Ma’ruza matni To’plam tushunchasi


Refleksiv, antirefleksiv, simmetrik, assimmetrik, antisimmetrik va tranzitiv



Download 488,52 Kb.
bet11/14
Sana01.04.2022
Hajmi488,52 Kb.
#523802
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
1-ma\'ruza

Refleksiv, antirefleksiv, simmetrik, assimmetrik, antisimmetrik va tranzitiv. 3-ta’rif. Agar X to‘plamning har bir elementi o’z-o’zi bilan R munosabatda bo’lsa (ya’ni, xRx bajarilsa), uholda R munosabat X to’plamda refleksiv deyiladi.
Masalan, «x = y», «a||b», «x munosabatlar refleksivdir.
4-ta’rif. Agar X to ‘plamning birorta ham elementi uchun xRx bajarilmasa, u holda R munosabat X to ‘plamda antirefleksiv deyiladi.
Masalan, «a < b», «a > b», «a munosabatlar antirefleksivdir.
5-ta’rif. Agar X to’plamda R munosabat berilgan bo’lib, xRy va yRx bir vaqtda bajarilsa, R simmetrik munosabat deyiladi.
Masalan, «a||b», «ab», «a = b» munosabatlari simmetrikdir.
6-ta’rif. Agar X to’plamda berilgan R munosabatda xRy va yRx shartlardan faqat bittasi o ‘rinli bo’lsa, R munosabat asimmetrik munosabatdeyiladi.
Masalan, «a > b», «a < b» munosabatlari asimmetrikdir.
7-ta’rif. Agar X to ‘plamda R munosabat uchun xRy va yRx shartlar faqat x = y bo’lgan holda bajarilsa, u holda R antisimmetrik munosabat deyiladi.
Masalan, «a>b», «ab», «ab», «a soni b sonining bo’luvchisi» kabi munosabatlar antisimmetrik munosabat bo’ladi.
8-ta’rif. Agar X to’plamda berilgan R munosabat uchun xRy va yRz ekanligidan xRz ekanligi kelib chiqsa, u holda R munosabat tranzitiv deyiladi.
M asalan, «a>b», «a=b», «a||b», «a kabi munosabatlar tranzitivdir. Tranzitiv munosabat grafida x dan y ga, y dan z ga bo- ruvchi strelkalar bo’lsa, albatta x dan zga boruvchi strelka ham bo’lishi kerak (I.16-rasm).
9-ta’rif. Har qanday R munosabat refleksiv, simmetrik va tranzitiv bo’lsa, u holda R ekvivalentlik munosabati deyiladi.
Masalan, «a || b», «a = b» kabi munosabatlar ekvivalentlik munosabati bo’ladi.
1-misol. Sinf o’quvchilari orasida «bir oyda tug’ilgan» munosabati berilgan bo’lsin. Bu munosabat refleksiv, chunki har bir A o’quvchi o’zi o’zi bilan bir oyda tugilgan. Munosabat simmetrik, chunki A o’quvchi B bilan bir oyda tugilgan bo’lsa, B ham A bilan bir oyda tugilgan bo’ladi. Munosabat tranzitiv, chunki A o’quvchi B bilan, B o’quvchi Cbilan bir oyda tugilgan bo’lsa, A bilan C ning ham tug`ilgan oyi bir xil bo’ladi. Demak, bu munosabat ekvivalentlik munosabati bo’lar ekan. U sinf o’quvchilarini «bir oyda tugilgan o’quvchilar» sinflariga ajratadi. Bunday sinflar soni ko’pi bilan 12 ta bo’lishi mumkin.
2-misol. Tekislikdagi to’g’ri chiziqlar to’plamida parallellik munosabati ekvivalentlik munosabati bo’lishini ko’rsatamiz. Tekislikdagi to’g’ri chiziqlar kesishmasa yoki ustma-ust tushsa, parallel hisoblanishini eslatib o’tamiz.
Parallellik munosabati:

  1. refleksiv, chunkiixtiyoriyatogrichiziquchuna||aboladi;

  2. simmetrik, chunkia||bbo’lsa, b||abo’ladi;

  3. tranzitiv, chunkia||bvab||cbo’lsa,a||cbo’ladi (parallelto’g’ri

chiziqlarxossasigako’ra).
3-misol. kasrlar to‘plamida tenglik munosabati berilgan.

Bu munosabat:

  1. Refleksiv, chunki ixtiyoriy kasr o‘z-o‘ziga teng;

  2. Simmetrik, chunki x kasrning y kasrga tengligidan y kasrni x kasrga tengligi ham kelib chiqadi;

  3. Tranzitiv, chunki x kasrning y kasrga va y kasrning z kasrga tengligidan x kasrning z kasrga tengligi kelib chiqadi.


Download 488,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish