Ma’ruza matni


-MODUL MAKTABGACHA TA’LIMNING METODIK BOSHQARUVIDA



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/268
Sana08.06.2022
Hajmi3,17 Mb.
#642936
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   268
Bog'liq
Maktabgacha ta\'limda boshqaruv va menejment.

 
13-MODUL MAKTABGACHA TA’LIMNING METODIK BOSHQARUVIDA 
USLUBCHINING ROLI 
15-MAVZU: MAKTABGACHA TA‘LIM MUASSASASI USLUBCHISINING METODIK 
ISHLARGA RAHBARLIGI. MAKTABGACHA TA‘LIM MUASSASASI USLUBIY 
BOSHQARUVIDA USLUBCHI FAOLIYATINING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. 
Reja:
1. Maktabgacha ta‘lim muassasasi uslubchisi, uning huquqlari 
2. Uslubchi va unga qo‗yiladigan talablar 
3. Uslubchi
ning metodik ishlarga rahbarligi 
Tayanch tushunchalar: 
uslubchi, «Bolajon» dasturi, emotsional-irodaviy, nizom, tarbiyachilar, 
musiqa rahbari, "Ustoz-shogird" an'analari 
1. Maktabgacha ta‘lim muassasasi uslubchisi, uning huquqlari 
«Maktabgacha taʼlim to‘g‘risida»gi Nizomda maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish va 
kadrlar tayyorlash ishlarini amalga oshirish, rahbarning xuquq hamda kafolatlari belgilab berilgan. 
Maktabgacha taʼlim muassasasi nizomida uslubchining xuquq va vazifalari aniq belgilab berilgan. 
U taʼlim-tarbiya uslublarini mukammal egallagan, siyosiy ongi, dunyoqarashi keng, yuksak 
maʼnaviy fazilatlar sohibi, tadbirkor, kamida bitta xorijiy tilni biladigan pedagoglar orasidan 
tayinlanadi.
Maktabgacha taʼlim muassasasi uslubchi zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatiladi: 
— muassasadagi taʼlim-tarbiya ishlariga metodik rahbarlikni amalga oshiradi; 
— «Bolajon» dasturining bajarilishini taʼminlaydi va nazorat etadi, taʼlim-tarbiya ishlarining to‘g‘ri 
tashkil etilishi uchun javob beradi; 
— ilg‘or pedagogiq tajribani o‘rganish, umumlashtirish va ommalashtirishga masʼuldir; 
— Pedagogik kengashda ko‘rib chiqish uchun zarur materiallarni tayyorlaydi; 


MA‘RUZA MASHG‘ULOTLARI. 
130 
— muassasadagi metodik kabinetning ishini tashkil qiladi; bolalarning yoshlariga muvofiq 
pedagogik qo‘llanmalar va uyinchoqlarni tanlaydi; 
— ota-onalar urtasida pedagogik bilimlarni targ‘ib etish, turli guruh tarbiyachilari, shuningdek 
maktabgacha taʼlim muassasasi va umumtaʼlim maktablari urtasidagi o‘zaro munosabatlarda 
uzviylikni taʼminlashga yunaltirilgan ishlarni tashkil etadi. 
O'z hamkasblarining hurmatini qozonishi va ularga o'z vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishlarida 
yordam berish uchun metodist qanday rahbarlik sifatlariga ega bo'lishi lozim.
Metodist faqat yaxshi nazariy tayyorgarlikkagina emas, balki bilimlarni amalda qo'llash 
ko'nikmasiga ham ega bo'lishi zarur.
Tajribali metodistning tashabbuskorligi va ishga ijodiy yondoshishi: g'oyalarini umumlashtira 
bilish, maqsadga muvofiq ishlash, har bir tarbiyachining imkoniyat va qobiliyatlarini hisobga 
olishiga qarab farqlanadi.
Metodist talablarni qo'yishda talabchan va qat‘iy bo'lishi kerak. Rahbarning o'ziga 
bo'ysunuvchilar bilan muloqotning emotsional-irodaviy tomonini ifodalovchi bu sifatlar rahbarlik 
uslubining muhim xislatini, talabchanlikni hosil qiladi. Yuksak talabchanlikni sezgirlik, 
xayrixohlik, odamlarga hurmat bilan birga olib borish zarur. Talabchanlik - bu qattiqqo'llik degan 
gap emas. Buyruqlar, qattiq tanbehlar, xayfsanlarning foydasidan ko'ra zarari ko'proq va bu odatda 
rahbarning kuchliligidan emas, balki zaifligidan dalolat beradi. 
Maktabgacha ta'lim muassasasi metodistining ta'lim tarbiyaviy faoliyatining samaradorligi 
uning obro'si ko'p jihatdan pedagoglar jamoaning jipslashganligiga, eng avvalo, butun maktabgacha 
muassasa rahbar yadrosida birlik va o'zaro tushunishning mavjudligiga bog'liq bo'ladi.
Tarbiyachilarning aniq intizomi va ishda uyushqoqligini ta'minlash; jamoada jamoa fikrini, 
tarbiyachilarning bir-birlarining kamchiliklariga tanqidiy munosabatini shakllantirish, mehnat 
faolligi va ijodiy ishlash ehtiyojini rag'batlantirish; qabul qilingan qarorlar yechimini ta‘minlash 
kabi ijtimoiy-psixologik masalalarni hal qilish metodist uchun birlnuncha murakkablik qiladi.
Har bir yosh mutaxassis ishini endi boshlayotgan yosh tarbiyachi maslahatlar olib turishi uchun 
unga tajribaliroq murabbiy va obro'liroq tarbiyachini biriktirish lozim.
Yosh mutaxassisning kasb mahoratini egallab olishi osonlik bilan bo'lmaydi. Mana shuning 
uchun ham yosh pedagog ishining ilg'or metodlari va usullarini egallashga, o'z bilimlarini doimo 
to'ldirib borishga, erishilganlar bilan cheklanmay, tarbiya turlarini egallash ishtiyoqini singdirishga 
yo'llash metodistning vazifasi hisoblanadi. 

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish