Tayanch iboralar: darama, tragediya, komediya, o`zbek dramaturgiyasi.
Savol va topshiriqlar:
1.Drama janri va uning o`ziga xos xusussiyatlari haqida so`zlang.
2.Hozirgi dramalarning mavzu ko`lami qanday?
3. Dramalarda aks etgan hayot haqiqati va obrazlar haqida fikrlang.
Adabiyotlar:
Норматов У. Ижод сеҳри, Т.: “Шарқ” НМАК, 2007.
Расулов А. Бадиийлик-безавол янгилик. Т.:-“Шарқ” НМАК, 2007.
D.Quronov, B.Rahmonov. G’arb adabiy tanqidiy tafakkuri tarixi ocherklari. –T., 2007.
Karimov N.va boshq. XX asr o’zbek adabiyoti tarixi.–T.: O’qituvchi, 1999.
H.Karimov. Istiqlol davri adabiyoti. T. 2007 yil.
13-mavzu: Folklor va hozirgi adabiy jarayon. Mumtoz asarlarning hozirgi davrda o`rganilishi. 2 soat.
Reja:
1. Folklor va adabiy jarayon munosabati.
2. Mumtoz asarlarni hozirda o`rganilishi.
3. Adabiy jarayon va tasavvuf adabiyoti.
Hech bir ulkan san’atkor yo’qki, o’tmish adabiyotining ilg’or tajribalaridan ibrat olmagan, qo’shni xalqlar adabiyotlari namunalaridan ilxomlanmagan bo’lsin. Hamisha bir xalq ikkinchi xalqdan, yosh avlod keksa avloddan, bir yozuvchi ikkinchi yozuvchidan ijodiy o’rgangan. Mumtoz san’atkorlar barcha tarixiy davrlar uchun mushtarak va o’lmas bo’lgan ilg’or g’oyalarni o’z asarlarida ifodalaganlar, o’zlarigacha yetib kelgan estetik qarashlarni davrlari talabiga ko’ra rivojlantirganlar. Demak, ana shu g’oyaviy - badiiy tajribalar keyingi avlodlar tomonidan qabul qilinib, o’zlashtirilishi va davom ettirilishi traditsiyani vujudga keltirgan.Alisher Navoiy “Farxod va SHirin” dostonida o’zining ijodiy traditsiyaga munosabatini shunday bayon qiladi:
Ani bazm etki, tarxing toza bo’lg’ay,
Ulusga mayl beandoza bo’lg’ay
Yo’q ersa nazm qilg’onni haloyiq,
Muqarrar aylamak sendin na loyiq...
Birov kim, bir chamanda sayir erdi,
Necha kim gul ochilgan, ko’rdi, terdi.
Ham ul yerda emas gul istamak xo’b,
Bu bo’ston saxnida gul ko’p chaman ko’p.
Bu misralarda shoir boshqalar qilgan ishni takrorlash (aynan ko’chirish) kerak emas, balki har bir san’atkor o’z yo’lidan borib, mukammallikka erishsin, adabiyotda turli -tuman uslubdagi, turli ruh ohang va turli shakldagi asarlar ko’paysin demoqchi bo’ladi.Shuni ta’kidlash kerakki, adabiy an’ana - bu tarixiy tushuncha. U xalqning ijtimoiy - siyosiy hayotidagi aniq tarixiy shart - sharoitlar ta’sirida rivojlanib boradi.Adabiy an’ana qay darajada rivojlangan bo’lsa - adabiy jarayon shu darajada rang - barang bo’ladi.Asrlar mobaynida adabiyotda turli janr formalari, metod va uslublar, obrazlar, mavzular, g’oyaviy mazmun, tasviriy vositalar uzluksiz rivojlanib, avloddan - avlodga o’tib keladi. Har bir davr adabiy jarayonning ana shu sohalarida ozmi - ko’pmi, o’z izini qoldiradi.G’azalning an’anaviy tematikasi yangi tarixiy sharoitlarda davr talabi va ijtimoiy hayot taqozosi bilan o’zgardi. Uning formal - poetik xususiyatlarida ham ma’lum o’zgarishlar bo’ldi, yangi - yangi shakllari yaratildi.G’azal janridagi bunday o’zgarishlar g’azalnavis shoirlarning novatorligi natijasi edi.Novatorlik adabiy jarayonning xarakterli xususiyatlaridan biridir. Novatorlik — adabiyot va san’atda g’oyaviy - badiiy jihatdan yangilik yaratishdir.Hozirgi adabiy jarayonda ijod qilayotgan Erkin Voxidov mumtoz she’riyatning g’azalchilik janrida yangilik yaratdi.Seni yotlar tugul xattoQilurman rashk o’zimdan ham, Uzoqroq termulib qolsam Bo’lurman g’ash ko’zimdan ham. Ko’zim yongay senga nargisKo’zni tiksa chamanlarda, Yashirmam, lolaga rashkim Ayon bo’lgay yuzimdan ham.
Qisqasi, san’at va adabiyotda novatorlik yangi hayotiy munosa - batlar in’ikosi sifatida yangi usul, yangi xis - tuyg’u, yangi janr va obrazlar, vazn rang - barangligi, xullas, ijobiy ma’nodagi barcha yangiliklardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |