6-MAVZU. MIKROORGANIZMLAR GENETIKASI. IRSIYaT VA O‘ZGARUVChANLIK.
Mavzuning maqsadi: Talabalarni mikroorganizm irisiyati va o‘zgaruvchanligini bilan ilmiy asosda tanishtirish.
Reja.
Mikroorganizmlar genotipi va fenotipi. Ulardagi o‘zgaruvchanlik.
Mikroorganizmlar genetikasi sohasida G.A.Nadson va G.S.Filipov ishlari.
Mutatsiyalar.
Genning strukturasi va ta’siri.
Hujayradagi oqsil sintezi
Genning ta’siri.
Adabiyotlar: 1: 48-50; 2: 40-49.
Asosiy tushunchalar: mutant, episoma, prototrof kultura, auksotrof kultura, transkripsiya, translyatsiya.
Mikroorganizmlarda ham, xuddi boshqa tirik jonivorlardagi kabi, muayyan turga xos belgilar nasldannaslga o‘tadi. Lekin tashqi muhit ta’siri ostida bir turdagi morfologik, fiziologik xossalar o‘zgarishi mumkin. Masalan, Lui Paster kuydirgi qo‘zg‘atuvchisida sun’iy yo‘l bilan qaytmas o‘zgarishlar hosil sildi va shu kasalliklardan saqlaydigan vaksinalar ishlab chiqdi. N. F. Gamaleya oziq muhitiga litiy xlorid qo‘shilganida vabo vibrionining morfologiyasi o‘zgarishini kuzatdi. Bu misollar yashash sharoitiga qarab mikroorganizmlar o‘z xossalarini o‘zgartira olishini ko‘rsatadi.
Irsiyat bilan o‘zgaruvchanlik bir-biri bilan chambarchas bog‘liq ikki protsess bo‘lib, tiriklikning asosini tashkil etadi. Hozirgi vaqtda mikroorganizmlarning irsiy xususiyatlari va o‘zgaruvchanligi boshqa organizmlarnikiga qaraganda yaxshi o‘rganilgan.
1925 yilda G. A. Nadson va G. S. Filippov achitqi zamburug‘lariga rentgen nurlarini ta’sir ettirib, yangi mutatsiyalar olishga muvaffaq bo‘lganlar. Ulardan keyin 1928—1932 yillarda M. N. Meysel achitqilarga xloroform va kuchsiz sian tuzlari ta’sir ettirib, yangi mutatsiyalar olgan. Mikroorganizmlarda genetika qonuniyatlarini o‘rganish muhim ahamiyatga ega, chunki bakteriyalarning tez bo‘linishi va naslining nihoyatda ko‘p, mayda bo‘lishi va kam joyni egallashi ularni nihoyatda qulay ob’ekt qilib qo‘yadi. Masalan, ichak tayoqchasi ko‘payar ekan, har 15 minutda bo‘linib turadi, bitta hujayra naslining soni 18—24 soatdan ksnin 1 mm3 da 24 milliardgaetadi.
Mikroorganizmlarda fenotipik (nasldannaslga o‘tmaydigan)
va genotipik (nasldannaslga o‘tadigan) o‘zgaruvchanlik farq qi
linadi. Bular hujayraning ikki asosiy xususiyati: genotipi bi
lan fenotipiga bog‘liqdir.
Genotip hujayradagi umumiy genlar majmuasi (yig‘indisi) dir. U organizmning butun bir gruppa xossalarini, tashqi muhitning har xil sharoitida turlicha namoyon bo‘ladigan xossalarini belgilab beradn. Biroq, genotip har kanday sharoitda nisbiy doimiyligini saklab qoladiki, bu hol mikroorganizmlar turlarini birbiridan farq qilib, ajratib olishga imkon beradi.
Fenotip har bir individuumdagi morfologik va fiziologik xossalarning umumiy kompleksidir. Fenotip go‘yo ma’lum bir konkret yashash sharoitida genotip xarakterining tashqi ko‘rinishi ifodasidir,
Genotip hujayraning umumiy yuzaga chiqishi mumkin bo‘lgan xususiyati bo‘lsa, fenotip ushbu xususiyatlarning ko‘zga ko‘rinadigan ifodasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |