MA‘RUZA MASHG‘ULOTLARI.
94
- Institut ilmiy-metodik va tashkiliy ishlarining asosiy yo'nalishlarini ta'minlash va belgilash,
samarali qayta tayyorlash va malaka oshirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini tahlil qilish va
muvofiqlashtirish, ma'naviy-ma'rifiy ishlarni takomillashtirish;
- qayta tayyorlash va malaka oshirishning davlat talablari, o'quv rejalari va dasturlar bajarilishini
ko'rib chiqish;
- Institut kafedralari va bo'limlarini ochish, ularning faoliyatini o'zgartirish va tugatish bilan bog'liq
masalalarni ko'rib chiqish;
- Institut doktorantlari va izlanuvchilari bilan menejment (ta'limni boshqarish] bo'yicha ilmiy
faoliyat olib borish;
- darsliklar, o'quv qo'llanmalari, ilmiy, o'quv-metodik adabiyotlarni e'lon qilish masalalarini ko'rib
chiqish;
- Institutni rivojlantirishning joriy (yillik) va istiqbolli rejalarini tasdiqlash.
2. Maktabgacha ta'lim metodikasi xonasi va metodika kabineti ishining mazmuni va asosiy
shakllari
Respublika maktabgacha ta'lim metodikasi xonasi O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha
ta'lim vazirligi huzurida tashkil etilib, mazkur soha bo'yicha yetakchi tuzilma sifatida barcha
maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini uslubiy jihatdan boshqaradi va muvofiqlashtirib boradi.
Respublika maktabgacha ta'lim metodikasi kabineti o'z faoliyatida amaldagi qonunchilik,
Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan chiqarilgan qarorlar, farmoyishlar va boshqa me'yoriy
hujjatlarga asoslanib ish yuritadi.
Respublika maktabgacha ta'lim metodikasi kabineti Qori Niyoziy nomidagi O'zbekiston
Pedagogika fanlari ilmiytadqiqot instituti, Abdulla Avloniy nomidagi maktabgacha ta'lim
xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziy instituti, Maktabgacha muassasalar
xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, Viloyat pedagog kaidrlarni qayta
tayyorlash va malakasini oshirish instituti va boshqa ilmiy muassasalar bilan mustahkam hamkorlik
aloqalarini o'rnatadi.
Respublika maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, shahar va tumanlar maktabgacha ta'lim metodikasi
kabinetlariga uslubiy yordam ko'rsatish, pedagogik jarayonlar va ta'limtarbiya ishlarini
takomillashtirish, «Ilk qadam» dasturini to'liq bajarilishini ta'minlaydi;
Ilg'or ish tajribalarni o'rganadi, umumlashtiradi va ommalashtiradi (maktabgacha ta'lim
muassasalari xodimlari, maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetlari, nazoratchimetodist, mudiralar,
metodistlar va tarbiyachilar, murabbiylar faoliyatini tahlil etish asosida);
Maktabgacha pedagogika ilg'or pedagogik tajribalarni, pedagogika, psixologiya va boshqa
ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida qo'lga kiritilgan yutuqlar, xalq pedagogikasi an'analariga
tayangan holda maktabgacha yoshdagi bolalarga ta‘lim-tarbiya berish ishlarini takomillashtirishning
ilmiyuslubiy asoslari, yo'1-yo'riqlarmi ishlab chiqadi.
Metodika kabineti
o'z zimmasiga yuklangan vazifalarga ko'ra: Qoraqalpog'iston Respublikasi,
viloyatlar, shahar va tumanlar maktabgacha ta'lim metodika kabineti ish faoliyatini nazorat etadi va
muvofiqlashtiradi;
maktabgacha ta'lim muassasalaridagi ta'lim-tarbiya ishlar ahvoli va belgilangan rejalarning
bajarilishini o'rganadi;
«Ilk qadam» dasturida ko'zda tutilgan vazifalarni to'laqonli amalga oshirishga qaratilgan chora-
tadbirlarni ishlab chiqadi va bajarilishini nazorat qiladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |