Prokariot va eukariot organizmlar belgilarini o‘zaro taqqoslash
Belgilar
|
Prokarnotlar
|
Eukariotlar
|
Yadro
|
Mitoz yo‘li bilan bo‘ linadi yadro membranasi yo‘q
|
Mitoz yo‘li bilan bo‘li nadi yadrosi membrana bilan o‘ralgan
|
DNK inpg holati
|
Gistonlar bilan bog‘ lanmagan alohida mo lekulalar
|
Gistonlar bilan boglangan holda xromosomalarda joylashgan
|
Membranalarning tarkibi
|
Sterollar uchramaydi
|
Sterollar bor
|
Nafas olish sistemasi
|
Membranalar yoki mezosomalar nafas olish sistemalari. Mitoxondriyalar uchramaydi
|
Mitoxondriyalar mavjud, nafas olish sistemalari membranalar bilap o‘ralgan organellalar
|
Ribosomalarning kattaligi
|
70S
|
80S
|
Sitoplazmaning harakati
|
Sitoplazma harakatlanmaydi
|
sitoplazianing harakati aniq
|
Hujayra po‘sti
|
Ximiyaviy tarkibida peptidoglikanlar kompleksi bor
|
Hujanra pusti organik va aporganik moddalardan tuzilgan
|
X i v ch i n l a r
|
Bir yoki bir necha fibrillalardan tash kil topgan juda nozik va mayda
|
Mayda, har bir xipchin 20 ta fibrilladan tashkil topgan: ular 2x9x2 hola tidagi gruppalarda to‘plangan
|
Vakuolasi
|
Kamdankam uchraydi
|
Doim uchraydi
|
Hujayralarning quruq moddasi
|
1015 – 1011 g.
|
1011 – 107 g.
|
Antibiotiklarnin ta’siri
|
Pekitsillinga sezgir yoki ta’sirchan
|
Penitsillinga seegir emas, ta’sirchan emas
|
Yuqori temperaturaga chidamliligi
|
75— 90°S
|
40— 600S
|
Gamma nurlarga chidam liligi
|
Chidamliligi yuqori
|
Chidamliligi past
|
Anaerobioz
|
Fakultativ va obli gat
|
Fakultativ
|
Fotosintez protsessi
|
Bakterioxlorofillpngmenti, qaytaruvchilar: N2S va S boshka birikmalari, organik moddalar
|
Xlorofill a, v, s, d yoki ye. Kislorod ajraladi, kaytaruvchi — N2O
|
Jinsiy protsess
|
Meyoz uchamaydi, ba’zi fragmentlariuchraydi va irsiy inform_atsiyaning ma’lum bir qismi o‘tadi
|
Jiksiy prssess sistematik holla uchraydi, meyoz mavjud va xromosomalar hamma irsiy xususiyatlarni o‘tkazadi
|
Xromosomalas soni
|
Bitta xromosoma
|
Birdan ortiq xromosomalar
|
Xromosomalar tarkibi
|
DNK
|
DNK va oqsil
|
Xromosomalar soni
|
Gaploid
|
Ganloid yoki diploid
|
Sitoplazmatnk DNK
|
Plazmidalar va episomalar (membrana bilan o‘ralmagan)
|
Mitoxondriyalar, xloroplastlar, sentriolalar, Golji apparati, kineto somalar (bazal tanzchalari)
|
Gametalar
|
Organizmning O‘zi
|
Organizmning O‘zi yoki meyoz mahsulotlari
|
DNK konsentrotsiyasi grammlarda gaploid yadroga nisbatan
|
4,3 ∙ 1015
|
1,5 ∙ 1012
|
Bakteriyalarning o‘sishi. Agar bakteriyalar yangi tayyorlangan oziq muhitiga ekilsa, birnnchidavrda ular ko‘paymaydi, bu davr lagfaza davri deyiladi, lagfaza davrida bakteriyalar oziq muhitiga moslashadi. rN yoki uning tarkibi organizm uchun qulay bo‘lmasa, unda lagfaza uzoq davom etadi. Bulardan tashkari, bakteriyalar xujayrasn bo‘linishga tayyor bo‘lmasligi eski zapas oziq moddalar yetarli bo‘lmasligi, energiya yetishmasligi natnjasida ham lagfaza davrn cho‘zilib ketadi. Qulay sharoitda lagfaza juda tez o‘tadi:
1. Lagfaza davrida hujayralarda nuklein kislotalar miqdori ko‘payadi, bu esa ko‘plab oqsiya siptezlanishiga olib keladi. Hujayralar suvga to‘yinadi, fermentlarning aktivligi ortadi, buni I. L. Rabotkova va boshkalar (1959) aniqlaganlar.
2. Lagfazadan so‘ng ekspotensial faza boshlanadi, bu fazada xali moddalar almashinuvida zaharli moddalar hosil bo‘lmagan bo‘lib, bakteriyalar tezlik bilan ko‘payadi.
3. Usishni sekinlashtiruvchi faza. Bu fazada endi oziq moddalar kamayadi va moddalar almashinuvi natijasida zaharli moddalar to‘planadi, bu esa hujayralarning ko‘payishiga to‘skinlik kila boshlaydi va hatto hujayralar nobud bo‘ladi.
4. Statsionar faza. Bu fazada yangi hosil bo‘layotgan va nobud bo‘layotgan hujayralar soni teng bo‘ladi.
5. Hujayralarning nobud bo‘lish fazasi. Bu fazada fermentlar nobud bo‘lgan hujayralarni eritib yuboradi.
V. N. Shaposhnikov bijgish protsessi ikki fazadan iboratligini kursatadi. Birinchi fazada mikroorganizmlar soni ko‘payadi, ikkinchi fazada moddalar almashinuvi mahsulotlari ko‘payadi va substratda foydali maxsulotlar to‘planadi.
Bakteriyalarning rivojlanishi. Bakteriyalaoning rivojlanish da bir necha boskich kuzatish mumkin. Masalan, pichan batsillasi — Vas. subtilis yosh vaqtida peretrixi tipda bo‘lsa, keyin xivchinlaripi tashlab, tez ko‘paya boshlaydi va uzun zanjirga aylanadi. Zanjkrdagi xujayralar koloniyasini shilimshiq «zoogleya» o‘rab turadi. So‘ngra xar bir hujanra ichida sporalar hospl bo‘la boshlaydi. Keyin xujayra po‘sti eriydi va sporalar ochilib qoladi. Spora qulay sharoitga tushib qolsa, qaytadan harakatchan batsilla o‘sib chiqadi. Bundan tashqari, rivojlanish shaklini Vas. acetoethylius va ipsimon bakteriya — Sladotrix dichotoma da ham kuzatish mumkin.
Bakteriyalarda spora hosil bo‘lishi. Ba’zi bir mikroorganizmlar noqulay sharoitda vaqtincha tinim davriga o‘tadi, ya’ni spora hosil kiladi. Spora endogen usulda hosil bo‘lsa, u vegetativ hujayra ichida yetiladi. Masalan, oziq yetishmasa, turli tuman toksik moddalar xosil bo‘lsa yoki namlik yetishmasa va boshqa noqulay sharoitda ana shunday holat yuz beradi. Yetilgan sporalarda moddalar almashinuvi juda sekin boradi, lekin qulay sharoit mavjud bo‘lishi bilan sporadan vegetativ hujayra o‘sib chiqadi.
Spora bakteriya hujayrasining bir uchida hosil bo‘lsa, plektradial tip (bunda hujayra baraban tayoqchasiga o‘xshab qoladi), agar o‘rtasida hosil bo‘lsa, klostradial tip (hujayra duksimon shaklda bo‘ladi), tayoqcha shaklida bo‘lsa, batsillyar tip deb ataladi. Spora hosil bo‘lishida bir kancha o‘zgarishlar ro‘y beradi, avval nukleotidlar morfologiyasi o‘zgarib, yumaloq tanachalarga aylanadi, keynn bir nechta nukleotid tutashib ketadi. Protoplazmaning bunday xolati prospora deyiladi. Spora elektron mikroskopda ko‘rilganda, uiing hosil bo‘lishi quyidagicha bo‘ladi (II tablitsa).
1) eng avval xromatin ipchalari bir yerga yig‘ilishi;
2) sporani ajratuvchi to‘siq (septa) xosil bulishi;
3) ona hujayraning protoplastins septa o‘rab olishi;
4) korteksning shakllanishi, ya’ni prosporaning ikki qavat membrana bilan o‘ralishn;
5) spora qavatlarnning shakllanishi;
6) ona hujayraning erib ketishi va ichidan yetilgan spora ajralib chiqishi aniqlangan.
Spora qulay sharoitga tushib qolsa, uning ichiga suv kiradi va u kattalashib tana ekzina qavati yoriladi va ichidan intina bilan o‘ralgan bakteriya hujayrasi chiqadi. Bakteriyalarning o‘sishi uchun fermentlarni aktivlashtiruvchi L — alanin, glyukoza va Mp++ ionlari zarur. 15—60 minut ichida temperatura 65°S ga ko‘tarilsa, muxitning rN optimum darajada bulsa, spora tez o‘sib chiqadi.
Sporalar qutbli yoki ekvatorial usulda o‘sib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |