Mikroorganizmlar genotipi va fenotipi haqida tushuncha. Genotip bu muayyan sistemadagi o‘zaro ta’sir etuvchi genlar yig‘indisidir.
Fenotip esa genotip va muayyan tashqi muhit ta’sirida organizmda shakllanadigan barcha belgi va xususiyatlar yig‘indisidir. Organizmda hech vaqt genotipdagi barcha imkoniyatlar bir vaqtda yuzaga chiqmaydi. Har bir organizmning fenotipi bu muayyan sharoitda genotip va tashqi muhit ta’sirida qisman belgi va xususiyatlarning shakllanishidir.
Mikroorganizmlar genetikasida tekshirish ishlari kulturalarda ya’ni million va milliard hujayra yig‘indisida olib boriladi. Mikroorganizmlardagi belgilar bir qancha gruppalarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |