MA‘RUZA MASHG‘ULOTLARI. 124
14. Maktabgacha ta‘limga qamrab olinmagan bolalarni maktab ta‘limiga tayyorlash, ularni har
tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish maqsadida nodavlat maktabgacha
ta‘lim muassasalarida qisqa muddatli guruhlar tashkil etiladi.
Nodavlat maktabgacha ta‘lim muassasalarida qisqa muddatli guruhlar uchun 4 soatli ish tartiblari
joriy etiladi.
15. Nodavlat ta‘lim muassasalarida qisqa muddatli guruhlar qonun hujjatlariga muvofiq olingan
litsenziya asosida muassis qarori bilan tashkil etiladi.
16. Nodavlat maktabgacha ta‘lim muassasasida tashkil etilgan qisqa muddatli guruhlarda moddiy-
texnik va kadrlar ta‘minoti muassis tomonidan belgilanadi.
17. Nodavlat maktabgacha ta‘lim muassasasida qisqa muddatli guruhlarni qayta tashkil etish yoki
tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muassisning qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
4-bob. Nodavlat maktabgacha ta‘lim muassasasiga bolalarni qabul qilish 18. Nodavlat maktabgacha ta‘lim muassasasiga bolalarni qabul qilish tegishli tibbiy xulosa asosida
amalga oshiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta‘lim muassasasiga bolalarni qabul qilish va ularni chiqarish tartibi
nodavlat maktabgacha ta‘lim muassasasining ustavi bilan belgilanadi.
19. Nodavlat maktabgacha ta‘lim muassasasi guruhlaridagi bolalar soni davlat maktabgacha ta‘lim
muassasalari uchun belgilangan me‘yordan ortiq bo‘lmasligi kerak.
20. Nodavlat maktabgacha ta‘lim muassasasida o‘quv yili joriy yilning 2 sentyabridan boshlanadi
va keyingi yilning 1 iyunida tugallanadi. Ushbu davr oralig‘ida sog‘lomlashtirish davri davom
ettiriladi.
5-bob. Ta‘lim-tarbiya jarayoni qatnashchilari 21. Nodavlat maktabgacha ta‘lim muassasasida bolalar, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi
shaxslar (keyingi o‘rinlarda ota-onalar deb ataladi), pedagog xodimlar, vasiylik kengashi a‘zolari
ta‘lim-tarbiya jarayonining qatnashchilari hisoblanadi.
Nodavlat maktabgacha ta‘lim muassasasida vasiylik kengashlari tashkil etiladi, ularni saylash tartibi
va ularning vakolatlari nodavlat maktabgacha ta‘lim muassasasining ustavida belgilanadi.
22. Nodavlat maktabgacha ta‘lim muassasasi bolalarni qabul qilishda ota-onalarni o‘z ustavi, kun
tartibi, ta‘lim-tarbiya dasturlari va boshqa hujjatlar bilan tanishtirishi shart.
23. Nodavlat maktabgacha ta‘lim muassasasi bilan ota-onalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar ushbu
muassasaning ustavi hamda shartnoma bilan tartibga solinadi. Ota-onalar bilan tuzilgan shartnoma
bolalarning ushbu muassasada bo‘lish vaqtini, ta‘lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda tomonlarning
huquqlari, majburiyatlari hamda javobgarligini o‘z ichiga oladi.
24. Ota-onalar quyidagi huquqlarga ega:
o‘z bolalari uchun ta‘lim-tarbiya shakllarini, nodavlat maktabgacha ta‘lim muassasasida ta‘lim
berish tilini tanlash;
nodavlat maktabgacha ta‘lim muassasasida bolalarga ta‘lim-tarbiya berish uchun zarur shart-
sharoitlar yaratilishini hamda bolaning shaxsiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishni talab
qilish;
nodavlat maktabgacha ta‘lim muassasasi bilan tuzilgan shartnoma shartlarida belgilangan tartibda
kun davomida o‘ziga qulay bo‘lgan vaqtda bolalarni maktabgacha ta‘lim muassasasidan olib ketish
huquqiga ega.
Ota-onalar qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari
mumkin.