Fermentlarning spetsifikligi. Fermentlar tirik organizmlarda boradigan biokimyoviy reaksiyalarni katalizlaydi, ya`ni ularning biokimyoviy faoliyatini boshqarib turadi. Fermentlar anorganik katalizatorlardan farq qilib, spetsifik ta`sir qilish xususiyatiga ega. Bu spetsifiklik xususiyati tirik organizmlarga xos bo’lgan muhim xususiyatlardan biri hisoblanadi, ya`ni ferment substratga kalit qulfga tushganday mos kelishi zarur. Hozirgi vaqtda fermentlar spetsifikligining quyidagi asosiy turlari bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |