Krebs siklining ayrim reaksiyalari
Glyukozaning parchalanishidan hosil bo’lgan pirouzum kislota aerob sharoitda CO2 va H2O gacha oksidlanishi hujayra nafas olishi dеb ataladi. Hujayraning nafas olishida piruvatdan tashqari yog’ kislotalar va bir qator aminokislotalar ham to’la oksidlanadilar. Sitrant siklining barcha reaksiyalari, yani piruvatning oksidlanib dеkarboksilanishi mitoxondriyalarda boradi.
Sitrat siklining reaksiyalarining sxеmasi quyidagi rasmda kеltirilgan.
Krebs siklining birinchi bosqichida atsetil-KoA oksalo-atsetat kislota bilan o’zaro reaksiyaga kirishib, sitrat kislota hosil qiladi. Bu reaksiyani katalizlovchi ferment kristall holda ajratib olingan bo’lib, sitratsintetaza fermenti deb ataladi. Reaksiya energiyani yutish bilan boradi va atsetil-KoA tarkibidagi makroergik bog’da to’plangan energiya hisobiga amalga oshadi:
Bu reaksiya qaytar xarakterga ega bo’lib, uning muvozanati o’ngga, ya’ni sitrat kislota hosil qilish tomonga siljigan bo’ladi. Sitrat kislota halqaning muhim mahsulotlaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun bu jarayon sitrat sikli deb ham ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |