Ma’ruza matni 4-mavzu: Nutq madaniyati



Download 108,5 Kb.
bet1/4
Sana23.07.2022
Hajmi108,5 Kb.
#841282
  1   2   3   4
Bog'liq
4- Nutq madaniyati


MA’RUZA MATNI
4-mavzu: Nutq madaniyati


Rеja:
1. Nutq madaniyati - ijtimoiy madaniyatning, kishilik jamiyati madaniyatini aks ettiuvchi bir ko‘zgudir.
2. Nutq a’zosining tuzulishi.
3. Sonor tovushlarning paydo bo‘lish o‘rni va artikulyasion holati.
Nutq madaniyati - ijtimoiy madaniyatning, kishilik jamiyati madaniyatini aks ettiuvchi bir ko‘zgudir. Yuksak madaniyatli jamiyatda yashovchi kishilaming nutq madaniyati ham yuqori boiishi kerak. Shuning uchun ham madaniyatni biror ijtimoiy tuzumning umummadaniyati va ravnaqining timsoli, ko‘zgusi deb aytish mumkin.
Nutq madaniyati yozma va og‘zaki shaklda bo‘ladi. Og‘zaki nutq madaniyati deganda, gapiruvchi tilidagi ravoniik, aniqlik, ma’nodorlik va latofat tushiniladi. Zotan o‘tmish klassiklari ham nutqning madaniyatli bo‘lmog‘i uchun aynan shunday shartlami qo‘yadilar.
Inson nutqidagi aniq va ravon talaffuz nutq a'zolarining sog‘lomligi va ularning to‘g‘ri faoliyatiga bog‘liq. Bir kishining nutq a'zolari o‘ziga zos tuzilgani uchun bir-biridan ozmi-ko‘pmi farq qiladi. Shunga ko‘ra odamlarning tovushlari ham bir-biriga o‘xshamaydi – birov ingichka, birov jarangdor, birov xirildoq talaffuz qiladi.

Nutq a’zosining tuzulishi
1-bosh miya;
2-burun bo‘shlig‘i;
3-qattiq tanglay;
4-og‘iz bo‘shlig‘i;
5-lablar;

6-tishlar;
7-til uchi;
8-til orqasi;
9-til ildizi;
10-kichik tilcha;
11-halqum;
12-hiqildoq;
13-traxeya;
14-o‘ng bronx;
15-o‘ng o‘pka;

16-diafragma;
17-qizilo‘ngach;
18-umurtqa;
19-orqa miya;

20-yumshoq tanglay

Talaffuz vaqtida nutq a'zolarining harakati ikki holatda, ya'ni ma'lum tovushni talaffuz etishga chog‘lanish va aytish «artikulyasiya», tovush tugagach, nutq a'zolarining o‘z joyiga (asl) qaytishi, ya'ni «rekursiya» bilan bog‘liq. Nutq a'zolari asosan ikki turga bo‘linadi: 1) faol nutq a'zolari – tovush paylari, lablar, til, yumshoq tanglay; 2) sust (nofaol) nutq a'zolari – o‘pka, kekirdak, og‘iz bo‘shlig‘i, tishlar, burun bo‘shlig‘i, qattiq tanglay. Nutq a'zosiga shuningdek, jag‘-tish qatori, kichik tilcha, ovoz paychalari, bo‘g‘iz va halqum kabilar kiradi.
Tovushning sifati, jarangdorligi nutq a'zolarining tuzilishi va talaffuz jarayonida ishtirok etish darajasiga bog‘liq.
Quyidagi holatlar talaffuzdagi nuqsonlarni keltirib chiqaradi.
1.Nutq a'zosining noto‘g‘ri tuzilishi:
a) yuqori jag‘ oldinga chiqib ketgan bo‘lsa, buning oqibatida yuqori tishlar, pastki labni bosib turadi. Bu kamchilik nutq a'zosining artikulyasiya holatiga va noto‘g‘ri talaffuzga olib keladi;
b) pastki jag‘ning oldinga chiqib ketish holati. Bu holat ham nutq a'zosidagi tuzilishi mushkul ko‘rinishlardan biridir. Nutqdagi bunday nuqsonlar ba'zida sirg‘aluvchi tovushlarni noto‘g‘ri talaffuz qilishga olib keladi. Bunga yuqori va pastki tish qatorlarining oralari ochiq joylashuvi va jag‘lar yopilganda ham qisman ochiq qolishi sabab bo‘ladi;
d) uzun va yo‘g‘on til esa til harakatining sustlashuvi va chuchuklanuviga olib keladi;
e) tilning kaltaligi (til osti pardasining pastki jag‘ga yopishgan holati) – bu duduqlanib gapirish hamda «R» va «L» tovushlarini aniq talaffuz qila olmaslikka olib keladi.
2. Nutq a'zolari mutlaqo to‘g‘ri bo‘lsayu undan noto‘g‘ri foydalanilsa;
3. Oliy asab sistemasining ayrim qismlari faoliyati buzilishi oqibatida.
Nutq a'zolaridagi kamchiliklarni nutq texnikasi o‘quv jarayonida, ba'zilarini esa tibbiy usulda (jarrohlik yo‘li bilan, tish qatorlarini to‘g‘rilab torttirish) tuzatishga erishiladi.



Ko‘pincha bu usullarning barchasi qo‘llanganda ham nutqni yaxshilashga yordam bera olmaydi, natijada nutq avvalgi holicha qolib ketadi. Yaxshisi bunday nuqsoni bor insonlarni san'at o‘quv yurtlariga o‘qishga kirmasliklarini tavsiya qilardik.



Download 108,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish