Ma’ruza matni Toshkent – 2014 1-mavzu. Kirish. Mikrobiologiya fanining maqsadi va vazifalari



Download 0,81 Mb.
bet63/72
Sana18.02.2022
Hajmi0,81 Mb.
#453594
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   72
Bog'liq
127753 56803 Микробиология

Adabiyotlar: 1: 70-73; 2: 63-67.
Asosiy tushunchalar: proteolitik ferment, urebakterium.

Yer yuzidagi barcha tirik organizmlar qachonlardir o‘lik materiyadan hosil bo‘lgan, shu bilan birga o‘lik materiyadan keskin farq qiladi, lekin u bilan doim munosabatda bo‘ladi. Ya’ni jonsiz va jonli tabiatdagi o‘zgarishlar doimiy va uzluksizdir, moddalar bir holatdan ikkinchi holatga o‘tib turadi, organik moddalar hosil bo‘ladi, ular yana parchalanib turadi. Bu moddalarning kichik biologik anlanish doirasidir. Bu doirada tirik moddani tashkil etgan ximiyaviy elementlardan S, N. S, R ning tabiatda aylanishi muxim ahamiyatga ega, chunki bu elementlar oqsil tarkibiga kiradi.


Usimliklar atmosferadagi erkin azotni va organnk moddalar tarkibidagi azotni o‘zlashtira olmaydi. Ular faqat mineral holdagi azotli birikmalardan: ammoniyli va azotli tuzlardan. foydalanadi, xolos. Agar podzol tuproqlar haydalma qatlamining 1 gektarida 6000 kg azot bo‘lsa, shundan o‘simliklar o‘zlashtira oladigany 1% ni tashkil etadi. Lekin bu azot ekinlardan hatto bir marta yaxshi xosil olish uchun ham yetmaydi.
Demak, yer yuzida hayot davom etishi uchun o‘simliklar va hay vonlar tomonidan xosil bo‘lgan organik moddalar doim parchalanib turishi kerak. Organik moddalarning parchalanishida mikroorganizmlarning roli nihoyatda katta. Ular hayot protsessi natnjasida organik moddalarni parchalaydi va SO2, N2O, NN3, HNO3, S, R va boshqa anorganik moddalar xosil qiladi, bu moddalar yana aylanish doirasiga o‘tadi. Tabiatda moddalar doim va uzluksiz aylanib turishini V. L. Omelyanskiy ta’kidlab o‘tgan
Tabiatda azot zapasi juda ko‘p, havo tarkibida 4/5 qismni azot tashkil etadi. 1 ga yer ustidagi xavoda 80000 t azot bo‘ladi. Yer yuzida yashab turgan organizmlardagi azotning mikdori 20— 25 milliard tonnani tashkil etadi.
Podzol tuproqlar xaydalma qatlamining 1 gektarida 6 t, qora tuproklarda 18 t azot bo‘ladi. Mikroorganizmlarning ayrimlari organik moddalarni parchalab, mineral moddalar hosil qiladi. Bu mineral moddalarni o‘simliklar o‘zlashtiradi, ikkinchi tomondan azotfiksatorlar xavodagi azotni o‘zlashtirib, undan organik moddalar sintezlaydi. Shunday qilib, azot tabiatda aylanib yuradi. Azotning tabiatda aylanishida: ammonifikatsiya, nitrifikatsiya, denitrifikatsiya va azotofikatsiya protsesslari boradi.
Ammonifikatsiya protsessi. Usimliklar va x,ayvonlar qoldig‘ida juda ko‘p miqdorda organik moddalar bo‘ladi. Ularning mineral moddalarga aylanishi o‘simliklarning azot bilan oziqlanishi uchun muxim ahamiyatga ega. Oqsillarning chirishi protsessida NHz hosil bo‘lgani uchun ammonifikatsiya protsessi deyiladi. Chirish protsessi aerob va anaerob sharoitda boraveradi, lekin aerob sharoitda tezlashadi. Chirituvchi mikroorganizmlar gruppasiga xilmaxil bakteriyalar misol bo‘ladi.
Anaeroblardan eng keng tarqalgani bo‘lib, tayoqcha shaklida, uzunligi 5—6 nm, diametri 0,6—0,8 nm, peritrixa tipda xivchinlargan. Spora xosil qilganda hujayrasi baraban tayoqchasi shakliga kiradi. Bu bakteriya asosan oqsillarni parchalaydi. Patogen chirituvchi bakteriyalarga qoqshol kasalligini keltirib chikaruvchi misol bo‘ladi.
Fakultativ anaeroblarga ichak tayoqchasi — Eschirichia va protey tayoqchasi — Vas. proteus misol bo‘ladi. Peretrixa tipda xivchinlangan harakatchan, uzunligi 1—3 nm, diametri, 0,5—1 nm ga teng.
Vas. mezentericus oqsillarni aerob sharoitda parchalaydigan bakteriyalardir. Bularning hammasi spora hosil qiladi. Kichik tayoqchasimon Pseudomonas fluiorenses spora xosil qilmaydi.
Oqsillar parchalanganda suv, karbonat angidrid, ammiak, vodorod sulfid, metilmerkaptan (SN3SN) hosil bo‘ladi. yoqimsiz hidli indol, skatal ham hosil bo‘ladi. Bunda oqsillarga eng avval proteolitik fermentlar ta’sir etib, peptonlar, polipeptidlar va aminokislotalar xosil kiladi. V. N. Shaposhnikov k^fsatganidek, oksillarning parchalanishi ikki yo‘l bilan boradi:
Birinchidan, aminokislotalar bakteriyalar tanasining tuzilishi uchun sarflanadi; ikkinchidan, aminokislotalardan uglerod manbai sifatida fondalaniladi. Bu protsessda hosil bo‘lgan ortiqcha NH2 gruppa NH3 ga aylanadi yoki NH3 organik kislotalar bilan bog‘lanadi. Reaksiya oxiriga yetmasdan ba’zi kislotalar yoki spirtlar hosil bo‘lishi mumkin. Masalan, alanin aminokislotasidan pirouzum kislota va ammiak hosil bo‘ladi:
Tuproqda organik moddalarning parchalanish protsessh iklim sharoiti, tuproq namunasi va qo‘llanilgan agrotexnika usullariga bog‘liq holda turlicha borishi mumkin. Masalan, Urta Osiyoning bo‘z tuproqlarida ammonifikatsiya juda tez boradi, chunki temperatura ancha yukori va baxorda namlik yetarli bo‘ladi. Aksincha, Shimoliy rayonlarda temperatura past bo‘lganligi uchun bu protsesslar juda sekin boradi. Qora va kashtan tuproqli zonalarda ham organik moddalarning parchalanishi sekin boradi.
Oqsillarning parchalanishi uchun optimum temperatura 25—30° bo‘lishi, shuningdek, parchalanadigan mahsulotda yetarli darajada namlik bo‘lishi kerak.
Mochevinaning parchalanishi. Mochevinani ammonifikatorlarning alohida gruppasi bo‘lgan urobakteriyalar parchalaydi. Bu bakteriyalarni 1862 yili Lui Paster kashf etgan. Urobakteriyalar mochevinani parchalab, N2O, NN3 va SO2 hosil qiladi:

Urobakteriyalar aerob tipda nafas oluvchilar bo‘lib, bularda ureaza fermenti bo‘lganligi uchun mochevinani parchalaydi. Mochevinani parchalab, ammoniy tuzlari hosil qilish urobakteriyalar uchun muxim ahamiyatga ega, chunki ular mochevinadan na uglerod, na azot manbai sifatida foydalana olmaydi. Bu bakteriyalar ammoniyli tuzlarda, organik kislotalarning tuzlarida yaxshi rivojlanadi. Urobakteriyalarning elektiv kulturasini qo‘yganda mochevina miqdori 3—10% bo‘lishi kerak, natijada urobakteriyalar ko‘p miqdorda (NH4)2S03 hosil qiladi va muhitning rN ishqoriy tomonga o‘zgaradi. Urobakteriyalar uchun rN 7,5—8,5 bo‘lishi kerak. Bu bakteriyalar yumaloq va uzun tayoqcha shaklida bo‘lishi mumkin Ko‘pchiligi spora hosil qiladi. Masalan, spora hosil qiladi. Yirik, harakatchan, peritrixa tipda xivchinlangan, spora xchosil qiladi. Spora xosil kilmaydigan tayoqchasimon bakteriya.
Savollar:

  1. Mikorganizmlar tomonidan azotli birikmalar qanday o‘zlashtiriladi?

  2. Chirituvchi bakteriyalarning faoliyati haqida.

  3. Urebakteriyalar tomonidan mochevina qanday parchalanadi.




Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish