Ma’ruza matni mavzu. Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asoslari fanining predmeti va vazifasi



Download 324,16 Kb.
bet3/54
Sana13.03.2023
Hajmi324,16 Kb.
#918808
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
Ma’ruza matni mavzu. Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya asosla

Birinchi davrhuquqiy ta’limning qadimgi davri – davlat va huquq paydo bo’lishidan to islom huquqi o’rnatilguniga qadar (mil.av. VI-V asrdan milodning VII asrigacha) bo’lgan davrni o’z ichiga oladi.
Ushbu davrda zardushtiylikning muqaddas kitobi – “Avesto”, shuningdek, odat huquqi, So’g’d huquqi kabi manbalarda bayon etilgan ta’lim-tarbiyada qo’llanilgan usul va vositalar natijasida bolalar ona zamin va uning tabiati, tabiat hodisalari, odamlarning kundalik hayot tarzi, hayvonot va jonsiz olam haqida tasavvurga ega bo’lgan. Ularning nazarida tashqi dunyo kengayib borayotgandek bo’lib, fikrlash qobiliyati va tafakkurlari rivojlanib bordi. Masalan, zardushtiylik ta’limotining “Avesto” kitobida inson hayoti va odamlarning ijtimoiy-huquqiy munosabatlari ma’lum qonun-qoidalarga asoslangani haqida ma’lumotlar mavjud4. Unda yer, suv, havo muqaddas deb e’lon qilinib, ularni asrash barcha narsadan ustun bo’lgan. Atrof muhitni iflos qilgan va uni asrash qoidalarini buzganlar jazolanib, huquqiy ta’lim-tarbiyaga asos solingan. Oila va jamoada berilgan so’zdan yoki qasamdan voz kechish, odamlar o’rtasida tuzilgan ahdnomani buzish katta gunoh hisoblangan. “Avesto”da ko’p bolali oilalarga davlat hisobidan nafaqa tayinlash lozimligi qayd etilgan5. SHuningdek, “Avesto”da “yaxshilik ta’limini va sadoqatni amalga oshirib..., yaxshi hokimlar hukm yuritaversinlar. Odamlarga va ularning avlodlariga baxt-saodat keltiradigan ta’limni amalga oshirsinlar”, deb ta’kidlangan. Zardushtlik ta’limotida 15 yosh balog’at yoshi sanalgan. 15 yoshga yetganlarga Zardusht qonunlari, axloqiy va ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu amal yo’riqlari o’rgatilib, ular adolatlilik, halollik ruhida tarbiyalanganlar.
Ikkinchi davr – islom huquqi o’rnatilganidan to Markaziy Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinguniga qadar (milodning VII asridan XIX oxirlarigacha ) bo’lgan davrni o’z ichiga oladi.
Markaziy Osiyoga islom kirib kelishi bilan bu an’anaviy sifatlar mustahkamlanib, boyitilgan. Islomning asosiy manbai bo’lmish “Qur’oni Karim” da axloq-odob, kishilarning tengligi, birodarligi, jamiyatga xizmat qilish, ota-onaga hurmat kabi masalalar ravshan aks ettirilgan. Islomning ikkinchi muqaddas manbai-“Sunna” (payg’ambarning so’zlari, amallari va tasdiqlari)da insonning ma’naviy kamolot mezoni, dunyoqarashining kengligi, bilimlarni qay darajada egallanganligi ko’rsatilgan. SHaxs bo’lib yetishishda muhim omil – bilim egallash, deb qayd etilgan.
Islom ta’limotida birovning haqiga hiyonat qilish, halol mehnat bilan topgan molini, mablag’ini zo’rlik va aldov yo’li bilan olish, o’g’rilik qilish – og’ir gunoh, qabih odat, deb ta’kidlangan. SHuning uchun ham huquqiy ta’lim berishda Qur’oni Karim, hadis va boshqa manbalardagi ko’rsatmalardan foydalanish, ularni xozirgi zamon talablariga bog’lash zarur. Masalan, “Moida” surasidagi 3-oyatda: “Ey mo’minlar, Ollohning o’zi uchun haq yo’lni tutuvchi, adolat bilan shahodat - guvohlik berguvchi bo’lingiz. Biron qavmni yomon ko’rishingiz sizlarni adolat qilmaslikka tortmasin!...” – deb, buyuriladi. Demak, shaxsiy adovat orqali adolatsizlikka yo’l qo’ymaslik ta’kidlangan. SHuningdek, “Niso” surasida mulk huquqi, meros huquqi, omonat, to’g’ri guvohlik berish xususida, “Baqara” surasida esa ayollik huquqlari, qarz berish to’g’risida huquqiy ta’limotlar berilgan.6
Hadislarda ham ilm haqida, bilim olish haqida hikmatlar mavjud. Jumladan, ilm o’rganmoq va ilm o’rgatmoqning fazilati, ilmga e’tiborsizlikning oqibati, kishilar dilidan ilmning ko’tarilishi, olimlarning shaxsi, tushunishi qiyin kishilarga ilm o’rgatish haqidagi qoidalarni misol tariqasida keltirish mumkin.
O’tmishda yashab ijod etgan buyuk allomalarimiz, mutafakkirlarimiz islom ta’limoti asosida ijod etib, kelajak avlodlar uchun buyuk meros qoldirganlar. Bugungi kunda bu noyob meroslarni o’rganish, ularni tahlil qilish, ularning ijobiy natijalarini amalda tatbiq etish ilm-fan namoyondalarining, huquqshunoslar ilmiy jamoatchiligining, ilmiy tadqiqot olib borayotgan bo’lajak olimlarning asosiy vazifasi deb hisoblanib, shaxs huquqiy ongini shakllantirishda samarali natijalarga erishiladi.
Imom Buxoriy, Imom Muslim ibn al-Hajjoj, Imom Termiziy, Imom Abu Dovud an-Naso’iy, Imom Moturidiy, Burhoniddin Marg’inoniy, Abdulxoliq G’ijduvoniy, Bahouddin Naqshband singari aziz-avliyolarimiz, Muhammad Muso Xorazmiy, Ahmad Farg’oniy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Mahmud Zamahshariy, Mirzo Ulug’bek kabi allomalarimiz to’plagan ilmlar ham huquqiy ta’limda katta ahamiyat kasb etadi.
Imom al-Buxoriy ta’lim-tarbiya, xususan huquqiy ta’lim to’g’risidagi qarashlarida to’g’ri so’zli bo’lishga, va’daga vafo qilishga da’vat etib, munofiq kishining uchta belgisini ko’rsatadi7, ular: yolg’on gapirish, va’daga vafo qilmaslik va omonatga hiyonat qilishdan iboratligini aytadi. U oilaviy muhitning barqaror, tinch, oila a’zolarining sog’-salomat, to’q bo’lishini va bir-birlarini hurmat qilishlarini istaydi. U o’z ta’limotida bilim o’rganish, uni o’rgatish yo’llari va usullari masalasiga alohida e’tibor qaratadi.
VIII asr oxiri IX asr boshlariga kelib islom va uning huquqshunoslik, hadisshunoslik sohalari rivojlangan. Bu davrda O’rta Osiyo jahon ilm-fanining, kishilik jamiyatining taraqqiy etishiga, shuningdek, islom dinining axloqiy-huquqiy tarbiyadagi mavqeiga katta hissa qo’shadi.
Tarixiy taraqqiyotning turli davrlarida ilm va fanning turli sohalari bo’yicha (tibbiyot, matematika, astronomiya, tarix va h.k.) maktablar mavjud bo’lgan. SHu maktablar qatorida huquqiy ta’limni rivojlantirishga asoslangan, huquqiy bilimlar tizimini tashkil etgan fiqh maktablari ham bo’lgan. Taniqli huquqshunos olim Z.Muqimov fiqh maktabida VIII-XIII asrlarda o’qish jarayonini to’rt bosqichga bo’ladi: 1) quyi yoki boshlang’ich ta’lim olish; 2) o’rta ma’lumot olish; 3) Buxoro shahridagi alohida madrasada ta’lim olish; 4) islom dunyosining yetuk markazlari va madrasalarida (Bag’dod, Qohira va h.q) ta’lim olish. Bu o’quv muassasalarini tugatganlar yuqori diniy va davlat mansablariga tayinlanganlar8.
Bu davrda maktab va madrasalarda ilmiy-nazariy bilimlar bilan birga ish yuritish, huquqshunoslikka, savdo-sotiq ishlariga oid, meros va taqsimot kabi ta’limiy bilimlar ham o’rgatilgan.
XIV-XVI asrlarda Movarounnahrda ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar ancha yuksak taraqqiyot bosqichiga ko’tarildi. Mirsaid SHarif Jurjoniy, Sohibqiron Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy kabi buyuk allomalar, mutafakkiru ulamolar ma’rifiy ta’lim-tarbiya asoslarini yaratib berdilar. Masalan, buyuk bobokalonimiz Amir Temur davlatni boshqarish va uni idora qilish, haqiqatgo’ylik va adolat haqida ta’lim berganlar. Bunga oid qoidalar “Temur tuzuklari”da bayon etilgan9. Amir Temur fikricha, davlatni adolatli qonunlar asosida boshqarish, davlat ishlarini adolatli boshqarish uchun vazir saylash kerak.
O’zbekiston hududidagi xonlik va amirliklar davrida ta’lim-tarbiya, jumladan, huquqiy ta’lim rivojlangan. Xususan, So’fi Olloyor fiqhga oid asarlar yaratgan. Unda islom dinining asosiy qoidalari ifoda etilgan. O’zbek bolalari o’qiydigan maktablarda talabalarning savodi chiqarilgandan so’ng So’fi Olloyor kitobi o’qitilgan.
Musulmon maktablarida ta’lim tizimi quyidagi bosqichlarda amalga oshirilgan:

  1. quyi maktab – bu maktablarda 4 yil savod o’rganishgan;

  2. halimxona maktabi – (namoz) yod oldirib o’rgatilgan;

  3. qorixona – Qur’oni Karim yod olingan;

  4. maktab-internat – o’rta madrasa bo’lib, o’rta ma’lumot berilgan;

  5. oliy maktab – oliy madrasa hisoblangan10.

Jumladan, umumbashariy tsivilizatsiya rivojidagi o’rni va ahamiyati jihatidan Uyg’onish davrining yorqin namunasi sifatida tarixda zarhal sahifalarni tashkil etgan Xorazm Ma’mun akademiyasi faoliyati ham ushbu davrga xosdir. Bu ilmiy maskanda SHarq va G’arb o’lkalaridan kelgan, turli millat va dinga mansub bo’lgan olimlar faoliyat ko’rsatgan bo’lsa-da, uning negizini Abu Nasr ibn Iroq, Abu Rayhon Beruniy va Ibn Sino, Mahmud Xo’jandiy, Ahmad ibn Hamid Naysaburiy kabi bizning mintaqamizda tug’ilib, kamol topgan yetuk allomalar tashkil etgani va fiqhshunoslik ilmiga ham katta hissa qo’shgani barchamiz uchun iftixor bag’ishlaydi11.
O’rta Osiyo Rossiya tomonidan bosib olinganidan keyin musulmon maktablarida o’zgarishlar ro’y bergan va Turkistonda dastlabki rus-tuzem maktablari ochilgan.

Download 324,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish