Sellyulozaning anaerob yo‘l bilan bijg‘ishi. Sellyulozaning anaerob yo‘l bilan bishg‘ishini V. L. Omelyanskiy aniqlagan. Uni parchalaydigan bakteriyalar anaerob sharoitni talab qiladi. Bakteriyalar baraban tayoqchasiga o‘xshash spora hosil qiladi. Ulardan biri sellyulozani moy kislotali bijg‘ishga o‘xshash bijg‘itadi, sirka kislota, karbonat angidrid va metan hosil qiladi. Ikkinchi bakteriya esa metan o‘ringa vodorod hosil qiladi.
Birinchi bakteriyani Omslyanskiy deb atagan. Bu bakteriya 10—12 nm uzunlikdagi spora hosil qiladi va hujayrasi nogora cho‘piga o‘xshab ketadi. Ikkinchi bakteriya Vas. cellylosae. U maydaroq spora hosil qiladi va nog‘ora cho‘piga o‘xshab ketadi.
Metanli bijg‘ishda ko‘p miqdorda SO2, SN4 va sirka kislota hosil bulsa, moy kislota esa kam hosil bo‘ladi. Ikkinchi vodorodli bijg‘ishda S02 va N2 kam hosil bo‘lsa, moy va sirka kislota ko‘proq hosil bo‘ladi. Bundan tashqari, chumoli va valerian kislotalar ham xosil bo‘ladi. Hozirgi vaqtda faqat bitta bakteriya sellyulozaning bijg‘ishida ishtirok etishi ma’lum bo‘ldi. Sellyulozani anaerob yo‘l bilan parchalovchi bakteriyalar suv havzalarining cho‘kindilarida ko‘p uchraydi. Tuproqda sellyulozani parchalashda zamburug‘lar aktinomitsetlar, aerob bakteriyalarnnng ayrim turlari ishtirok etadi.
Sellyulozaning aerob yo‘l bilan parchalanishi. Sellyulozaning aerob yo‘l bilan parchalanishida ko‘pincha bakteriyalar, aktinomitsetlar va zambururlar ishtirok etadi. Odatda, sellyuloza parchalanganda shakarlar, yuqori molekulali organik kislotalar hosil bo‘ladi. Oraliq mahsulotlar sifatida esa oksikislotalar hosil bo‘ladi. Bulardan azotobakter va klostridium oziq sifatida foydalanadi. Azotobakter va klostridium tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, 1929 yili S. N. Vinogradskiy tomonidan aniqlangan. Petri kosachasiga mnneral tuzlar aralashmasida ho‘llangan filtr Qoroz qo‘yiladi va ozgina tuproq qo‘shiladi. Unda (zangori, yashil yoki kul rangli) koloniyalar xosil bo‘lsa, sellyulozani parchalovchi bakteriyalar borligini ko‘rsatadi. Vinogradskiy sellyulozani parchalaydigan va spora xrsil qilmaydigan aerob bakteriya borligini annqlagan.
1) Spirohaeta sytoophaga — uchlari bir oz qayrilgan, sellyuloza unga zarur oziq hisoblanadi.
2) Cellvibrio — uchi bir oz qayrilgan, uzun tayoqchasimon bakteriya.
3) Cellfacicula — uchi qayrilgan kalta tasqchasimon mikrob.
Bu mikroblar ta’sirida sellyuloza kuchli parchalanadi. Bulardan tashqari, sellyulozann aktiromitsetlar, pennsillium aspergillus, mog‘orlar va boshqa aerob mikroblar ham parchalashi mumkin.
Sellyuloza parchalanishining odam hayoti uchun foydali va zararli tomonlari bor. Foydali tomoni shundaki, yerning unumdorligini oshiradi. Bundan tashqari, sellyulozani parchalaydigan mikroblar o‘txo‘r hayvonlarning ovqat xazm qilish protsessida muhim rol o‘ynaydi, dag‘al xashaklarning hazm bo‘lishini oshiradi. Lekin zararli tomoni shundaki, qog‘oz va yog‘ochning sifatini buzadi, ayniqsa Merilius avlodiga mansub zamburug‘lar qurilishga katta zarar yetkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |