Bog'liq Maktabgacha ta\'limda boshqaruv va menejment.
MA‘RUZA MASHG‘ULOTLARI. 98
11. "Ilk qadam" dasturi, metodik qo'llanma va boshqa yangi metodik nashrlar, shuningdek, taTim-
tarbiya jarayo- niga doir ilmiy maqolalarni o'rganadi va muhokama qiladi.
12. Maktabgacha ta'lim boshqaruv organlari ko'rsatmasi bilan sohaga oid yaratilayotgan yangi
dastur, qollanmalarni tahlil qiladi va asoslangan xulosalar taqdim etadi.
13. Maktabgacha ta‘lim muassasalarini maxsus sanitariyagigiyena talablari asosida jihozlanishiga
metodik yordam beradi.
14. Tuman (shahar) miqyosida tegishli yo'nalish bo'yicha zamonaviy pedagogik texnologiyalar,
ilg'or ish tajribalarini o'rganishga yo'naltirilgan o'quv-metodik seminarlarni tashkil etadi.
15. Tuman (shahar) miqyosida tarbiyachilarning uzluksiz malaka va mahoratlarini oshirib
borishlarini ta'minlaydi.
16. Tuman (shahar) maktabgacha ta'lim muassasalarining ilg'or pedagogik tajribalari, ijodkor
tarbiyachilari haqida axborotlar bazasini tashkil etadi.
17. Ta'lim muassasalarida turli yo'nalishdagi to'garaklar faoliyati va noan'anaviy guruhlarning
ishlarini o'rganadi, ularga tegishli yordam ko'rsatadi.
18. Tuman (shahar) miqyosida o'tkaziladigan ikkinchi bosqich ko'rik-tanlovlarni o'tkazishga
yordam beradi.
19. Ta'lim muassasalarining yangi o'quv-uslubiy adabiyotlar bilan ta'minlanishini nazorat qiladi.
4. Metodika uyushmasining ishini tashkil etish va unga rahbarlik qilish - Tuman (shahar) miqyosida maktabgacha ta'limning bir necha yo'nalishlari, shuningdek
(maktabgacha ta'lim muassasasi rahbari, metodist, tarbiyachi, psixolog, musiqa rahbari, jismoniy
tarbiya yo'riqchisi, logopedlar uchun) bittadan Metodika uyushmasi tashkil etiladi.
- Metodika uyushmasiga har bir ta'lim muassasasidan bir va bir necha pedagog xodim muassasa
rahbarining tavsiyasi va buyrug'i bilan a'zo qilib olinadi.
- Metodika uyushmasiga tegishli ta‘lim yo'nalishi bo'yicha tuman (shahar)ning eng ijodkor va
tajribali tarbiyachi mutaxassisi rais etib saylanadi va uyushma yig'ilishiga rahbarlik qiladi.
- Metodik uyushma raisi va uning a'zolari uyushma faoliyatiarini jamoatchilik asosida yuritadilar.
- Metodik uyushma faoliyatiga bog'liq barcha tashkiliy ishlar va hujjatlarni yuritish tuman (shahar)
ta'lim muassasalarining o'quv-tarbiya jarayonini metodik ta'minlash kichik guruhining maktabgacha
ta'lim yo'nalishi metodisti zimmasiga yuklatiladi.
- Uyushma faoliyati tuman (shahar) ta'lim muassasalarining o'quv-tarbiya jarayonini metodik
ta'minlash kichik guruhining huzuridagi Metodik kengash tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
- Metodika uyushmasi yig'ilishi har ikki oyda bir marta o'tkazilishi va yig'ilish ma'lum bir masalani
muhokama qilishi yoki o'quv seminari tashkil qilishi mumkin.
- Metodika uyushmasi yig'ilishlarida muhokama etilgan masalalar majlis bayonnomasida aks
ettirilishi va qabul qilingan qaror yuzasidan tegishli ko'chirma taqdim etilishi zarur.
- Yig'ilish bayonlari daftari, uyushma ish rejasi va hisoboti tuman (shahar) metodika kabinetida uch
yil saqlanadi.
Metodika uyushmasi hujjatlari: Metodika uyushmasi quyidagi hujjatlar asosida faoliyat yuritadi:
yillik ish rejasi;
yig'ilish bayonnomalari;
hisobotlar;
metodika kengashiga taqdim etilgan va muhokamadan o'tgan ishlarning chop etilgan va
elektron nusxasi.