Ma’ruza matni mavzu. Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari fanining predmeti va vazifasi



Download 324,16 Kb.
bet5/54
Sana13.03.2023
Hajmi324,16 Kb.
#918808
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
Ma’ruza matni mavzu. Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asosla

To’rtinchi davr – O’zbekistonning mustaqillik davrini o’z ichiga oladi. 1991 yil 31 avgustda O’zbekiston Respublikasi mustaqil deb e’lon qilingandan keyin mustaqillikni, yurt farovonligini, xalqning tinchligini, osoyishtaligini saqlash va kelajak avlod haqida qayg’urish, sog’lom, har tomonlama barkamol avlodga e’tibor ustuvor vazifa qilib qo’yildi. Ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanish, rivojlangan huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslash; kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash, pedagogik faoliyatning nufuzi va ijtimoiy maqomini ko’tarish; kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish; ta’lim oluvchilarni ma’naviy-axloqiy, huquqiy tarbiyalashning turli shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish vazifalari hal qilinmoqda.
3. Mavzu.Huquqiy tarbiyaning nazariy asoslari ва ta'lim tizimidagi o’rni.

O`zbekiston huquqiy davlat barpo etish sari qadam qo`yilib, bu yo`lda huquqiy tarbiya, huquqiy ongni takomillashtirish masalalariga katta etibor berib kelinmoqda. Bu masuliyatli vazifada mehnat jamoalarida, bilim maskanlarida va har bir shaxs bilan olib borish borasida ko`p qirrali ishlar qilinmoqda.


Huquqiy tarbiyali bo`lish uchun har bir shaxs umumhuquq bilimga, uni ongli ravishda qabul qilishga va huquqiy madaniyatni alohida bajarishga yetarli darajada huquqiy saboq olish kerak. Lekin hozirgi paytgacha huquqiy tarbiya tushunchasi, uning tushuntirish metodlari olimlarimiz tomonidan to`laligicha yoritilmagan.
Huquqiy tarbiyaning keng va tor ma’noda ko`rish mumkin. Keng ma’noda butun jamoaning, ko`pchilikning ongiga ta’sir ko`rsatishga qaratilgan tarbiya, tor ma’noda esa alohida shaxsga, uning ongiga ta’sir etish yo`llari tushuniladi.
Huquqiy tarbiya natijasida keng omma yoki shaxs o`z hatti – harakatlarining qonuniy ekanligini tushunsa, huquq tartibotni buzmaslikka harakat qilsa o`zini ongli ravishda, huquq normalariga rioya etgan holda boshqara olsa, maqsadga erishilgan bo`lib hisoblanadi.
Demak, huquqiy tarbiya bu- tashkiliy ravishda muntazam olib boriladigan, aniq maqsadni ko`zlagan va shaxsga «guruh shaxslariga» ta’sir qila oladigan, ularda huquqiy ong, huquqiy bilim, qonunlarga rioya qilish xislatlarini vujudga keltiradigan harakatdir.
Ma’lumki, qonunga rioya qilish uchun, eng avvalo uni bilish kerak. Huquqiy tarbiya orqali har bir shaxsning ongiga nima qilmoq mumkin, nima qilmoq mumkin emasligini, jamiyat, davlat undan nimani talab qiladi, qonunlarga rioya etish yo`llari nimadan iborat ekanligini yetkazmoq lozim.
Tartib buzuvchilar orasida o`z hatti-harakatining noqonuniyligini anglamaslik, noqonuniy ekan deb ham uylamaslik va bunday harakatni jazoga loyik emas deb tushunish ko`p uchraydi. Shunday tushuncha hosil bo`lmasligi uchun huquqiy tarbiya jarayonida har bir jamoada o`rnatilgan tartibni buzish, qonun normalariga rioya etmaslik natijasida intizomiy, mamuriy, moddiy yoki jinoiy jazo kelib chiqishini tushuntirish, uqtirish zarur.
Huquqiy tarbiyani kuchaytirishga oltmishinchi yillardan boshlab alohida ahamiyat berilla boshlandi. Shu davrga aytish kerakki, hozirda ham huquqiy tarbiya bilan chambarchas bog`liq holda olib olib borilayapti.
Shaxs va jamiyat o`rtasida vujudga keladigan munosabatlarning rivojlanish printsiplariga mos bo`lishi shaxs faoliyatini yo`naltirib turuvchi hayotiy pozitsiyaga bog`liq. Hayotiy pozitsiya esatarbiya jarayonida shakllanadi. Shu sababdan ibtidoiy jamoa tuzumi davridayoq shaxs tarbiyasini jamiyat o`z na’zoratiga olgan va bu vazifani bajarishga eng dono kishilarga topshirgan. Shaxsni yashashga o`rgatish jamiyat faoliyatining muhim sohalaridan biri bo`lib kelgan. Tarbiyaning ijtimoiy vazifasi shaxsni biror –bir foydali ishga, faoliyatga o`rgatish demakdir. Masalan, yoshlarni biror hunarga, muomalaga, sanatga, yurish turishga va boshqalarga o`rgatish.
Huquqiy tarbiya boshqa turdagi tarbiya bilan o`zaro yaqin. Masalan, shaxsda mehnatga bo`lgan munosabatni shakllantirishda ko`r-ko`rona itoatkorlikka emas, balki jamiyat va davlat manfaatlariga, davlatning tartib va qonunlarini hurmat qilishga o`rgatish lozim.
Axloq normalari bilan huquqiy normalar bir biriga juda yaqin turadi. Shaxs axloqsiz bo`lsa, u qonunlar talabiga rioya qilmaydi. Binobarin, bunday shaxsni huquqiy tarbiyalash samarasiz bo`ladi, hatto jazo choralarini ham to`g`ri yo`lga solish qiyin.
