6-mashq. M-N tovushlari talaffuzini takomillashtirish uchun so‘z, she'r va jumlalardan foydalanish mumkin. Masalan:
Mansur Nosir mamlakat Nigora
Ma'ruf Nozim mamnun Namangan
mard non Muhammad Navoiy
malak nozik mamnun Narvon
Tez aytish
1. Nonvoy Norvoy non yopar,
Nonin novvot deb sotar.
2. Mushukcha, tugma, osma,
yana, shama ham juma.
Ng tovushini talaffuz etganda til uchi milklar ustida joylashgan alveolalarga taqaladi. Tilning beli va o‘zagi yoysimon shaklda egilib, yumshoq tanglay bilan jipslashadi, natijada tovush to‘lqini burun bo‘shlig‘i orqali chiqib turib, jarangli, til orqa burun tovushini hosil qiladi.
Ng tovushi talaffuzini takomillashtirish uchun so‘zlar:
Tong chang
Bong tajang
Tangri ohang
L, R – sonor sirg‘aluvchi til oldi undoshlari. Talaffuz vaqtida til uchi yuqoriga ko‘tarilib, alveolalarga qattiq tegadi va biroz zarb bilan pastga tushadi, o‘rtasi yoy shakliga kiradi, orqa qismi biroz ko‘tariladi. Natijada L yon tovushi hosil bo‘ladi.
Talaffuz vaqtida l tovushi hosil bo‘lmasa, lambda izm, agar talaffuz vaqtida boshqa tovush bilan almashtirilsa esa, bunday holat paralamb dasizm deyiladi. Masalan, so‘z boshida kelganda lola-yoya, so‘z o‘rtasida tilsim-tiysim, so‘z oxirida kelganda kulol-kuyoy kabi. Bu kamchiliklarni logopediya usullari yordamida tuzatish mumkin, buning uchun logopedlar maxsus mashqlar orqali tovushning artikulyasion o‘rni va hosil bo‘lishini o‘rgatadi.
Boshqa tovushlardan farqli o‘laroq L-R tovushlaridagi kamchilik yaqqol sezilgani bois, tuzatish birmuncha mushkuldir. Birinchi bo‘limda aytib o‘tganimizdek, bu nuqsonlar maktab davrida tuzatilishi lozim, agar o‘sha paytda e'tiborsiz qolib ketgan bo‘lsa, uni bartaraf qilish birmuncha qiyin kechadi.
R – sonor, titroq, til oldi undoshi. Talaffuz vaqtida til uchi alveolalar tomon ko‘tariladi, buning natijasida biroz chuqurcha paydo bo‘ladi, shu chuqurchadan chiqqan havo oqimi til uchini titratib o‘tadi va titroq r tovushi hosil bo‘ladi.
Logopediyada R tovushining talaffuzidagi kamchiliklari rotasizm deb yuritiladi (grekcha ro harfi nomidan olingan bo‘lib, R tovushini bildiradi). R tovushini boshqa tovushlar bilan almashtirilishi pararotasizm deyiladi.
Masalam: Ravshan – Yavshan, Shuhrat – Shuhyat kabi.
Rotasizmga anatomik kamchiliklardan – til tagidagi yuganchaning kaltaligi; tor va baland tanglay, haddan tashqari ingichka til sabab bo‘lishi mumkin.
Bunday nuqsonlarni tuzatish va R tovushining to‘g‘ri artikulyasiyasini ta'minlash uchun 2 xil usuldan foydalaniladi:
1) tilni kerakli to‘g‘ri holda ushlab turish, kerakli holatlarga keltirish;
2) tilda tebranish hosil qilish.
Nutq texnikasida har ikkala usul ham juda zarur hisoblanadi. Quyida beriladigan mashqlar asosan til uchida tebranish (titroq) hosil qilishga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |