va nazorat qiladi, ta‘lim-tarbiyaviy ishning to‗g‗ri uyushtirilishi uchun javobgar; ilg‗or
pedagogik tajribani o‗rganadi, umumlashtiradi va tarqatadi, pedagogik kengashda ko‗rib chiqish
uchun zarur materiallarni tayyorlaydi; maktabgacha bolalar muassasasidagi uslubik xonaning ishini
tashkil qiladi; bolalarning yoshlariga muvofiq pedagogik qo‗llanmalar va o‗yinchoqlarni tanlaydi.
Ota-onalar o‗rtasida pedagogik bilimlarni propaganda qilish, turli yosh guruhlari tarbiyachilari,
shuningdek maktabgacha bolalar muassasasi va maktab ishida ketma-ketlilikni ta‘minlash bo'yicha
ishni uyushtiradi. Uslubchi shuningdek pedagogik kengashni tashkil etadi va borish jarayonini
kuzatib boradi. Pedagogik kengash-jamoa pedagoglari fikrini ifodalovchi, bolalar bilan olib
boriladigan ta‘lim-tarbiyaviy masalalarni kollegial ko‗rib chiqadigan doimiy ishlovchi organ,
uslubik mahorat maktabi va ilg‗or tajriba minbaridir.
Maktabgacha ta‘lim muassasasi mudiri pedagogik kengash raisi hisoblanadi. Pedagogik
kengashga quyidagi masalalar: bolalar bilan olib boriladigan ta'lim-tarbiyaviy ishlar darajasini
oshirish, ularni hal qilish yo‗llarini izlash; muassasa ish praktikasiga pedagogika fanining yutuqlari
va ilg‗or pedagoglar tajribasini joriy qilish; tarbiyachilaming pedagoglik mahoratini oshirish,
ularning ijodiy aktivligiii rivojlantirish kiritiladi. Pedagogik kengash xalq ta‘limi Vazirligi, Xalq
ta‘limi Davlat komitetining maktabgacha ta‘lim bo'yicha buyruq, instruksiya, nizom va boshqa
normativ hujjatlarini; maktabgacha ta‘lim muassasasining yillik ish rejasini; bolalar sog'ligini
mustahkamlash tadbirlarini; har bir yosh guruhlari bo'yicha «Uchinchi ming yillikning bolasi»
Davlat Dasturining sifatli bajarilishi jarayonini; ish praktikasiga joriy qilish maqsadida
tarbiyachilarning ilg'or tajribalarini; maktabgacha yoshdagi bolalarga ta‘lim va tarbiya berishning
aktual masalalarini, tarbiyachilaming nazariy va uslubik tayyorgarliklarini oshirish masalalarini va
maktabgacha ta‘lim muassasasi faoliyatining boshqa masalalarini muhokama qiladi.
Pedagogik kengashlar kun tartibini belgilashda barcha qatnashchilarni qiziqtiruvchi
tematikaning kengligini, aktualligini ta‘minlash zarur. Faqat shundagina pedagogik kengashda ish
muhiti hukm suradi, masalalar muhokamasi sermahsul va aktiv bo‗ladi. Pedagogik kengash
tarkibiga: uslubchi, tarbiyachilar, musiqa rahbari, maktabgacha ta'lim muassasasiga xizmat
ko'rsatuvchi vrach, katta hamshira, kasaba uyushma qo‗mitasining raisi, ota-onalar qo‗mitasining
raisi kiradi. Pedagogik kengash yig‗ilishiga jamoat tashkilotlarining vakillari, maktablar
o‗qituvchilari, maktabgacha ta‘lim muassasasi tarbiyalanuvchilarining ota-onalari taklif etilishi
mumkin. Pedagogik kengash maktabgacha muassasaning yillik ish rejasiga kiritilgan va pedagoglar
pedagogik kengashi tomonidan tasdiqlangan reja bo‗yicha ishlaydilar. Maktabgacha ta‘lim
muassasalarida kollegial organ hisoblangan pedagogik Kengashlar tashkil etilib, u pedagogik
xodimlar, ota-onalar, homiylarni birlashtirib, maktabgacha ta‘lim Davlat talablari asosida
muvofiqlashtirilgan ta‘lim-tarbiya jarayonini takomillashtirishga xizmat qiladi. Pedagogik Kengash
Do'stlaringiz bilan baham: |