Huquqiy tarbiya tizimi uch tarkibiy qismdan tashkil topadi: davlat belgilangan qonun qoidalarini o`qitish; ularni jamiyat a’zolari o`rtasida tashviqot qilish; o`quvchi yoshlarni qonun qoidalar ijrosida bevosita ishtirok etishga o`rgatish.
Huquq normalarini o`qitish deyilganda davlat organlari tomonidan tasdiqlangan dastur asosida shaxsga bilim berish tushuniladi. Yuridik bilim berish umumiy va maxsus yo`nalishlarda bo`lish mumkin. Masalan, yuridik institutlar, fakultetlarida, «yurist operativ xodim» malakasi beriladi. Xalq maorifi tizimining barcha bug`inlarida aniq dastur asosida umumiy huquqiy bilim beriladi.
Huquqiy normalarni tashviqot qilishda jamiyat a’zolari bilishi lozim bo`lgan qonun qoidalarni, qarorlar, farmonlar, farmoyishlar, buyruq va yo`llanmalarni turli vositalar yordamida aholii orasida tashviqot qilishdir. Huquqiy normalarni aholiga tushuntirish muhim qonunchilik printsipi bo`lib hisoblanadi. Qonunchilik talabiga ko`ra har bir yangi qonun qoida matbuotda elon qilingandan keyin ma’lum vaqt utgach amal qila boshlaydi. Yangi tartib qachondan boshlab joriy qilinishi huquqiy normaning o`zida ko`rsatiladi.
Huquqiy tarbiyaning maqsadi ma’lum vositalar, shakl va metodlar yordamida shaxsning ongiga ta’sir ko`rsatib, unda davlat belgilangan qonun qoidalarga itoatkorlikni, davlat siyosatini ijro etish hamda o`z hatti harakatini davlat talabiga muvofiq holda tanlay olish qobiliyatini shakllantirishdan iboratdir.
Huquqiy tarbiyaning asosiy maqsadi shaxsda huquqiy ongni shakllantirish, yani huquqiy normalarga hurmatni, ularga ixtiyoriy, ongli ravishda rioya qilishni tarbiyalashdir. Huquqiy tarbiya shaxsning bolalik chogidan yetuklik davrigacha o`tkaziladigan tarbiyaviy jarayonnio`z ichiga oladi. Bu jarayon davrida shaxs oilada, maktabgacha tarbiya muassasalarida, maktabda, maktabdan tashqari muassasalarda, oliy ta’limda, o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limida, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash idoralarida huquqiy tarbiya oladi. Demak huquqiy tarbiya bosqichma- bosqich beriladi. Bosqichli huquqiy tarbiya berishdan maqsad yoshlarning huquqiy bilimlar va ko`nikmalarini tarkib toptirishni uzluksiz ta’minlashdir. Masalan, birinchi sinflarda ona tili tushunchasi, tilga hurmat bilan qarash, o`quvchilarga qonun-qoidalarni o`rgatish, mulkni asrash, unga munosabatni bildirish, davlat, qonun, davlat ramzlari tushunchalarini o`rgatish lozim.
Ikkinchi sinflarda «o`qish» darsida har xil tarbiya berish mumkin. Shu darsning «maktab» bo`limida munosabatlarni tushuntirish. «Ertaklar va masallar» bo`limida jinoyat tushunchasini, tulkini turna bolalarini yeb qo`yishda, misol qilib bu jinoyat ekanligini va turna tulkini qilmishiga yarasha jazolaganini tushuntiriladi. Shunday tarbiya va huquqiy bilimlar har bir fanda sinfma-sinf olib boriladi.
Yuqori sinflarda uning huquqiy ongini shakllantiruvchi huquqiy tushunchalar beriladi, u dasturlar asosida huquqiy munosabatlarga o`rgatiladi. Yuqori sinflarda hamma boshqa ta’lim tizimlarida O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O`zbekiston Respublikasining davlat apparati haqida umumiy tasavvur berish huquqiy tarbiyaning aniq maqsad qilib qo`yiladi.
Huquqiy tarbiya oldiga qo`yilgan umumiy vazifa shaxsga qonunlarni va unga amal qilish yo`llarini o`rgatish. Huquqiy tarbiyaning yuridik vazifasi shaxsda muayyan holatlarda zarur huquqiy normalarni qo`llay olish qobiliyatini tarbiyalashdir.
Huquqiy tarbiyaning muhim vazifalaridan biri shaxsda huquq normalarini o`rganishga ehtiyoj o`yg`otish, yani o`zini mustaqil ravishda huquqiy tarbiyalashga odatlantirishdir. Huquqiy normalarga hurmat ruxida tarbiyalangan shaxs qonun-qoidalarga muntazam ravishda o`rganib boradi va boshqalarni ham shunday qilishga davat etadi.
Amaliyotda huquqiy tarbiyaning har xil turlari mavjud. Lekin bugungi kungacha aniq bir ilmiy tushunchaga asosangan, ko`p qirrali huquqiy tarbiya shakllarini ko`rsatib beruvchi adabiyot deyarli yuk. Bu tarbiya, yuqorida aytib o`tganimizdek, oilada, bog’chada, maktabda, bilim yurtlarida, institutlarda olib boriladi. Huquqiy tarbiya- tarbiyalanuvchilarning xulq-atvoriga ta’sir ko`rsatuvchi, ularni tartib doirasida tutish uchu nasos bo`la oladigan bilim berishdir. Lekin tarbiyachi faqat bilim beribgina qolmasdan, tarbiyalanuvchilarga har xil shaklda ta’sir ham o`tkazishi kerak.
Huquqiy tarbiyaning shakllari asosida davlat organlari, jamoat tashkilotlari, professor- o`qituvchilarining olib borgan ishlarining tashqi ko`rinishidagi ta’sir yo`li, ta’sir etish usullari yotibdi.
Huquqiy tarbiya shakllari har bir shu ish bilan shug`ullanuvchi uslubida o`z ifodasini topadi.
Masalan, o`quv yurtlarida huquqiy tarbiya shakli, mehnat faoliyati bilan shug`ullanuvchilarnikidan farq qiladi. O`quvchilarga dars jarayonida, darsdan tashqari vaqtda-suhbat, suhbatni huquqiy qoidalarini o`rgatish, o`yin darslari o`tkazish tariqasida olib boriladi.
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasidagi milliy dasturlar doirasida amalga oshirilayotgan ishlar va erishilgan qator ijobiy o‘zgarishlarga qaramasdan, ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish, bunda yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlardan foydalanish bugungi kunda eng dolzarb masalalardan hisoblanadi. Ta’lim oluvchilarning bilim olish motivatsiyalarini shakllantiruvchi mexanizmlarni va o‘qitishning yangi shakl, noan’anaviy uslublari orqali ularning bilish hamda ta’lim-tarbiya jarayoni tizimini takomillashtirish va sifatini boshqarish mexanizmlarini ishlab chiqib, ularni amalga oshirish zarurati mavjud. Aynan mana shular uzluksiz ta’lim tizimini mazmunan takomillashtirishni, ta’lim-tarbiya samaradorligini yangi sifat bosqichiga ko‘tarishga xizmat qiladigan ta’sirchan choralarni ko‘rishni taqazo qiladi. Ta’limning ustuvor vazifalaridan biri – ta’lim oluvchi ongu shuurida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni qaror toptirish, jamiyatda o‘z o‘rnini topishi uchun amaliy - hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish hamda yoshlarning ijtimoiy iqtisodiy munosabatlarda faol ishtirok etishiga zamin hozirlashdir.
Huquqiy ta’lim shaxsning huquqiy ong darajasini inson, jamiyat, davlat manfaatlariga javob beradigan eng umumiy yuridik prinsiplar va normalarni anglab yetishga yo‘naltiradi.
Huquqiy ongni shakllantirish ko‘p jihatdan huquqiy ta’limga bog‘liq. “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi”da aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka erishishlari, yuksak darajadagi huquqiy ongga ega bo‘lishlari hamda huquqiy bilimlarni kundalik hayotda qo‘llash, huquqiy madaniyatni shakllantirishning keng qamrovli muntazam tizimini yaratish uchun huquqiy ta’lim va huquqiy tarbiya tizimini takomillashtirishni asosiy vazifa qilib belgilangan14. SHuningdek, ushbu dasturda tarbiyaviy va o‘quv ishlari shaxsning huquqiy ong darajasini inson, jamiyat, davlat manfaatlariga javob beradigan eng umumiy yuridik prinsiplar va normalarni anglab yetishga qadar oshirishga yo‘naltirilishi, huquqiy ta’lim uzluksiz bo‘lib, yoshlikdan boshlab berib borilishi, bolalar maktabgacha tarbiya muassasalaridayoq xulq-atvor qoidalaridan xabardor bo‘lishi, ma’naviy va ba’zi huquqiy normalar to‘g‘risida boshlang‘ich tushunchalar olishi, kelgusida o‘qitish davomida bu bilimlar kengaytirilishi va chuqurlashtirilishi, aniq ifodalangan huquqiy xususiyat kasb etishiga olib kelishi ta’kidlangan.
Huquqiy axborotdan barchaning erkin foydalana olishini ta’minlash har kimga o‘zining huquqiy bilimlarini oshirish uchun sharoit yaratish, fuqarolarga o‘z huquqlari va erkinliklarini tegishli tarzda amalga oshirish, burchlarini bajarish, jamiyatning siyosiy hayotida ongli va faol ishtirok etish imkonini beradi.
Huquqiy ta’limni takomillashtirishga ta’limning hali foydalanilmagan mexanizmlarini yaratish, ulardan samarali foydalanish, ta’limning yangi shakl va vositalarini joriy etish, moddiy-texnik bazani kuchaytirish yo‘li bilan erishiladi.
Mamlakatimizda ijtimoiy hayotning barcha sohalarida olib borilayotgan demokratik islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad - adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirish va demokratik huquqiy davlat barpo etishdir. Aholining, ayniqsa, yoshlarning siyosiy-huquqiy madaniyatini hamda konstitutsiyaviy-huquqiy bilimlarini oshirish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik o‘zgarishlar va islohotlar samaradorligining muhim shartidir. Shu bois aholi o‘rtasida inson huquq va erkinliklari, qonunga qat’iy rioya etadigan fuqarolarning xatti-harakatlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, o‘zining konstitutsiyaviy huquqlarini anglab yetish, Vatani, sodir bo‘layotgan voqealarga daxldorlik hissini oshirishga qaratilgan huquqiy targ‘ibotni amalga oshirish borasida qator vazifalar hal etilmoqda.
Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq mamlakatimizda huquqiy ta’lim-tarbiya tizimini jadal isloh qilishga kirishildi. Dastlab ijtimoiy munosabatlarning mustahkam huquqiy asoslarini belgilovchi qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 13 iyundagi “Yoshlarning huquqiy ta’limini takomillashtirishning Kompleks dasturi to‘g‘risida”gi 296-sonli Qarori, Oliy Majlis tomonidan 1997-yil 29-avgustda tasdiqlangan “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi” to‘g‘risidagi 466-1-sonli Qarori va shu qaror asosidagi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 29-maydagi 235-sonli “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 21-sentyabrdagi “Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalar faoliyatini takomillashtirish haqida”gi Qarori, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 25-iyundagi “Huquqiy tarbiyani yaxshilash, aholining huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish, huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik fikrini o‘rganish ishini yaxshilash haqida”gi Farmoni, 1997-yil 6-oktyabrdagi “Ta’lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish” to‘g‘risidagi Farmoni, 2001-yil 4-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganishni tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoyishi, 2004-yil 1-iyuldagi “2004-2009-yillarda maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktyabrdagi “O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida” Qarori shular jumlasidandir.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’lim tizimiga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy qilish va o‘zlashtirish zarurligi belgilandi.
O‘zbekistonning ijtimoiy-pedagogik sharoitiga moslashgan ta’lim texnologiyalarini yaratish va ularni huquqiy ta’lim-tarbiya amaliyotida qo‘llash, birinchidan, huquqiy ta’limni jadallashtirish va uning samaradorligini oshirish maqsadida eng ilg‘or pedagogik tadbirlardan foydalanish; ikkinchidan, an’anaviy o‘qitish tizimida yozma va og‘zaki usullarning ijobiy tomonlarini qo‘llash; uchinchidan, huquqiy axborotlarning keskin ko‘payib borayotganligi sababli ularni tizimli ravishda yoritish va tushuntirish; to‘rtinchidan, har bir ta’lim oluvchining potensial imkoniyatlarini rivojlanish kabilarni taqazo etadi.
Oxirgi yillarda ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirgan ishlar hech kimdan kam bo‘lmaydigan hayot barpo etish, ayniqsa, yoshlarning ma’naviy, ijtimoiy-huquqiy yuksalishida mustahkam zamin yaratdi.
Davlat tomonidan qabul qilingan hujjatlarda ko‘zda tutilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida umumiy o‘rta ta’lim tizimida “Konstitutsiya alifbosi”, “Konstitutsiya olamiga sayohat”, “Davlat va huquq asoslari”, “Konstitutsiyaviy huquq asoslari” fanlari bo‘yicha darslar joriy etildi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida huquqiy ta’limga doir qabul qilingan Davlat ta’lim standarti, o‘quv dasturi kabi me’yoriy hujjatlarning maqsadi yuqoridagi vazifani amalga oshirishda muhim hisoblanadi.
Huquqiy ta’lim standartining asosiy maqsadlaridan biri kuchli huquqiy demokratik davlat qurishda yoshlarimizning huquqiy ongini oshirish, qonunni yoshlarning hayotiy dasturiga aylantirish, jamiyatda ularning huquqiy faolliklarini oshirishdan iborat, deb belgilangan. Huquqiy ta’lim standartining oldiga qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida huquqiy ta’lim modeli yaratildi. Unga ko‘ra uzluksiz huquqiy ta’lim aniq bir maqsadlarga qaratilgan alohida-alohida bosqichlarga ajratilgan.
Ma’lumki, maktabgacha davr inson shaxsini shakllantirishda eng murakkab davr hisoblanadi. Oila o‘zida milliy urf-odatlar va an’analarni mujassamlashtiradi, ularni saqlab qoladi va avloddan avlodga uzatadi. Oila sog‘lom bo‘lsa, jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam bo‘lsa, mamlakat barqarordir. Bolalarni voyaga yetkazish va tarbiyalash bir-biridan ajratib bo‘lmas jarayondir. Shaxsning mustaqillik darajasi uning jinsi, yoshi va odamlarga munosabati, shuningdek, madaniy va ma’naviy qadriyatlar va afzalliklarni hurmat qilish, shaxsiy odatlar – erta bolalikdanoq shakllanib bo‘ladi.
Oilada bolalar kattalar va qo‘shnilarga, jamoat fikri va muallim-ustozlarga nisbatan chuqur hurmat, to‘g‘riso‘zlik, mehnatsevarlik, jamoachilik, o‘zaro yordam va o‘zaro qutqarish, mustahkam oila qurish va uni saqlab qolish, ta’lim olishga intilish tuyg‘ulari bilan tarbiyalanadi.
Shunday bo‘lsa-da, o‘yin faoliyati orqali bola shaxsida ijobiy xulq va odob malakalarini shakllantirish mumkin. Bunda o‘yin ko‘rinishlarining ko‘lamini kengaytirish, nafaqat oilaviy turmushdagi voqealar aks etgan o‘yin ko‘rinishlari, balki sayrlarga olib borish, tabiatni kuzatish, do‘konlarni ko‘rish, transport vositalariga chiqish, yo‘l harakati qoidalari bilan tanishish kabi o‘yin turlarini ham ko‘paytirish mumkin.
Maktabgacha ta’limda bola o‘yin faoliyati bilan umumiy o‘rta ta’limga tayyorlanib borishi bois maktabgacha ta’lim muassasalarida “Konstitutsiya saboqlari” mashg‘ulotlari bolalarning yoshi, ongi, idrok saviyasi, har bir bolaning yosh xususiyatlari inobatga olingan holda amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi o‘rgatish faoliyati o‘yinlar orqali amalga oshirilishi sababli, Konstitutsiyadagi qoidalar turli xil mashg‘ulotlarda tushuntiriladi. Aynan shu o‘yinlar orqali bolalar o‘z huquq va erkinliklarini, burchlarini anglab olishadi. Bu davrda konstitutsiyaviy qoidalar sodda, oddiy, bolalar uchun tushunarli va qiziqarli tarzda bayon etilib, birinchidan, bolalarga inson tushunchasi, uning ahamiyati, jamiyatdagi o‘rni, inson sifatida bolalarning huquq va erkinliklari tushuntirilib, insonni sevish, uni hurmat qilishga odatlantiriladi, insoniylikning yovuzlik, vahshiylikdan farqi ertaklar aytib berish, ertaklardagi voqealarni tahlil qilish mobaynida o‘rgatiladi; ikkinchidan, davlat inson manfaatini himoya qilishini, insonning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati eng oliy qadriyat hisoblanishini bolalar tilida tushuntirilib, inson sifatida, avvalo, o‘zining qadr-qimmatini bilishga va uni hurmat qilishga o‘rgatiladi; uchinchidan, bolalar qanday vazifalarni ado etishlari o‘rgatiladi. Madaniyat, ma’naviy va tarixiy merosni avaylab asrashga, tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga odatlantiriladi; to‘rtinchidan, qiz bolalar va o‘g‘il bolalarning bir-birini hurmat qilishlari, o‘zaro munosabatlari ham bayon etilib, ularning teng huquqli ekanliklari tushuntiriladi; beshinchidan, jamiyatda oilaning o‘rni, oilaning davlat tomonidan muhofaza qilinishi, farzandlar ota-onaga g‘amxo‘r bo‘lishi, kattalarni hurmat, kichiklarni izzat qilishi lozimligi bayon etiladi; oltinchidan, Vatanni sevishga, uni himoya qilishga o‘rgatiladi. Davlatimiz ramzlari – bayroq, gerb, madhiyaning ma’no-mazmuni bayon etiladi. Konstitutsiyaviy ta’lim berish natijasida bir neta bayroq va gerblar ichidan O‘zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog‘i, Gerbini ajrata olish malakasi shakllantiriladi. Bularning barchasini amalga oshirishda shuni e’tibordan chetda qoldirmaslik kerakki, bolalar shu davrgacha bevosita kattalar rahbarligida u yoki bu axborotlarni o‘zlashtirib kelgan bo‘lsalar, endi o‘z xohish-irodasi bilan kerakli ma’lumotlar yig‘ishga harakat qiladilar. Bolaning ana shu faolligi uning mustaqillik, erkinlik, mas’uliyatlilikka olib keladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni umumiy axloq qoidalariga rioya qiladigan, shaxs sifatida kamolga yetkazishga asos bo‘la oladigan bilim, ko‘nikma va malakalar shakllantiriladi.
Umumiy o‘rta ta’limda huquq fanlarini o‘rganish 4 bosqichda amalga oshiriladi:
I bosqich - (1-4 sinflarda);
II bosqich - (5-7 sinflarda);
III bosqich - (8-sinfda);
IV bosqich - (9-sinfda).
Ma’lumki, bola maktab ta’limiga maktabgacha ta’lim muassasasida tayyorlanadi. Dastlab u maktabda o‘quvchilarga qo‘yiladigan turli talablar bilan tanishadi. “Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchi idrokining o‘tkirligi, ravshanligi, sofligi, aniqligi, o‘zining qiziquvchanligi, dilkashligi, xayrixohligi, ishonuvchanligi, xayolining yorqinligi, xotirasining kuchliligi, tafakkurining yaqqolligi bilan boshqa yoshdagi bolalardan ajralib turadi”15. Shunday ekan, bu o‘quvchilar ma’lumot va hodisalarni puxta esda saqlab qolish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Lekin uzluksiz ta’lim tizimida boshlang‘ich umumiy ta’limning o‘ziga xos xususiyati doimo e’tirof etiladi. Ta’lim tizimining ushbu bosqichi bola shaxsi shakllanishi, uning ijtimoiylashuvi, shaxslararo munosabatlarga kirib borishi va ijtimoiy ko‘nikmalarning shakllanishida xizmat qiladi. O‘quvchilar orasida boshqalarga nisbatan ancha faol, vaziyatlarga tez moslashuvchan, atrofdagilar bilan chiqishib keta oladigan, o‘z kechinma va tuyg‘ularini yaqqol namoyon eta oladiganlari mavjud bo‘lib, ular orasida o‘zini chetga oluvchi, kamsuqum, beozor, ko‘pchilik ichida bo‘lishga qiynaladigan bolalar ham uchrashi mumkin. Bu toifa o‘quvchilar bilimlarni o‘zlashtirish iqtidori yuqori bo‘lsa ham, shaxsalararo munosabatlarga kirishishda qiyinchiliklarga duch keladi. Shaxslararo munosabat ijtimoiy xarakterdagi jarayon bo‘lganligi bois, bolada o‘qituvchisi, sinfdagi o‘rtoqlari bilan munosabatlarga kirishishida to‘sqinlik qiluvchi omillarni aniqlash pedagog oldidagi asosiy vazifalardan biri sanaladi.
Ushbu xususiyatlarni inobatga olib, boshlang‘ich ta’limda “Konstitutsiya alifbosi” ni o‘zlashtirish darajasi tadqiq etilganda, boshlang‘ich sinflarda ayrim konstitutsiyaviy qoidalarni yodlashga berish ijobiy natijalarga olib keldi.
Boshlang‘ich ta’limda o‘qish, odobnoma, ona tili, atrofimizdagi olam, rus tili, rasm, ashula, matematika darslari tarkibida “Konstitutsiya alifbosi” o‘rgatiladi. Masalan, o‘qish darslarida “Maktab” , “Nima yaxshi-yu, nima yomon”, “Mehnat baxt keltirar”, “Qush va hayvonlar – bizning do‘stimiz”, “O‘zbekiston – mening Vatanim”, “O‘tmishni o‘rganish – burchimiz”, “Vatan himoyachilari”, “Konstitutsiya – hayotimiz qomusi”; odobnoma darslarida – “Oila – muqaddas dargoh”, “Farzand burchi”, “Tabiatni asrash burchi”, “Ota-onam – davlatim”; ona tili darslarida – “Davlat tili”, “O‘zbek alifbosi yoki alfavit” kabi mavzularni o‘zlashtirishda Konstitutsiyaning tegishli qoidalari o‘rgatiladi. Ushbu darslar jarayonida fanlar bo‘yicha beriladigan amaliy topshiriqlar, mashqlar mazmuniga konstitutsiyaviy me’yorlarni misol tariqasida kiritish ijobiy natijalar beradi.
Boshlang‘ich ta’limda (3-4 sinflarda) xatto matematika darslarida ham Konstitutsiya o‘rgatilishi mumkin, deb hisoblaymiz. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tuzilishiga oid misollar va masalalar tuzish mumkin. Ya’ni har bir bo‘limga tegishli boblarni qo‘shish natijasida Konstitutsiya necha bobdan iborat ekani, boblarga tegishli moddalarni qo‘shish natijasida esa Konstitutsiya necha moddadan iboratligi, u yoki bu bo‘limda nechta bob, nechta modda borligi ham turli matematik ifodalar bilan aniqlanishi mumkin.
Ona tili darslarida gap, ega, kesim, aniqlovchi, to‘ldiruvchi, hol kabi grammatik qoidalarni o‘rgatishda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi matnidagi me’yoriy qoidalar misolida grammatik, leksik tahlilni amalga oshirish mumkin. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o‘z davlat ramzlari – bayrog‘i, gerbi va madhiyasiga ega (Topshiriq: Ushbu gapdagi so‘z turkumlarini aniqlang).
5-7-sinflarda “Konstitutsiya olamiga sayohat” fanida dastlabki tushunchalar murakkablashib, hayotiy misollar orqali davlat va shaxsning o‘zaro munosabati, shaxsiy mustaqillik, barchaning qonun oldida tengligi, so‘z erkinligi, axborot olish kafolatlari erkinligi, voyaga yetmaganlarning huquqbuzarligi va javobgarligi, o‘smir va qonun kabi mavzular yoritiladi.
8-sinfda “Davlat va huquq asoslari”, 9-sinfda “Konstitutsiyaviy huquq asoslari” asosiy fanlar tarkibida o‘qitilib, bunda huquqiy ta’lim-tarbiyaning asosiy vazifasi o‘quvchilarda davlatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, ilmiy, madaniy taraqqiyoti yo‘nalishlariga mos darajadagi bilimlar tizimini shakllantirish, ijodiy fikrlay oladigan, hayotiy muammolarga mustaqil munosabat bildira oladigan, yoshlarni shakllantirishga qaratilgandir.
Davlat ta’lim standartiga ko‘ra o‘quvchilar:
- huquqiy ta’limga oid asosiy tushuncha, qonuniyat va g‘oyalarni bilish;
- davlat tuzilishi va boshqaruv shakllari, boshqaruvni amalga oshirishning demokratik va nodemokratik usullarini, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini tushuntira olish;
- davlat organlarining tuzilish asoslarini tasvirlab berish;
- axloq va huquq tushunchalarini bilish;
-huquq me’yorlarini bilish hamda hayotda o‘zlarining xatti-harakatlarini ana shu me’yorlarga monand boshqara olish malakasiga ega bo‘lish;
- huquq tizimlarini, uning sohalarga bo‘linishini, bu sohalarning huquqiy munosabatlarni tartibga solishdagi ahamiyatini tushunish;
- huquq funksiyalarini bilish hamda o‘z huquqlaridan foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
- huquqiy davlatning belgilarini, uni shakllantirish yo‘llari va muammolarini, O‘zbekistonda demokratik-huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish asoslarini tushuntira olish;
- Prezidentimiz asarlarini bilish va ularda ilgari surilgan g‘oyalar asosida mushohada yurita olish;
- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tuzilishi va mazmunini tavsiflay olish;
- inson va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini, ulardan foydalanish kafolatlarini bilish;
- Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish, ularni hurmat qilish malakalariga ega bo‘lish;
- O‘zbekiston Respublikasining milliy davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini va ularning huquqiy asoslarini bilish;
- O‘zbekiston Respublikasining davlat boshlig‘i, davlat hokimiyati tizimi: qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishini, ularning vazifalarini tushuntira olish;
- Davlat boshlig‘i va O‘zbekiston Respublikasi Parlamentining konstitutsiyaviy tuzumni muhofaza qilish, milliy davlat tuzilishi masalalariga oid qarorlarni ro‘yobga chiqarish borasida zarur chora-tadbirlar belgilashini, xalqaro munosabatlarda Respublika nomidan ish ko‘rishini bilish;
- O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlarida voyaga yetmaganlar tushunchasi, ularga qo‘llaniladigan huquqiy aktlar, voyaga yetmaganlarning huquqiy holatlarini bilish;
- ta’lim sohasi va yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy tamoyillari, yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy, jismoniy kamoloti uchun barcha huquqiy asoslar mavjudligini bilish;
- o‘zini kelajagi buyuk davlat bunyodkori sifatida his etib, mamlakat taraqqiyotiga munosib ulush qo‘shishga doir bilim, ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishi lozim.
Davlat ta’lim standartida belgilanganidek, “Davlat va huquq asoslari” fanining maqsad va vazifalari mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat hamda fuqarolik jamiyatini qurish va shakllantirish ko‘p jihatdan huquqiy ta’limning muvaffaqiyat bilan amalga oshirilishiga bog‘liq. Huquqiy ta’limning asosiy maqsadi va vazifalariga o‘quvchilarni Konstitutsiya va qonunlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash; o‘quvchilarda o‘z xatti-harakatlarini qonun doirasida boshqara olish malakalarini shakllantirish; har qanday huquqbuzarlikni oldini olish; milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat bilan qarash va qadrlashni o‘rgatish; o‘zgalarning huquqlarini hurmat qilishga odatlantirish; Konstitutsiyaviy burch va majburiyatlarni bilishga hamda ularga rioya qilish ko‘nikmasini hosil qilish; faol fuqarolik burchini shakllantirish; jamiyat oldidagi burch-majburiyatlarni tarkib toptirish kabilar kiradi.
8-sinfda “Davlat va huquq asoslari” fanidan o‘quvchilar huquqiy ta’limga oid asosiy tushunchalar; davlat organlari, idora va tashkilotlari, ularning asosiy vazifalari hamda tizimi; davlat shakllari, davlat tuzilishi shakli, davlat boshqaruv shakli, davlat boshqaruvini amalga oshirishning demokratik va g‘ayridemokratik usullari, ularning o‘ziga xos xususiyatlari; axloq tushunchasi, axloqning jamiyat hayotida tutgan o‘rni, axloq va huquqning o‘zaro munosabatlari hamda ular orasidagi farq; huquqning paydo bo‘lishi, huquq normalarini hayotga tatbiq yetish, davlat va huquqning o‘zaro bog‘liqligi; huquq me’yorlarining mazmuni, huquq me’yorlariga amal qilish, huquq me’yorlariga amal qilmaslik oqibatlari, huquq me’yorlarining amal qilish muddatlari to‘g‘risidagi tushunchalarini; demokratik-huquqiy davlat tushunchasi, uning o‘ziga xos xususiyatlari; fuqarolik jamiyati tushunchasini; Prezident asarlaridagi davlat va huquqqa, davlat va jamiyat hayotiga, davlat va uning organlarini isloh qilish va rivojlanishiga oid asosiy g‘oyalarni; huquq tizimlarini, uning sohalarga bo‘linishi, bu sohalarning huquqiy munosabatlarni tartibga solishdagi ahamiyatini; huquqiy davlatning belgilarini, uni shakllantirish yo‘llari va muammolarini, O‘zbekistonda insonparvar, demokratik, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish asoslarini; davlat boshlig‘i va O‘zbekiston Respublikasi Parlamentining konstitutsiyaviy tuzumni muhofaza qilishi, milliy davlat tuzilishi masalalariga oid qarorlarni ro‘yobga chiqarishi borasida zarur chora-tadbirlar belgilashini, xalqaro munosabatlarda Respublika nomidan ish ko‘rishini; O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlari kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunida bola huquqlari kafolatlarining belgilanishini; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida voyaga yetmaganlar tushunchasi, ularga qo‘llaniladigan huquqiy aktlarni; O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik, oila, mapmuriy, fuqarolik protsessual, jinoyat, jinoyat protsessual kodekslarida voyaga yetmaganlarning huquqiy holatlari, jinoyati belgilarini; oilada (bola) voyaga yetmaganlarning huquqlari, fuqarolik tushunchalari, fuqarolar murojaatlari to‘g‘risidagi bilimlarni egallashlari zarur.
Shuningdek, o‘quvchilar zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanib o‘tiladigan darslarda davlat boshqaruvi shakllarining o‘zaro farqini ajratish; davlat boshqaruvi va tuzilishi shakllarining farqini tushunish; davlat va huquqning o‘zaro bog‘liqligini asoslay olish, fikrini misollar bilan to‘ldira bilish; davlat organlarini va ularning tizimiga oid tushunchalar orqali ularning farqini bilish; Prezident asarlarida ilgari surilgan O‘zbekistonda insonparvar, demokratik, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish to‘g‘risidagi asosiy g‘oyalar haqida tushunchalarga ega bo‘lish; huquqiy ta’limga oid asosiy tushunchalarni amaliy faoliyatda qo‘llay olish; davlat boshqaruvi va tuzilish shakllarini mustaqil tahlil qila olish; hozirgi zamondagi davlatlar boshqaruvi va tuzilishi shakllarining o‘ziga xos xususiyatlarini ajrata olish; axloq va huquq normalarining o‘zaro munosabatlari va ularning farqlarini bilish, o‘z hatti-harakatlarini ularga binoan amalga oshirish; milliy huquqning rivojlanishi haqidagi bilimlarni egallash; voyaga yetmaganlarning huquqlari, burchlari, majburiyatlariga oid kazuslarni yecha olish; iqtisodiy, siyosiy, mapnaviy, maprifiy sohalarga oid qonunlarning mazmunini bilish va ulardan hayotda foydalana olish kabi huquqiy ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishlari lozim.
9-sinfda o‘quvchilar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi tarixiy shart-sharoitlari, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi davlat mustaqilligining asosiy belgisi, Konstitutsiyaviy huquq – huquq sohasining asosi, Konstitutsiyaning o‘ziga xos xususiyatlari, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy tamoyillari, xalq hokimiyatchiligi, Konstitutsiya va qonun ustuvorligi; inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, burchlari, O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik, fuqarolarning huquq va erkinliklari, burchlari, ularning kafolatlari; jamiyat va shaxs, shaxsning jamiyatdagi o‘rni; mulk shakllari; O‘zbekiston Respublikasining milliy davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va uning huquqiy holati; O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati va uning tashkil etilishi, faoliyati; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va uning huquqiy maqomi; fuqarolarning huquqlari, burchlari va majburiyatlari, inson huquqlari va erkinliklarining kafolati; ta’lim sohasi va yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy tamoyillari haqida huquqiy bilimlarni o‘zlashtirishlari lozim.
Shuningdek, huquq me’yorlari to‘g‘risidagi tushunchalarga ega bo‘lish va ularga mos xatti-harakatlarni anglash; inson va fuqarolarning huquqlari va burchlariga oid huquqiy hodisalarni tushunib, tahlil qilish; Konstitutsiyaviy huquq asoslari fanidan olgan bilimlari asosida referatlar tayyorlay olish; zarur hollarda davlat hokimiyati tarmoqlari: qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga murojaat etish; Konstitutsiyaviy huquqqa oid tushunchalarni amaliy faoliyatda qo‘llay olish; alohida shaxs va fuqarolarning asosiy huquqlari va burchlarini tahlil qila olish; mulk va mulkchilik shakllarining o‘ziga xos xususiyatlarini ajrata olish; o‘z hatti-harakatlarini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida amalga oshirish; davlat hokimiyati va uning tarmoqlari funksiyalarini tahlil qila olish kabi huquqiy ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishlari lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 13-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish to‘g‘risida”gi 203-sonli Qaroriga ko‘ra umumta’lim maktablarining o‘qitish dasturlarini, jumladan, huquq fanlari dasturlarini isloh qilish, to‘qqiz yillik umumiy o‘rta ta’limning sifat jihatidan yangi tizimini yaratish, uning o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bilan davomiyligini va uzviy bog‘liqligini ta’minlash asosiy maqsad qilib olingan.
Huquq fanlari dasturlari o‘quvchilarning muntazam bilim olishini, ularda bilim olish ehtiyojini rivojlantirishni, asosiy o‘quv, ilmiy va umummadaniy bilimlarni shakllantirishni; o‘quvchilarda mehnat ko‘nikmalari, mustaqil ijodiy fikrlash, kasb tanlashga va atrof-olamga ongli munosabatni hosil qilishni; milliy va umumbashariy qadriyatlarni uzviy birlashtirish asosida yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni tarbiyalashni, o‘z Vataniga va xalqiga sodiq fuqaroni shakllantirishni; 1-9-sinflar o‘quv dasturlarining akademik litseylar va kasb-hunar kollejlaridagi o‘qitish dasturlari bilan o‘zaro uzviy bog‘lanishini ta’minlashi lozim.
Vazirlar Mahkamasining ushbu qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomiga muvofiq o‘qish muddati 9 yil bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim (maktabning I-IX sinflari) majburiy hisoblanadi. U boshlang‘ich ta’limni (I-IV sinflar) qamrab oladi hamda uzluksiz ta’lim tizimining mustaqil turi hisoblanadi. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq ta’limning ushbu turi maqsadlari va vazifalarini amalga oshirish uchun zarur tashkiliy, psixologik-pedagogik, uslubiy, moddiy-texnikaviy va sanitar-maishiy shart-sharoitlar yaratiladi. Davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘quvchilarni o‘qitish va tarbiyalash hamda o‘quvchilarning ta’lim olish huquqini ro‘yobga chiqarish umumiy o‘rta ta’limning maqsadi hisoblanadi.
Umumiy o‘rta ta’lim barcha bilimlar kabi huquqiy bilimlar zarur hajmiga asos soladi, o‘quvchilarda tashkilotchilik qobiliyatlari va huquqiy xulq-atvor, amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantiradi, dastlabki kasb yo‘nalishini va ta’limning keyingi bosiqichini tanlashga ko‘maklashadi. Ushbu maqsaddan kelib chiqib, umumiy o‘rta ta’limda huquq fanlarini o‘qitishning quyidagi vazifalari belgilangan:
Birinchidan, o‘quvchilar tomonidan muntazam huquqiy bilimlar olinishini ta’minlash, ularda huquqiy bilim olish ehtiyojini rivojlantirish, tayanch o‘quv, ilmiy va umummadaniy bilimlarni shakllantirish;
Ikkinchidan, o‘quvchilarda ongli mehnat intizomi ko‘nikmalarini, ijodiy mustaqil, huquqiy fikrlashni, kasb tanlashga va atrof-olamga ongli munosabatni hosil qilish;
Uchinchidan, milliy hamda umumbashariy qadriyatlarni uzviy birlashtirish asosida o‘quvchilarda yuksak ma’naviy-huquqiy fazilatlarni tarbiyalash, o‘z Vataniga va xalqiga sodiq huquqiy savodxon fuqaroni shakllantirish;
To‘rtinchidan, ta’limning uzluksizligini va izchilligini, maktab o‘quv dasturlarining akademik litseylar va kasb-hunar kollejlaridagi “Huquqshunoslik”, “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” o‘quv dasturlari bilan uzviy o‘zaro bog‘lanishini ta’minlash.
O‘quv fanlari va umumiy ta’lim dasturlari ro‘yxati umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti bilan belgilanadi.
O‘quvchilar bilimi sifatini va o‘qitish natijalarining davlat ta’lim standartiga muvofiqligini nazorat qilishni ta’minlash uchun quyidagi nazorat tartibotlarini o‘tkazish nazarda tutiladi:
joriy nazorat - so‘rovlar, kollokviumlar, seminarlar, kontrol ishlar, testlar tarzida o‘quvchilarning bilimlari, malaka va ko‘nikmalari muntazam nazorat qilinadi;
oraliq nazorat - chorak tamom bo‘lganda va o‘quv dasturining tegishli bo‘limi tugallangandan keyin o‘quvchilarning bilimlari, malaka va ko‘nikmalarini baholash uchun amalga oshiriladi. U imtihonlar, testlar, sinovlar va malakaga doir ishlar shaklida o‘tkaziladi;
bosqichli nazorat - o‘quv yili tamom bo‘lgandan keyin imtihonlar, test sinovlari, sinovlar shaklida amalga oshiriladi. Uning asosida reyting aniqlanadi va o‘quvchini navbatdagi sinfga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi;
yakuniy nazorat - o‘qish tugallangandan keyin davlat attestatsiyasi shaklida o‘tkaziladi.

Download 324,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish